REJA
Muvaffaqiyatga erishishning qonin-qoidalari.
Shaxsning shakllanishida pulning ta‘siri va uni tutgan o‘rni.
Pulni rejalashtirish, jamg‘arish psixologiyasi va investitsion faoliyat psixologiyasi
XOLLAND METODIKASI
(kasb tanlash bo‘yicha)
Ushbu metodika asosida amerikalik psixolog olim YA.Xolland taklifi bo‘yicha odamlar va ko‘pchilik kasblarni shartli ravishda 6 guruhga bo‘lish mumkin (realistik,
ijtimoiy, konvensial (shartli),
tadbirkor, artistik tiplar). Bu metodika asosida yuqorida qayd qilingan tiplarni qay biri qay darajada shaxsda namoyon bo‘lishini aniqlash mumkin. Kasblarning
xususiyati shundaki, shaxs psixologiyasida qaysi bir yo‘nalish ko‘proq shakllangan bґlsa, shu kasb o‘ziga ko‘proq jalb qiladi.
Metodikani o‘tkazish tartibi:
Metodika savolnomasini o‘quvchilarga
berishdan oldin, ularga quyidagi ko‘rsatma beriladi: «Quyidagi juft-juft taklif etilgan - kasblardan o‘zingiz uchun har bir juftdan bittasini tanlang va «a» yoki «b» grafalar yonida «+» yoki «— » belgisini qo‘ying.