Metantenk silindr shaklida temir-betondan qurilgan berk hovuz bo‘lib, tagi konussimon bo‘ladi. Uning tepasida gumbazi bo‘lib, unda cho‘kma bijg‘ishidan ajraladigan metan gazini to‘plash uchun maxsus qalpoq moslama o‘rnatilgan. To‘plangan metan gazi to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish uchun gazgolderga yuboriladi.
Ikkinchi guruh tindirgichlariga septiklar va ikki yarusli tindirgichlar (rasmlar) kiradi. Ikkinchi guruh tindirgichlari suvdagi muallaq moddalarni tutib qolishga mo‘ljallangan.
Septik qurilma to‘g‘ri burchakli, uch bo‘linmali temir-betonda qurilgan tindirgich bo‘lib, ulardа suv 6-12 soat, ba’zan esa 24 soatgacha tindiriladi. Septikda cho‘kmalar uzoq vaqt kislorodsiz sharoitda chiriydi, natijada turli zararli va zaharli gazlar ajralib chiqadi, suvning betida po‘stloqqa o‘xshash qatlam hosil bo‘ladi. Oqova suvlarni septikda tozalash Iqtisodiy jihatdan arzon, ammo tozalanish koeffitsiyenti past bo‘lib, muhitga qo‘lansa hidli gazlar bilan tarqatganligi uchun bunday inshootdan kamdan-kam hollarda, suv tozalash inshootlari majmuasi qurilmagan kichkina aholi punktlaridan chiqadigan suvlar uchun foydalaniladi.
Ikki yarusli tindirgichlar boshqalaridan shunisi bilan farq qiladiki, yuqori yarus ostida gorizontal o‘tqazilgan novi bo‘lib, tindirilgan oqova shu nov orqali oqib chiqadi, tindirgichdagi muallaq moddalarning cho‘kishi esa yuqori yarusdan pastki yarus tagiga davom etadi va shu yerda to‘planadi (28 - chizma).
28 - chizma. Ikki yarusli tindirgich
1- tindirgichga oqova suvning oqib kelishi; 2- suv kiradigan tarnov; 3- tindirgich novi; 4- suzib yuruvchi to‘siq; 5- Oqova suvlar uchun surilma; 6- cho‘kmani olib ketuvchi quvur; 7- cho‘kma uchun surilma; 8- cho‘kmani bo‘shatish; 9- oqova suvlarni olib ketuvchi nov.
Bu tindirgichda septikdagiga o‘xshab qo‘lansa hid va gazlar ajralmaydi. Buning sababi ikki yarusli tindirgichda cho‘kmaning achish jarayoni nordon muhitda
(pH 7-8) kechadi. Buning uchun vaqt vaqti bilan (har kuni bir marta) unga oz miqdorda faol cho‘kmа qo‘shib turiladi.
Oqova suvlarni fizik-kimyoviy tozalash. Oqova suvlarni fizik-kimyoviy tozalash odatda sanoat oqovalarini suvdagi qattiq va muallaq zarralardan, shuningdek suvda erigan ifloslovchi moddalardan ajratish imkonini beradi.
Bu ish turli usullarda amalga oshiriladi. Ulardan ko‘p qo‘llaniladiganlari ekstraktsiya, flotatsiya, sorbtsiya va koagulyatsiya usullaridir.
Ekstraktsiya (lot. extrahere – ajratib olish) – bir-biriga erimaydigan ikki xil suyuqlik (ekstragent va oqova suv) ichi bo‘sh kolonkada qo‘shilishidan oqova tarkibidagi aralashmalarni ajratib olishga asoslangan. Bu usulda, masalan, benzol yordamida fenolni ajratib olish mumkin.
Flotatsiya (ingl. flotation – qalqib chiqish) – Oqova suvlar orqali havo o‘tkazib tozalashga asoslangan. Bu ish flotomashinada bajariladi. Bunda oqova suvdagi moyli iflosliklar pufakchalar holida suv betiga chiqib to‘planadi va suvdan oson ajratib olinadigan ko‘piksimon qatlam hosil qiladi.
Sorbsiya (lot. sorbere – shimdirish) – oqova suvdagi og‘ir metallarni sorbentлар sirtiga shimdirib olishga asoslangan. Sorbent sifatida ko‘pincha faol ko‘mir, ba’zan shungit, seolit kabi minerallar, yog‘och qipig‘i, titan bo‘laklari va shu kabilar qo‘llaniladi.
Koagulatsiya (lot. coagulatio – ivish, quyuqlashish) – oqova suvga ba’zi kimyoviy moddalar (koagulyantlar) ni qo‘shish bilan undagi muallaq moddalar cho‘kmaga tushishiga asoslangan. Koagulyant sifatida alyuminiy va temir birikmalari qo‘llaniladi.
Oqova suvlarni biologik tozalash. Bu usul tabiiy va sun’iy tozalash inshootlarida bajariladi. Barcha hollarda ham biologik tozalash saprofit bakteriyalar, sodda hayvonlar, suv o‘tlari va boshqa suv organizmlari yordamida organik iflosliklarni parchalab mineral moddalarga aylantirishdan iborat.
