12-mavzu: sovet hokimiyatining o’zbekistonda amalga oshirgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyaTI. Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’Shgan



Download 80,3 Kb.
bet4/6
Sana15.08.2021
Hajmi80,3 Kb.
#148228
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu

-III-

Sanoat. O’zbekistonda mustamlakachilikka asoslangan iqtisodiy siyosatning oqibatlari Respublika iqtisodiyoti tabiatan agrar tusga ega, sanoati asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat bo’lib, uning uchdan ikki qismini paxtachilik sanoati tashkil qilar edi. O’lkaning ishlab chiqarish haѐtida kustar-hunarmandchilik ishlab chiqarishi hamon oldingi o’rinni egallab, aholinining poyafzal, kiyim-kechak va uy-ro’zg’or buyumlariga bo’lgan ehtiѐjlarini qondirar edi. Sanoatlashtirish O’zbekistonda dastlab sekinlik bilan amalga oshirildi. Chunki kosibu-hunarmandchilik ustivor soha edi. Mamlakatni jadal industrlash uchun mablag’ masalasi keskin munozaralarga sabab bo’ldi. Keskin siyosiy bahs munozaralardan keyin mablag’ni agrar sektordan olishga qaror qilindi. O’zbekiston iqtisodiyoti agrar xarakterda edi, zero 1927-28 yillarda iqtisodiyotda qishloq xo’jiligining hissasi 61,60%, sanoatniki esa 38,4% tashkil qilardi edi. Birinchi besh yillik (1928-1932)da 289 ta yangi sanoat korxonasi, jumladan, Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozlik zavodi, Quvasoy sement va ohak zavodlari ishga tushirildi, Chirchiqqurilish, Olmaliqqurilish, Toshkent to’qimachilik kombinati qurilishi davom etdi. Farg’onada to’qimachilik fabrikasi va yog’ zavodi, Toshkent, Buxoro, Marg’ilon va boshqa shaharlarda tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi. Respublikani sanoatlashtirishda elektrlashtirish ham muhim o’rinlardan birini egallaganligi tufayli, elektrstansiyalar qurilishi avj oldirildi. Ayrim sanoat mahsulotlari bo’yicha O’zbekiston sobiq Ittifoqda yetakchi o’ringa chiqdi. 1932 yilda paxta tolasining 89,7%, sementning 54,2%, o’simlik moyining 56,4%, xom ipakning 42% ishlab chiqarildi. Faqatgina birinchi besh yillikning o’zida yirik sanoatdagi ishchilar soni deyarli 3,5 baravar ko’paydi. Sanoatni jadal rivojlantirish natijasida O’zbekiston Markazga rangli va nodir metallar, oltingugurt, ozokerit, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak bilan ta’minlaydigan va sho’rolar mamlakatini xom ashѐ qaramligidan xolos etishga ѐrdam beradigan yirik xom ashyo mintaqasiga aylandi. O’zbekistonning oltin sanoati butun mamlakatning to’lov balansini mustahkamlash uchun katta mablag’lar berib turdi. Sho’rolar davrida shahar va portlarni birlashtiruvchi yangi temir yo’llari qurilishiga ham e’tibor berildi. 1929-1931yillarda uzunligi 1452 km bo’lgan Turkiston-Sibir (Turksib) temir yo’li qurildi. 20-yillardan O’zbekistonda avtomobil trasporti vujudga keltirildi. 1924-yilga kelib, respublikadagi avtomobil korxonalarida 223 avtomobil bo’lib, 145 ming tonna yuk tashildi. 30-yillarda avtomobil transportining rivojlanishi bilan qattiq qoplamali yo’lar qurilishi boshlandi, ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish korxonalari, kadrlar tayyorlaydigan o’quv yurtlari ochildi. Qishloq xo’jaligi. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) tufayli O’zbekiston qishloqlaridagi ahvol ancha yaxshilandi, dehqonlar o’z mahsulotini sotish, g’o’za va boshqa ekin maydonlarini kengaytirish orqali turmush darajasini yaxshilash imkoniyatiga ega bo’lishdi. Biroq, 20-yillarning ikkinchi yarmidan YaIS (NEP) o’z mohiyatini yo’qotib, erkin savdo va xususiy tadbirkorlikka chek qo’yila boshladi. Sho’rolar boylarning yerlarini musodara qilish hisobiga kambag’al dehqonlarni yer bilan ta’minlash orqali qishloqda "sosialistik ijtimoiy tuzum"ning asosi bo’lgan jamoa bo’lib xo’jalik yuritishni rivojlantirishni ko’zlab, keng miqyosli agrar islohotni avj oldirdilar. Yirik yer egalaridan tortib olingan yerlarda 60603 dehqon xo’jaligi tashkil etiladi. Bulardan tashqari, yangi va tiklangan sug’orma yerlarida yana 14751 batrak va yersiz dehqonlar xo’jaliklari tuzildi. Biroq islohot o’tkazishning repressiv-majburiy usullari, boy dehqonlarning davlat tomonidan terror qilinishi o’z navbatida ularning keskin norozilik chiqishlariga sabab bo’ldi. Shu tariqa, yer-suv islohoti qishloqda sinfiy kurashning keskinlashuviga olib kelgan edi. Islohotning jiddiy salbiy oqibatlaridan qishloq iqtisodiy hayotining qashshoqlashishi, fermerlik kurtaklarining bo’g’ib qo’yilishi va bozor-savdo munosabatlarining rivojlanishintng to’sib qo’yilishi hamda ijara imkoniyatlarining cheklanishi bo’ldi. 1925-29 yillardagi yer-suv islohoti sho’ro hukumatining mulkdor sinflarni tugatish, sinfsiz jamiyat qurish uchun qilgan chora-tadbirlaridan biri bo’ldi. Ushbu jarayon keyingi yillarda qishloq xo’jaligini majburiy jamoalashtirishga zamin yaratgan edi. 1929 yil tarixga qora belgi ostidagi "buyuk burilish yili" deb nom olgan yil bo’lib kirib keldi. Bu dehqonlar sinfini ijtimoiy qatlam va mehnatkash omma sifatida maqsadli yo’q qilishning boshlanish davri edi. O’sha yilning 7 noyabrida "xalqlar otasi" - Stalinning matbuotda bosilib chiqqan "Buyuk burilish yili" nomli maqolasi hamda 27 dekabrda qishloq xo’jalik xodimlarining ilmiy konferensiyasida so’zlagan nutqi "quloqlar" ni sinf sifatida tugatish va jadal jamoalashtirish siyosatini boshlab berdi. Yoppasiga jamoalashtirish bu - boy va o’rta hol dehqonlarga tegishli ishlab chiqarish vositalari, mollar, uy-joy, qishloq xo’jalik mahsulotlari va urug’ zahiralarini tortib olinishi hisobiga kolxozlar tuzish degani edi. O’zbekistonda jamoalashtirish O’zKP MQning 1930 yil fevralda qabul qilgan "Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish" to’g’risidagi qarori e’lon qilingandan so’ng boshlab yuborildi. 1930-yilning o’zidayoq respublikada 2648 ta boy va "quloq xo’jaliklari tugatilib, qishloq ahlinining tadbirkor qismi oyog’iga bolta urildi. O’zbekistonda jamoalashtirish asosan 1932 yilning oxiri 1933 yilning boshlarida tugallandi. Bu davrga kelib respublikaning 79 dan 61 tumanida barcha dehqon xo’jaliklarini kolxozlarga birlashtirish nihoyasiga yetkazilgan edi. Jami O’zbekistonda jamolashtirilgan xo’jaliklar 74,9% ni tashkil etdi. Majburiy jamoalashtirish siyosati qishloqning mustaqil rivojlanishini barbod qildi, qishloq ahli ongiga salbiy ta’sir ko’rsatdi, dehqonlarning yerga egalik tuyg’usini yo’q qildi. O’zbekiston uchun suv inshootlari qurish muhim edi va shuning uchun 1939 yildan bunday qurilishlar umumxalq hashar yo’li bilan amalga oshirila boshladi. 1939 yil 1 avgustda boshlangan 270 km uzunlikdagi Katta Farg’ona kanali xalqning mashaqqatli mehnati evaziga 45 kunda barpo etildi. Kanal qurilishida 160 ming kishi ishtirok etdi va asosan qo’l mehnati bilan qurildi. Chorvachilik O’zbekiston qishloq xo’jaligining muhim sohalari qatorida sho’rolar davrida ham muhim o’rin egalalab keldi. Xususan, 1932 yildan 1937 yilgacha yirik qoramollar soni 150 mingga, qo’ylar 230 mingga ko’paydi. Pillachilik respublika qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri edi. 1922 yilda Toshkentda "Turkipak" aksionerlik jamiyatining tashkil etilishi pillachilikni rivojlantirishda muhim bosqich bo’ldi. 1927 yilda Toshkent ipakchilik stansiyasi negizida O’rta Osiyo ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. 1930 yillarda tut ko’chati yetishtirishga alohida e’tibor qaratildi. Birinchi va ikkinchi besh yilliklarda O’zbekiston ipak ishlab chiqarish bo’yicha birinchi o’rinda edi. Respublika qishloq xo’jaligida mevalar va uzum yetishtirish qadimgi va oziq-ovqat hamda sanoat xom ashyosi beradigan asosiy tarmoqlar qatoriga kiradi. O’zbekistonning 1937 yilda yetishtirgan meva hosili 800 ming sentnerni tashkil etdi. Shundan uchdan bir qismi sobiq ittifoqning turli viloyatlariga yuborilar edi. Madaniyat va maorif. O’zbekistonda "madaniy inqilob" va uning oqibatlari XX asr 20-30 yillardagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat respublika ma’naviy-madaniy hayotida ham o’z aksini topdi. Sho’rolarning "madaniy inqilob" tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyat, san’at, maorif, oliy ta’lim sohalarini ham o’z izmiga solgan edi. Ta’lim-tarbiyaning o’choqlari bo’lgan milliy maktablarga ham bu siyosat o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq an’anaviy ta’lim tizimini yo’q qilish avj oldirildi. Mana shunday sharoitda mahalliy ziyolilarimiz zamonaviy milliy oliy ta’lim tizimini yaratish, dunyoviy bilimlardan dars bera oladigan o’qituvchilar tayyorlash davr talabi ekanligini teran his etib, zamonaviy milliy universitet yaratish ishiga bel bog’ladilar. Milliy universitet haqida gap borar ekan, shuni ta’kidlash lozimki, O’rta Osiyoning birinchi universiteti hisoblanmish hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti ikki asosga ega bo’lgan. Biri 1918 yil 12 mayda jadid ziyolilari tomonidan tashkil etilgan Musulmon Xalq Dorilfununi bo’lib, ikkinchisi 1918 yil 21 aprelda rus ziyolilari ochgan Turkiston Xalq Universitetidir. Musulmon Xalq Dorilfununi 1918-yilning kuzigacha, bor yo’g’i 100 kun faoliyat ko’rsatgan bo’lsa ham, Turkiston musulmonlarining savodini chiqarish, ilm-ma’rifatli qilish, oliy malakali milliy ziyolilar yetishtirish kabi ijobiy va himmatli, o’sha davr uchun nihoyatda muhim ishlarni amalga oshirishga, yurtimizda maorif sohasini rivojlantirishga erishdi. O’lkada milliy ziyolilarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan Musulmon Xalq Dorilfununi faoliyati sho’rolar davri adabiyotida mutlaqo yoritilmagan, u yerda dars bergan 300 ga yaqin o’qituvchilarning nomlari hozirgi kunga kelib aniqlandi. Kommunistik mustamlaka hukumati mahalliy xalqni ruslashtirish maqsadida ruscha Turkiston Universitetini rivojlantirdi. Musulmon Xalq Dorilfununi faoliyati sovet hukumati tomonidan to’xtalib qo’yilgandan so’ng, faqat rus tilini bilgan mahalliy millat vakillari mana shu dargohda oliy tahsilga ega bo’lishlari mumkin edi. Oktyabr to’ntarishidan so’ng sho’rolar sharq ayollarini "ozodlik"ka chiqarish uchun kurash, ularning siyosiy faolligini oshirish hamda yangi hayot qurilishiga jalb qilish kampaniyasini avj oldirib yubordilar. Ushbu jarayonning eng cho’qqisi 1927 yil bo’lib, u tarixga "Hujum" harakati nomi bilan kirdi. Ya’ni sho’rolar talqinida bu eski turmush tarziga hujum qilish ma’nosini anglatar edi. Sharq ayollarining asrlar davomida muayyan urf-odatlar va shariat mezonlari bilan shakllangan ijtimoiy mavqyeini ularni ozodlikka chiqarish va erkaklar bilan teng huquqli qilish shiori ostida favqulodda va shiddat bilan o’zgartirilishi ko’p to’qnashuvlar va qurbonlar bo’lishiga sabab bo’ldi. Kompartiyaning madaniy merosni inkor etish siyosati arab yozuvini lotin grafikasiga almashtirish haqidagi qarorida (1929 y.) ham o’z aksini topdi. 1940-yilda esa lotin grafikasining kirillcha bilan shoshilinch almashtirilishi, O’zbekiston aholisining bilim darajasining o’sishiga, o’zbek tilining rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu holat savodsizlar sonining sun’iy o’sishini keltirib chiqardi. Lekin eng achinarlisi, ma’naviy hayot to’la ruslashtirilib, hamma joylarda o’zbek tili imkoniyatlarining cheklanishiga olib keldi. Mustabid tuzum sovetlarcha savodli shaxslarni shakllantirish, "savodsizlik"ni tugatish borasida shiddatli kurashni avj oldirib yubordi va 1920 yilning 17 sentyabrida TASSR Maorif xalq komissarligi tomonidan aholi orasida savodsizlikni tugatish to’g’risida dekret qabul qilinidi. Unga muvofiq, 8 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan barcha fuqarolar o’qish va yozishni o’rganishlari shart bo’lgan. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko’ra, 1937 yilga kelib, respublikamizda savodsizlik tugatilib, kamsavodli kishilar soni 2 mlndan ziyod bo’lgan. Aholinining sovetlar idrokidagi umumiy savodxonligi 67,8% ga yetgan edi. Sho’ro hokimiyati yillarida, ayniqsa, 20-yillarda adabiy-madaniy hayot qizg’in tus oldi. Jadid adabiyoti asr boshidan 20 yillik rivojlanish tajribasiga tayangan holda taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarilgan, ham shaklan, ham mazmunan barkamollik kasb etgan hamda mazmun mohiyatiga ko’ra 20-yillarda yangi bir bosqichga ko’tarilib, badiiy tafakkurning zabardast siymolari sifatida etirof etilgan Fitrat, Qodiriy, Cho’lponni ma’naviyat maydoniga chiqardi. Abdurauf Fitrat (1886-1938) buyuk san’atkor, adib bo’lishi barobarida ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan ham chuqur shug’ullangan ulkan davlat arbobidir. Fitrat Buxorodagi jadidchilik harakatida faol ishtirok etibgina qolmay, bu harakatga rahbarlik ham qildi. Bu boradagi o’z qarashlarini "Munozara", "Hind sayyohi qissasi" singari asarlariga singdirdi. Fitrat "Sayha", "Begijon", "Oila" singari asarlarida "mavjud tuzumni qattiq tanqid qildi, uning barcha kamchiliklarini ayovsiz fosh etib tashladi", - degan edi bu haqda Fayzulla Xo’jayev. Fitrat matbuot bilan birga, butun umr maorif sohasida ham jonbozlik ko’rsatdi. Hatto Turkiyada o’qib yurgan kezlari u yurtdoshlarining o’qishiga ko’mak berish maqsadida "Buxoro ta’limi maorif jamiyati"ni tashkil etishda tashabbus ko’rsatdi. U isloh qilingan lotin alifbosiga o’tish ishlarining tashkilotchilaridan biridir. Biroq sovet siyosati va kommunistik mafkura buyuk millatparvar adib dunyoqarashi va asarlarini baholashga asta-sekin o’zining omonsiz tazyiqini o’tkaza boshladi. Abdurauf Fitrat barcha asarlari va butkul faoliyati bilan istiqlol uchun kurashdi. Abdulla Qodiriy (1894-1938) o’zining noyob iste’dodi, jasorati bilan xalqimiz madaniyati, adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirdi, ko’p asrlik milliy adabiyotimiz rivojida tub burilish yasagan, yangi bosqichni boshlab bergan romanlar yaratdi. Adib "O’tgan kunlar", "Mehrobdan chayon" asarlari bilan o’zbek romanchiligiga asos soldi. Qodiriyning asarlari XX asrning ko’plab balo-ofatlariga, qora bulutli kunlariga duch keldi va ulardan eson-omon chiqdi. Bu o’lmas asarlar o’zbek adabiyoti osmonida quyoshdek porlab, odamlar vujudini, qalblarini charog’on etmoqda. Cho’lpon (1897-1938) - ko’p qirrali iste’dod sohibi edi. Cho’lpon ehtirosli va ѐniq asarlari bilan o’zbek xalqining milliy ongini uyg’otishda, uning yangicha ma’naviyatini shakllantirishda katta xizmat qildi. 20-yillarda Cho’lpon bolsheviklar olib borgan siyosatga nisbatan muxolifatga o’tgani va bu qarashlarini yashirmay, she’rlarida oshkora kuylagani tufayli, uni millatchiga chiqarib qo’ydilar. Adibning "Kecha va kunduz" romanida Turkistonning zulmga, jaholatga, adolatsizlik va haqsizlikka to’la hayotini ochib bergan. Mustabid tuzum yillari respublikamizda adabiyot bilan bir qatorda, milliy san’at ham rivojlandi. 1918 yilda Hamza Farg’onada "O’lka Sayѐr" siyosiy truppasini tashkil etdi. M.Qori Yoqubov, Y.Egamberdiyev, H.Islomov, M.Kuznesovalar shu teatr qaldirg’ochlari bo’ldilar. O’sha yili Mannon Uyg’ur Toshkentda "Turon" jamiyati qoshida teatr tuzdi. Bu guruh keyinchalik o’lka Davlat namuna teatriga aylandi. Teatrning birinchi aktyorlari - Abror Hidoyatov, Muzaffar Muhamedov, Obid Jalilov, Fatxulla Umarov, Sayfi Olimov, Ma’suma Qoriyeva, Bosit Qoriyev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uyg’ur vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan Fitrat, G’ulom Zafariy, Cho’lpon. Qodiriy, Ozarbayjon dramaturgi Husayn Jovid asarlarini sahnalashtirdi. Shu yillarda Qori Yoqubov tomonidan birinchi bo’lib o’zbek xalq musiqa ansambli tashkil etildi. 1926 yilda esa yuzaga kelgan birinchi o’zbek davlat konsert etnografik ansambliga atoqli o’zbek xonanda, aktyor, sozandalari jalb etilib, 1929 yilda uning safida Samarqandda O’zbek davlat musiqali teatri tashkil topdi. Oktyabr to’ntarishidan so’ng, respublikamizda bir qancha ilmiy va o’quv muassalari tashkil etildi. Xususan, 1918 yilda tashkil etilgan Turkiston Xalq Universiteti qoshida bir qancha ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko’rsata boshladilar. 30-yillarda respublikamiz hamda mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo’shgan mahallliy millatga mansub olimlar yetishib chiqdilar. Ular: T.Qori-Niyoziy, T.Sarimsoqov, S.Sirojiddinov, O.Sodiqov, N.Dolimov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir. 1943 yilda O’zFAN asosida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi (O’zFA) tashkil etildi, uning birinchi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy saylandi.

