12-mavzu: sovet hokimiyatining o’zbekistonda amalga oshirgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyaTI. Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’Shgan



Download 80,3 Kb.
bet3/6
Sana15.08.2021
Hajmi80,3 Kb.
#148228
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu

1924-yilning 31 yanvarida RKP(b) MKning Tashkiliy byurosi Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining milliy-hududiy chegaralanishi masalasini ko’rib chiqdi va Ya.E.Rudzutakka mazkur respublikalarning ma’sul xodimlari bilan birgalikda bu g’oyani amalda qanday ro’yobga chiqarish mumkinligini oldindan muhokama qilishni topshirdi. 1924 yilning fevralida esa Fayzulla Xo’jayevning milliy chegaralanish masalasi bo’yicha tezislarida markazning turkiy xalqlarning ildizi birligini hisobga olmayotganligi, chegaralash g’oyalari o’tmish istilochilari siyosatidan farq qilmayotganligi aytilgan edi. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarida tashkiliy va tashviqot ishlari olib borilgandan so’ng, 1924 yilning 11 oktyabrida RKP(b) Siyosiy byurosi O’rta Osiyoni qaytadan bo’lib chegaralash haqida o’zining so’nggi qarorini qabul qiladi va 1924 yil 14 oktyabrda RSFSR BMIQ sessiyasi milliy chegaralanish haqidagi Turk MIQ qarorini tasdiqladi. Milliy chegaralanish natijalariga ko’ra, O’rta Osiyoda O’zbekiston va Turkmaniston Sovet Sosialistik Respublikalari, O’zSSR tarkibida bo’lgan Tojikiston Avtonom respublikasi, RSFSR tarkibida Qoraqirg’iz (Qirg’iziston) va Qoraqalpog’iston Avtonom viloyatlari tashkil topdi. Sobiq Turkiston ASSRning qozoq viloyatlari esa, Qirg’iziston (Qozog’iston) ASSR tarkibiga kiritildi. Shu tariqa, 1924 yilning kuzida milliy-hududiy chegaralanish hukumat qarorlari bilan qonuniy tarzda rasmiylashtirildi. 1925 yilning 13 fevralida O’zSSR Sovetlarining Buxoroda ochilgan Umumo’zbek qurultoyida "O’zbekiston SSR tuzilgani to’g’risida deklarasiya" qabul qilindi. O’zbekiston SSR sovetlari MIQning raisi etib - Yo’ldosh Oxunboboyev saylandi. O’zbckiston XKS raisi etib - Fayzulla Xo’jayevni tasdiqladi. Tuzilgan O’zbekiston SSRga tugatilgan Turkiston ASSRdan Sirdaryo, Farg’ona va Samarqand viloyatlarining katta qismi, Buxoro respublikasidan uning markaziy va g’arbiy qismi (Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari), shuningdek Xorazm SSRdan Xorazm vohasi kirdi. Miltiy-chegaralanishdan so’ng, O’zbekiston sovetlarining - I-qurultoyi (1925 yil 13-17 fevral) "O’zbekiston SSRning tashkil topishi haqidagi Deklaratsiyasini tasdiqlagach, Ittifoq sovetlarining 3-qurultoyida (1925 yil, 13 may) esa, O’zbekiston Respublikasi SSSR tarkibiga kiritildi. Shu tariqa, O’zbekiston SSRning qonunan rasmiylashtirish jarayoni tugallandi. Turkiston o’lkasini bo’lib tashlash bilan sho’rolar milliy davlatchiligimizning ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazdilar. Millatning bir qismi o’z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta’rifga ko’ra, "oz sonli millat"ga aylanib qolgan edi. Bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O’rta Osiyo xalqlari o’rtasidagi bo’lajak millatlaro munosabatlarni keskinlashtirib turishi, favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolarga sabab bo’lishi muqarrar edi. Yangi sovet respublikalarini "milliy davlatchilikning tashkil etilganligi", deb baholash xato bo’lsa kerak. Zero, SSSR tarkibidagi ushbu tuzilmalar Markaz ixtiyorida bo’lib, ilgarigidek unga arzon xom ashyo yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan mustamlakalar bo’lib qolaverdi. 1924 yilda milliy-hududiy chegaralanishi natijasida O’rta Osiyo xaritasida ittifoqchi respublikalar bilan birga muxtor tuzilmalar ham paydo bo’ldi. Shular orasida Qoraqalpog’iston muxtor viloyati ham bor edi. Ushbu viloyat Qirg’iziston (Qozog’iston) ASSR tarkibida bo’lib, unga volostlardan iborat To’rtko’l, Chimboy, Xo’jayil va Qo’ng’irot okruglari kirdi. 1925 yil 12-19 fevralda viloyat markazi To’rtko’l shahrida bo’lib o’tgan Qoraqalpog’iston avtonom viloyati Sovetlarining birinchi qurultoyi "Qoraqalpog’iston avtonom viloyati tashkil topganligi to’g’risida Deklaratsiya" qabul qildi va "qoraqalpoq milliy davlatchiligi" tashkil etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi. Qoraqalpog’iston Muxtor viloyati tashkil etilgandan so’ng, sovetlar bu yerda ham sosialistik qurilishni avj oldirib yubordilar. Jumladan ovul va qishloqlarni sovetlashtirish keng miqyosda olib borildi. Qoraqalpog’iston iqtisodiyotining taraqqiyoti bir tomonlama xususiyatga ega bo’lib, SSSRning markaziy mintaqalari sanoatini rivojlantirish ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan edi. Muxtor viloyat sanoatining yetakchi tarmoqlarini paxta tozalash va baliq-konserva zavodlari tashkil etar edi. Sanoatni yuksaltirish bilan bir qatorda qishloq xo’jaligining barcha sohalarini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratildi va bu yerga ko’p miqdorda qishloq xo’jalik anjomlari keltirila boshlanib, boy va ruhoniylardan tortib olingan yerlar hisobiga yersiz va kam yerli dehqonlar yer bilan ta’minlandi. 1930 yilda Qoraqalpoq muxtor viloyati RSFSR tarkibiga kiritildi. 1932 yilning 20 martida esa, SSSR MIQ Rayosati "Qoraqalpog’iston avtonom viloyatini Avtonom Sovet Sosialistik Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kirishi to’g’risida" qaror qabul qildi. O’sha yilning may oyida avtonom respublika Sovetlarining I Ta’sis qurultoyi xukumatni tuzdi. 1936 yilda SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va unga ko’ra QQASSRning O’zbekiston SSR tarkibiga kirishi ko’zda tutilgan edi. Buning asosiy sababi, hududiy yaqinlik, yagona tarixga ega bo’lganligi deb e’tirof etildi. 1937 yil 12 fevralda O’zSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. O’sha yilning 6 martida esa, QQASSRning yangi Konstitutsiyasi e’lon qilinadi. Qoraqalpog’iston O’zbekiston tarkibida bo’lganida, o’zbek va qoraqalpoq xalqlari o’rtasidagi do’stlik yanada mustahkamlandi.


Download 80,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish