12-mavzu. Moliyaviy hisobotlardagi farqlanuvchi holatlar
Reja:
Bozor va balans bahosi (qiymati) o'rtasidagi farq
Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari
Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi o'rtasidagi farq
1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o'rtasidagi farq
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko'rsatilgan kompaniya aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati balans (bahosi) qiymati (book value) deb ataladi. Kompaniya bitta aksiyasining balans qiymati - bu firmaning rasmiy balansida aks ettirilgan aksiyadorlik kapitali umumiy summasini (so'mda) muomaladagi oddiy aksiyalar soniga bo'lish natijasida olingan qiymatdir.
Ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, "XYZ" korporatsiyasi aksiyalarining 20x1 yil oxiri holatiga balans qiymati (bahosi) 313,40 so'mni tashkil etgan. Ammo xuddi shu vaqtga ularning bozor qiymati (bahosi) atigi 187,20 so'mga teng bo'lgan. Investorlar "XYZ" korporatsiyasining bitta aksiyasi uchun to'lashga tayyor bo'lgan summa aynan shu summa hisoblanadi. Ammo bu qiymat kompaniyaning rasmiy balansida aks ettirilmaydi.
Bu erda quyidagi savollarning tug'ilishi, tabiiy: nima sababdan aksiya- larning bozor va balans qiymati (bahosi) ko'rsatkichlari bir-biridan farq qiladi? Va mas'uliyatli moliyaviy qaror qabul qilishi lozim bo'lgan shaxs uchun bu qiymat (baho)lardan qaysi biri muhimroq?
Ushbu masalalar juda muhim bo'lganligi uchun ularni batafsil o'rganamiz.
Dastlab shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor qiymati (bahosi) doim ham ularning balans qiymati (bahosi)ga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy sabab bor:
Balans qiymati firmaning barcha aktivlari va majburiyatlarini o'z ichiga olmaydi;
Firmaning rasmiy balansiga kiritilgan aktivlar va majburiyatlar ko'p hollarda joriy bozor qiymati bo'yicha emas, balki dastlabki qiymati bilan baholanib, ulardan amortizatsiya chiqarib tashlanadi.
Endi asosiy e'tiborimizni ana shu ikkala sababni batafsil ko'rib chiqishga qaratamiz.
Birinchidan, buxgalteriya balanslarida, ko'pincha, muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan aktivlar qayd etilmaydi. Xususan, kompaniya ishlab chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchliligi orqasida kompaniya orttirgan obro' ularda aks ettirilmaydi. SHuningdek, agar firma ilmiy-texnik taraqqiyotga katta mablag' sarflab, ma'lum ilmiy baza yaratishga erishgan bo'lsa, bu ham balansda o'z ifodasini topmaydi. YUqorida tilga olingan aktivlar nomoddiy aktivlar (intangible assets) deb ataladi va ayonki, ular firmaning bozor qiymati (bahosi)
oshishiga ko'p jihatdan ta'sir qiladi va ular moliyaviy qaror qabul qilishda e'tiborga olinishi kerak.
Buxgalterlar o'z firmasi balansiga ba'zi nomoddiy aktivlarni kiritadilar. Ammo bu narsa ularning bozor qiymati (bahosi) bo'yicha amalga oshirilmaydi. Masalan, firma boshqa firmadan patent sotib olsa, patent qiymati (bahosi) balans aktivining tegishli qismida aks ettiriladi va unga amortizatsiya ajratmalari (chegirmalari) hisoblanadi. Bundan tashqari, kompaniya boshqa kompaniyani uning balans qiymati (bahosi)dan qimmat (yuqori) bahoda sotib olsa, buxgalter sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy aktivni qo'shadi. Bu aktiv gudvil yoki firmaning ishbilarmon sifatida obro'si (goodwill) deb ataladi. Firmaning ishbilarmon sifatida obro'si - bu u sotib olingan bozor qiymati (bahosi) va uning balans qiymati (bahosi) o'rtasidagi farqdan iboratdir. Ammo, yuqorida tilga olingan, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan nomoddiy aktivlardan farqli o'laroq, ko'plab boshqa aktivlar borki, ular buxgalteriya balansida qayd etilmaydi.
Bundan tashqari, buxgalteriya balanslarida firma uchun iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan uning ko'plab majburiyatlari aks ettirilmaydi. Masalan, balansda firma sud jarayonida javobgar sifatida qatnashayotgani o'z ifodasini topmaydi. Bunday shartli majburiyatlarning mavjudligi va ularning hajmi, nari borsa, moliyaviy hisobotga ilovada ko'rsatiladi.
Keling, endi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida baho (qiymat)larning qaysi biri inobatga olinishi kerakligini ko'rib chiqamiz - bozor bahosi (qiymati)mi yoki balans bahosi (qiymati)? Deyarli barcha hollarda bozor bahosi (qiymati) hisobga olinadi. Masalan, faraz qilaylik, "Alfa" kompaniyasi bundan uch yil avval 39,0 mln. so'mga kompyuterlar uchun sistema bloki korpuslari ishlab chiqaradigan uskuna sotib oldi va bugungi kunga kelib, ushbu uskunaning balansi qiymati (bahosi) uch yillik amortizatsiyani inobatga olganda 26,0 mln so'mga teng. Ammo, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida yuz berayotgan kompyuter korpuslari ishlab chiqarish texnologiyasidagi o'zgarishlar sababli ushbu uskunaning bozor qiymati (bahosi) 12,0 mln so'mdan oshmaydi.
Endi faraz qiling, Siz eski uskunani zamonaviy uskunaga almashtirish to'g'risida qaror qabul qilishingiz kerak. Xo'sh, bunda taqqoslash uchun qaysi qiymat (baho)ni inobatga olish kerak? Agar soliq to'lash masalasini hisobga olmasak, bizga iqtisodiy nazariyaning asosiy prinsiplaridan ma'lumki, aktivlarning haqiqiy qiymati (bahosi)ni hammadan aniq ulardan foydalanishning eng yaxshi muqobil varianti ko'rsatib beradi. Ayonki, ushbu muqobil qiymat (baho) balansda ko'rsatilgan qiymat (baho)ga nisbatan uskunaning bozor qiymati (bahosi)ga (12,0 mln so'm.) eng yaqin qiymat (baho)dir.
Boshqa bir misol. Bu safar pech ishlab chiqarish uchun mis tovar-moddiy zaxiralari bilan bog'liq vaziyatni ko'rib chiqamiz. Aytaylik, yil boshda Siz mis uchun 29,0 mln.so'm to'ladingiz. Ammo bugungi kunga kelib, uning bozor qiymati (bahosi) 60,0 mln. so'mgacha ko'tarildi. Navbatdagi ishlab chiqarish qarorini qabul qilishda ushbu ko'rsatkichlarning qaysi biriga asoslanish to'g'ri bo'ladi? Bu holda ham dastlabki narx (29,0 mln. so'm) e'tiborga olinmaydi. Bu paytga kelib Siz misni sotib yuborgan bo'lishingiz mumkin. YAngi partiyani
esa
faqat 60,0 mln. so'mga sotib olsangiz bo'ladi. SHunday qilib, sotib olingan metalni ishlatar ekansiz, aslida Siz ishlab chiqa-rishda haqiqiy bahosi 60,0 mln.so'm bo'lgan resursni sarflaysiz.
Vaziyatga qarab, bozor qiymati (bahosi) va balans qiymati (bahosi) o'rtasidagi farq juda katta bo'lishi mumkin. Masalan, agar so'z pul mablag'lari to'g'risida ketsa, farq deyarli bo'lmaydi. Asosiy vositalar, ya'ni zavod inshootlari va uskunalari to'g'risida ketganda esa, farq juda katta bo'lishi mumkin. Aslida shunday bo'ladi ham. Demak, aktivlarning bozor va balans qiymati (bahosi) o'rtasidagi farq to'g'ridan-to'g'ri aktivlar turiga bog'liq va moliyaviy qaror qabul qilish jarayonida, mumkin bo'lsa, ularning aynan bozor qiymati (bahosi)ni inobatga olish kerak.
SHuni alohida qayd etish kerakki, so'nggi yillarda buxgalterlar hisobotlarni ko'proq aktivlar va majburiyatlarning bozor qiymati (bahosi) asosida olib bormoqdalar. Bu esa buxgalteriya ma'lumotlaridan moliyaviy qaror qabul qilishda foydalanish mumkinligidan dalolat beradi. SHu nuqtai-nazardan, korporatsiyalarning pensiya fondlariga kirgan aktivlari bugungi kunda balanslarda dastlabki sotib olingan qiymati (bahosi) bo'yicha emas, balki o'zining bozor qiymati (bahosi) bo'yicha aks ettirilishini aytishning o'zi kifoya. Amaliyotda bozor narxlarining joriy o'zgarishini qayd qilish va ular asosida hisobot tuzish uchun firmaning aktivlari va majburiyatlarini har kuni qayta baholash jarayoni joriy narxlar asosiyda qayta baholash deb nom olgan (marking to market).
1-nazorat uchun savol
Kompaniya aksiyalarining bozor bahosi, odatda, ularning balans qiymati (bahosi)dan farq qilishining sabablari nimada?
2. Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari
Bozor va balans bahosi (qiymati) o'rtasidagi farq foyda to'g'risidagi tasavvurga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Umumqabul qilingan ma'noda foyda - bu Siz ma'lum vaqt oralig'ida sarflashingiz mumkin bo'lgan summa bo'lib, shu bilan birga, mazkur vaqt boshidagi boyligingiz darajasi saqlab qolinadi. Boshqacha qilib aytganda, foyda - bu kelib tushgan va Siz sarflashingiz mumkin bo'lgan pul mablag'i hajmi bo'lib, natijada muayyan davr oxiriga kelib, shu davr boshida qancha pulingiz bo'lgan bo'lsa, ixtiyoringizda shuncha pul qoladi. Keng ma'noda iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati, taniqli ingiz iqtisodchisi Jon R. Xiks (John R. Hicks) o'zining mazkur muammoga bag'ishlangan klassik asari "Qiymat va kapital"da (Value and Capital) aynan shu ta'rifdan foydalangan va zamonaviy iqtisodchilar ham aynan shu ta'rifdan foydalanib kelmoq-dalar76. Bu o'rinda shuni ham qayd etish lozimki, yuqoridagi tarzda buxgalteriya hisobida qabul qilingan foydaga berilgan ta'rif (income, earnings, profits) aksiyalarning bozor kursi oshishi yoki pasayishi yoki ma'lum vaqt (davr)da mulk bahosi o'zgarishi sababli olinmagan foyda yoki ko'rilgan zararlarni e'tiborga olmaydi.
76 J. R. Hicks, Value and Capital, 2-nashr (New YOrk: Oxford University Press, 1946), 172-b.
Misol tariqasida quyidagi vaziyatni ko'rib chiqishni taklif etamiz. Faraz qilaylik, Sizning yil mobaynida olgan sof mehnat haqingizning umumiy summasi 10,0 mln. so'mni tashkil etadi va Siz bu summani oilan-gizni boqishga sarfladingiz. Ammo, shu bilan birga, aktivlaringizning umumiy qiymati 6,0 mln. so'mga pasayib ketdi, deylik. Umuman olganda, hech bir buxgalter bu pasayishni e'tiborga olmagan bo'lar edi. CHunki bu zarar potensial xarakterga ega. Sababi, Sizning aktivlaringiz sotilmagan edi. Bir vaqtning o'zida, har qanday iqtisodchi Sizga qiymat kamayishini foy-dangiz hisoblanayotganida inobatga olinishi kerakligi aytgan bo'lur edi. CHunki u oilangizning iste'mol imkoniyatlariga ta'sir qiladi. Axir endi bu imkoniyat yil boshidagiga nisbatan 6,0 mln. so'mga qisqardi- ku! Demak, iqtisodchining nuqtai nazaridan qaraganda Sizning sof foydangiz hammasi bo'lib 4,0 mln. so'mni tashkil etgan.
Bundan tashqari, buxgalteriyada foyda hisoblanayotganda garchi soliqqa tortish maqsadida foydadan chegirib qolish sifatida qarz olingan kapital bo'yicha foizlarni to'lash bilan bog'liq xarajatlarni hisobga olish mumkin bo'lsa-da, shu bilan birga, xususiyatiga ko'ra xuddi shunday xarajat - sarflangan o'z kapitalini hisobga olish mumkin emas. Masalan, firma 20,0 mln. so'm miqdorida foyda oldi, ammo shu bilan birga u o'z faoliyatini moliyalashtirish maqsadida 500,0 mln. so'mlik aksiyadorlik kapitalidan foydalanganligi uchun 10% ga teng daromadlilik stavkasidan kelib chiqqan holda xarajat qildi, deylik. Bu holda iqtisodiy nuqtai nazardan u 30,0 mln. so'm miqdorida zarar ko'rgan (ya'ni 20,0 mln. so'm - 500,0 mln. so'm x 0,10 = - 30,0 mln. so'm). Bu buxgalteriya nuqtai nazaridan foyda ijobiy bo'lgan holda, firma o'zining asosiy xarajatlarini, shu jumladan, o'z aksiyadorlik kapitalidan foydalanish bo'yicha xarajatlarni qoplashga qodir
77
bo'lmagan vaziyatga yaqqol misol bo'la oladi .
3. Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi
o'rtasidagi farq
Muayyan vaqt (chorak, yil, bir necha yil) oralig'ida aksiyadorlarni, eng umumiy tarzda yoki eng avvalo, nima qiziqtiradi, deb o'ylaysiz? Ha, balli, to'g'ri topdingiz: ularni, eng avvalo, shu davr oralig'ida kompaniya faoliyati qanchalik muvaffaqiyatli bo'lganligi qiziqtiradi. SHu bilan birga, bu jarayonda ular nimani istaydilar, degan navbatdagi savolga nima deb javob bergan bo'lur edingiz? Qoyil, bu savolning javobini ham to'g'ri topa oldingiz: haqiqatdan ham ular, eng avvalo, bitta narsani, ya'ni shaxsiy boyliklari shu davrda qancha ko'payganini bilishni istaydilar. Bu savolga, o'z navbatida, endi qanday javob beramiz? YA'ni, muayyan davrda aksiyadorlar boyliklarining qanchaga ko'payganligini qanday qilib aniqlash mumkin? Bu savol oldingi savollarimizga nisbatan, biroz bo'lsa-da, murakkabroq savol-a? SHu bois, Sizni hadeb qiynayvermasdan, unga o'zimiz javob berib qo'ya qolaylik. Mana uning javobi: buning uchun ma'lum vaqt oralig'ida ular investitsiya
77 Nisbatan yaqinda AQSHning bir necha korporatsiyalari tomonidan kompaniya faoliyati samaradorligini baholash uchun yangi mezon qabul qilindi. U iqtisodiy qo 'shilgan qiymat (EVA - economic value added) deb nomlandi. Ushbu mezon Stern Stewart & Co kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy afzalligi shundaki, mazkur ko'rsatkich aniqlanayotganda kompaniyaning o'z kapitalidan foydalanishdagi vaqt xarajatlari hisobga olinadi.
qilgan kapital bo'yicha daromadlilik stavkasini hisoblab chiqish (topish) kerak. Bu maqsadga erishish uchun biz quyidagi tenglamadan foydalanishimiz mumkin:
Davr oxiriga Da5V[yanish|giarxi + Pul ko'rinishida to'langan
aksiyaning narxi dividendlar
г =
Davr boshiga aksiyaning narxi
Bu ko'rsatkich umumiy (jami) aksiyadorlik daromadliligi deb ataladi (total shareholder returns).
Endi, biz e'tiborimizni yana o'zimiz tahlil qilayotgan "XYZ" korporatsiyasiga qarataylik. Fond bozori bo'yicha ma'lumotlarni tekshirib, ko'ramizki, 20x1 yil boshida korporatsiya aksiyalarining bozor kursi bitta aksiyaga 20,0 ming so'mni tashkil etgan, yil oxirida dividendlar to'lan-gandan keyin esa 18 720 so'mgacha pasaygan. Bu davrda pul shaklida to'langan dividendlar summasi 1,0 ming so'mni tashkil etgan. Demak, "XYZ" korporatsiyasiga tikilgan (qo'yilgan, joylashtirilgan) kapitalga daromad-lilik stavkasi 11,4%ni tashkil etgan. Bu ko'rsatkich (qiymat) quyidagi hisob-kitoblar asosida olingan:
Umumiy (jami) - 0 114 yoki -
aksiyadorlik = 18720 so'm - 20000 so'm + 1000 so'm = "4% У
daromadliligi 20000 so'm 11,4/0
Ammo, odatda, korporatsiyalar faoliyati samaradorligi yana bir ko'rsat- kichdan foydalangan holda hisoblab chiqariladi. Bu aksiyadorlik kapitali daromadliligi normasi yoki koeffitsienti (ROE — return on equity)dir. ROE kompaniya sof foydasi summasi (qiymati)ni aksiyadorlik kapita-lining balans qiymatiga bo'lish orqali aniqlanadi:
Drijr Sof foyda 23,4 0,078 yoki ROE = J = _ som = 7'8% ^
a ksiyadorlik kapitali 300 mln. so'm '
SHunday qilib, ko'rib turibmizki, ROE yillik koeffitsienti aksiya-dorlar o'z mablag'ini kompaniyaning qimmatli qog'ozlariga investitsiya qilishlari oqibatida olgan umumiy daromadlilik stavkasiga mos kelishi shart emas.
3-nazorat uchun savol
Do'stlaringiz bilan baham: |