Siyosiy qatag’onlik. 1922 yil 30-dekabrda tashkil topgan SSSR, qudratli unitar (qo’shina) davlat bo’lib, unda rasmiy federasiya subyektlari suveren huquqlar va real mustaqillikdan mahrum edilar, imperiya tarkibidan chiqib keta olmasdilar. O’zbekiston ham faqat nomigagina SSSR tarkibidagi suveren respublika hisoblangan, aslida esa ittifoqqa har tomonlama qaragan edi. SSSRda qaror topgan boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi jamiyatning barcha sohalarini o’z maqsad va vazifalariga bo’ysundirgan, ijtimoiy-siyosiy hayot o’ta siyosiylashtirilib, o’zgacha fikrlashlarga qarshi shafqatsiz kurash olib borilar edi. 20-30 yillarda mustabid tuzumga qarshilik bildirganlarni ta’qib ostiga olish avj oldi. Ayni shu paytda "18 lar guruhi", "inog’omovchilik", "qosimovchilik" kabi siyosiy ishlar to’qib chiqarilgan edi. Bu jarayonning asl mohiyati ko’zga ko’ringan mahalliy arboblarni tugatishga qaratilgan edi. Minglab ziyolilar yo’q qilinishining cho’qqisi 1937-39-yillarga to’g’ri keldi. 1937 yil dekabr - 1938 yil yanvarida XKS va O’Z KP (b) MQning "O’zSSR Xalq Maorif Komissarligi tizimida ziyonchilik oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori e’lon qilingandan so’ng, xalq ta’limining barcha sohalarida, ayniqsa mahalliy tilda dars beriladigan maktablar, pedagogik bilim yurtlari va institutlarida o’qituvchi kadrlar va talabalarni "tozalash" ishlari avj oldirib yuborildi. Xalq ta’limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan quvg’in va qatag’onlarga "xalq dushmanlari, chet el josuslari" - A.Ikromov, F.Xojayev va boshqalar o’zlarining Maorif komissarligidagi "odamlari" - Usmonov, Ro’ziyev, Sorokin, Kojuxovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon yetkazishgan, degan bo’xtonlar "asos" qilib olinib otib tashlanadilar. Ayni paytda istiqlol va erk kuychilari, o’zbek xalqining mashhur yozuvchilaridan Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir Stalin istibdodining begunoh qurboni bo’ldilar. Millatning ilg’or taraqqiyparvar ziyolilari qatag’on qilinishi oqibatida xalqimiz ularning noyob asarlarini o’qishdan uzoq vaqt mahrum bo’ldi. Ma’lumki, sovet hukmronligi davrida din davlatdan ajratilgan, deb e’tirof etilgan, nomigagina vijdon erkinligi e’lon qilingan bo’lsa-da, aslida diniy e’tiqod goh oshkora, goh pinhona tarzda ta’qibu tazyiqqa olinar edi. Holbuki jamiyatsiz din, dinsiz jamiyat bo’lishi mumkin emas. Sovet tuzumida bunga mutlaqo e’tibor berilmas edi. Balki, iloji boricha, dinga, diniy tarbiyaga to’sqinlik ko’p bo’lib, jamiyatdan ularni siqib chiqarishga harakat qilingan. Ushbu siyosat oqibatida ko’plab qo’hna masjidlar uzoq vaqtgacha qarovsiz qolib ketdi, yangi masjidlar qurish to’g’risida esa hatto so’z bo’ltshi mumkin emas edi. Bu davrda O’zbekistondagi diniy ulamolarning asosiy qismi qamoq lagerlariga jo’natildi. Inson huquqlari amalda poymol etildi. Qamoqxonalarda mahbuslar shafqatsiz jismoniy jazolarga mahkum etildilar. 20-30 yillardagi mustabid tuzumning qatag’onlik siyosati jiddiy va fojeali oqibatlarga olib keldi. Milliy ziyolilarning jismonan yo’q qilinishi oqibatida milliy madaniyat to’la-to’kis rivojlana olmadi. Millatning aql-idrokli kishilari mahv etilgach, hamma "yo’lboshchilarning” itoatkor quliga aylantirildi. Shunday qilib, har qanday o’zgacha fikrni kuch bilan bo’g’adigan, ommaviy o’zboshimchalik va zo’rlik bilan Vatanga sodiq necha o’n minglab kishilarni qirib tashlagan mustabid tartibib qaror topdi va kuchaya bordi.


Download 80,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish