12-Mavzu. Iqtisodiy fanlarni o’rganishda modellashtiruvchi amaliy o’yinlar metodi. Reja - Iqtisodiy fanlarni o’rganishda modellashtiruvchi amaliy o’yinlar metodining tutgan o’rni.
- Modellashtiruvchi o’yin metodini qo’llab, dars o’tishning asosiy bosqichlari.
- O’yinni tanlash va tayyorlash, o’tkazish. O’yin natijasini muhokama qilish («Kartoshka bozori» amaliy o’yini misolida).
- Asarlarni o’rganishda o’yin metodini qo’llash (O’zbekiston Prezidentining asarlari misolida)
- Metodning afzalliklari va kamchiliklari.
-
O’yinlardan foydalanib dars o’tish turli maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan. - O’yinlardan foydalanib dars o’tish turli maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan.
- O’yinning didaktik maqsadi. Talabalarni bilimlarni o’rganish, tushunish, amaliyotda olgan bilim, malaka, ko’nikmalarini qo’llash, ularni rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini kengaytirishga qaratilgan.
- O’yinning tarbiyaviy maqsadi. Mustaqillikni, irodani tarbiyalash, ma’naviy, estetik dunyoqarashni shakllantirish, jamoaga kirishib keta olish kommunikabellikni tarbiyalash.
- Modellashtiruvchi o’yinlar: shartli ravishda imitatsion, amaliy, rol ijrosiga asoslangan o’yinlarga bo’linadi.
Imitatsion o’yinlarda bironbir tashkilot, muassasa, korxona faoliyati andoza qilinadi. Voqealar kishilarning biror faoliyati(biznes rejasini muhokama qilish, ish majlislari) andoza qilib olinishi mumkin. - Imitatsion o’yinlarda bironbir tashkilot, muassasa, korxona faoliyati andoza qilinadi. Voqealar kishilarning biror faoliyati(biznes rejasini muhokama qilish, ish majlislari) andoza qilib olinishi mumkin.
- Amaliy(operatsion) o’yinlar. Bunday o’yinlarda aniq o’ziga xos voqeahodisa, faoliyat, operatsiyaning bajarilishi mashq qilinadi. Amaliy o’yinlar ish jarayoniga xos ravishda modellashtiriladi.
- Rol ijro etish o’yinlari. Unda aniq shaxsning xulqi, xattiharakati va majburiyatlarining bajarilish taktikasi mashq qilinadi.
- Rol o’yinlari o’quvchitalabalarning shaxsiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu o’yinlarda o’yinda qatnashuvchilarning o’zi muammolarni o’ylab topishadi, ular faoliyati va qaror qabul qilishi cheklanmaydi. Ularning o’zi maqsad qo’yib, uni amalga oshirish uchun o’yin qoidasi doirasida turli vositalardan foydalanishadi.
Dars o’tishda bu metoddan nisbatan keng foydalanilmoqda. Modellashtiruvchi o’yinlar talabalarga abstrakt iqtisodiy tushunchalar, real hayotdagi iqtisodiy voqeahodisalarni ifodalash, ularning mohiyatini tushunishga yordam beradi. Ya’ni: - Dars o’tishda bu metoddan nisbatan keng foydalanilmoqda. Modellashtiruvchi o’yinlar talabalarga abstrakt iqtisodiy tushunchalar, real hayotdagi iqtisodiy voqeahodisalarni ifodalash, ularning mohiyatini tushunishga yordam beradi. Ya’ni:
- Modellashtirish metodi asosiga qurilgan dars orientatsiyadan boshlanadi. O’qituvchi talabalarni amaliy o’yin, uning maqsadi va foydalaniladigan tushunchalar bilan tanishtiradi.
- O’qituvchi biron bir mavzu, savolni modellashtiruvchi o’yinlar yordamida o’tkazishni mo’ljallar ekan, eng avvalo, unga tayyorgarlik ko’rishi kerak.
- Tayyorgarlik bosqichi quyidagilar:
- o’yinni ishlab chiqish;
- uni o’tkazish qoidalari va ularni talabalarga tushuntirishni o’z ichiga oladi.
- Modellashtiruvchi o’yinning qanday o’tkazilishi yozma matnda ko’rsatiladi. Shuning uchun mavzular bo’yicha maxsus ish o’yinlari avvaldan ishlab chiqilishi, o’yin stsenariysi yozilishi zarur.
- Unda:
- o’yinning maqsadi ;
- o’yin vazifalari va ularning bajarish izchilligi;
- o’yin qoidalari;
- g’oliblarni aniqlash tartiblari ishlab chiqilgan bo’lishi kerak.
O’qituvchi faoliyati maqsadlari o’quvchi, talaba shaxsini rivojlantirishga qaratilgan. U o’z ichiga quyidagilarni oladi:
o’quvchi, talabalarning yangi mavzuni o’rganish loyihasini tasavvur qila olishiga yordamlashish;
o’quvchi, talabalarning dalillar, tushunchalar, qonunlar haqidagi ko’nikmalarini mustahkamlash;
o’quvchilarni o’rgangan bilimi va malakasini xilmaxil sharoitlarda mustaqil qo’llay bilishga o’rgatish, «amaliyot »da sinab ko’rish;
mavzu bo’yicha o’quvchi, talabalarning bilimi, uquvi, malakasini oshirish, mustahkamlash va nazorat qilish.
Modellashtiruvchi o’yin tamoyili asosida tuzilgan darsning asosiy bosqichlari - Mo’ljalga olish
- Modellashtiruvchi o’yin o’tkaziladigan mavzu tanlash;
- Mavzu mazmunini o’rganadigan o’yin tanlash yoki ishlab chiqish;
- Modellashtiruvchi o’yinda namoyish etiladigan, o’rganiladigan tushunchalarni aytish, esga solish, qaytarish;
- Modellashtiruvchi o’yinning maqsadini tushuntirish.
- O’yinni o’tkazishga tayyorlanish
- Rollarni aniqlash, har bir rolni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur ashyolarni tayyorlash;
- o’yinni o’tkazish qonunqoidasini belgilash;
- O’yin o’tkazishning aniq tartibini belgilash, qanday o’tkazish haqida aniq ko’rsatma berish;
- zarur bo’lganda qisqacha sinov raundini o’tkazish.
O’yinni o’tkazish - O’yinni o’tkazish
- modellashtiruvchi o’yinni o’tkazish;
- o’zaro muloqotni, aloqani ta’minlash;
- noto’g’ri tushunish tufayli yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilash;
- o’yinni davom ettirish.
- Muhokama qilish.
- O’yinda yuz bergan hodisalar jarayoniga yakun yasash;
- Yuz bergan qiyinchiliklar va ularni bartaraf qilish yo’llarini muhokama qilish;
- Jarayonni tahlil qilish;
- O’yinni real hayot bilan taqqoslash;
- O’tilayotgan asosiy iqtisodiy tushunchalar bilan bog’lash.
Do'stlaringiz bilan baham: |