1. Tabiiy tozalash inshootlari. Tabiiy tozalash inshootlari ikki xil bo‘ladi: 1) assenzatsiya (filtrlash) shudgorlari. Bular yer maydonining shudgorlab qo‘yiladigan maxsus uchastkalari bo‘lib, oqova suvlar ulardagi yumshatilgan tuproq orqali filtrlanadi. Bunda tuproq sirtida qolgan qattiq chiqindilar mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, organik o‘g‘itga aylanadi va ma’lum vaqt o‘tgach, yig‘ib olib, ekinzorlarga solinadi; 2) suqorish maydonlari. Bular assenzatsiya shudgorlaridan shunisi bilan farqlanadiki, assenzatsiya shudgorlari faqatgina Oqova suvlarni tozalash maqsadlarida foydalanilsa, suqorish maydonlaridan ekin ekish maqsadlarida ham foydalanadi. Bunday maydonlarda Oqova suvlar ekinlar uchun ham namlik va ham ozuqa manbai bo‘lib xizmat qilganligi uchun ularda hosildorlik ancha yuqori bo‘ladi. Shudgorga suv tashlash vaqt-vaqti bilan amalga oshirilishi kerak, chunki suv muttasil quyib turilsa u tuproq bo‘shliqiga havo kirishiga xalal beradi. Agar oqovalar tarkibida moy bo‘lsa, tuproq yuzasini yog‘li plyonkalar qoplab, tuproq aeratsiyasini buzadi.
2. Sun’iy tozalash inshootlari. Bularga biofiltrlar, aerotenklar va bioprudlar (biologik suv havzalari) kiradi.
Biofiltrlar. Bu inshootlar to‘rt burchak yoki doira ko‘rinishida pishiq g‘isht yoki temir-betondan minorasimon qilib qurilgan, 6-8 m balandlikdagi bino bo‘lib, ichida simto‘rlar yordamida ikki qatlamli filtrlar joylashtirilgan. Filtr sifatida qattiq g‘ovak yengil materiallardan, ko‘pincha maydalangan granit toshchalari (sheben) dan foydalaniladi. Ustki qatlamda filtrlovchi materialning qalinligi 1,8 m, pastki qatlamda esa 0,2 m bo‘ladi. Biofiltrda suvning tozalanishi ikki pog‘onadi kechadi. Dastlabki pog‘onada suvda erigan va kolloid holdagi organik moddalar filtrlovchi qatlamdagi faol mikroorganizmlar pardasiga singadi, keyin esa mikroorganizmlar ularni parchalab mineralga aylantiradi va nitrifikatsiya jarayoni kechadi. Bu inshootda tuproqqa qaraganda oqova suv tarkibidagi organik moddalarning oksidlanishi tez kechadi va suv 2-3 soatda tozalanadi. Filtrlarga sun’iy havo yuborish bilan oksidlanishni yanada tezlatish mumkin.
Aerotenklar. Bu inshootlardagi faol balchiq biotsenozi parchalovchi mikroorganizmlardan iborat bo‘lib, ular organik iflosliklarni o‘z yuzasiga singdiradi, oksidlaydi va parchalab zararsizlantiradi. Aerotenkdagi biologik oksidlanish shartli ravishda uch davrga bo‘linadi: birinchi davrda oqovа suv faol balchiq bilan aralashgandan so‘ng suv tarkibidagi moddalar balchiq zarralar sirtiga singadi, yog‘lar va uglevodlar oksidlanaboshlaydi, buning natijasida oqovaning kislorodga biokimyoviy talabi 40-80% kamayadi; ikkinchi davrda sekin oksidlanuvchi organik moddalar parchalanadi; uchinchi davrda ammoniy tuzlarning nitrifikatsiyasi boshlanadi. Bu uchchala davr 6-8 soat davom etadi. Aerotenkda tozalashning birinchi davri tugab, oqova suv bilan faol balchiqning aralashmasi ikkilamchi tindirgichga borib tushadi va bu yerdan u regeneratorga haydaladi. Regeneratorda balchiqning faol holati qayta tiklanadi va u yana aerotenkka qaytariladi.
Biologik suv havzalari. Bu havzalarning kattaligi bir gektar va undan ortiq, chuqurligi esa 0,5-1,0 metr bo‘ladi. Bunda oqova suvlar tarkibidagi bakteriyalar quyosh nurida halok bo‘ladi va kimyoviy moddalar suv tubiga cho‘kadi. Biologik suv рavzalari kam miйdordagi oqova suvlarni tozalashga mo‘ljallangan bo‘lib, bular ichida oksidlovchi biologik suv havzalari alohida ahamiyatga ega. Bunday suv havzalarining ish samaradorligini oshirish uchun ularni kamida 5 ta bo‘linmaga bo‘lish zarur. Bo‘linmalarning tubi qiya qilingan bo‘lib, har 15-20 metr masofada kiruvchi va chiquvchi novlar o‘rnatiladi. Kiruvchi novlardan kirgan oqova oksidlanib va tinib, yuqoridagi novlar orqali chiqarib turiladi, pastdagi novlardan esa cho‘kmalar chiqarib turiladi. Oksidlanish jarayoni normal borishi uchun suv qatlamining qalinligi 0,6 m dan ko‘p bo‘lmasligi, harorat + 60C bo‘lishi zarur. O‘zbekiston sharoitida oqovani bunday hovuzlarda tozalash 6-8 kunni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |