12-mavzu: Ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar



Download 11,96 Mb.
bet93/141
Sana02.07.2022
Hajmi11,96 Mb.
#731437
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   141
Bog'liq
Ma\'ruza matn(1)

2-ob’ekt. JOM’E MASJIDI


Masjid peshtoqi. Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan hozir ko‘hna Xivaning Ichan Qal’a qismida joylashgan Jome’ masjidi qarshisida turibmiz. Ming yildan ziyod tarixga ega bo‘lgan Jom’e masjidi o‘ziga xos qurilishi va hajmi bilan ajralib turadi. Bu bino Ichan-qal’aning sharqiy va g‘arbiy darvozalarini birlashtiruvchi yo‘l o‘rtasida joylashgan bo‘lib, bir qavatli tekis tomli qilib qurilgan. Masjidga to‘rt tomondan ham kirish eshiklari o‘rnatilgan bo‘lib, uning bosh eshigi shimolga qaratilgan ikki tavaqali darvozadir. Bu darvoza tavaqalariga arab tili, suls xatida quyidagi hadis yozilgan:
Amallarning yaxshisi najot beruvchisidir,
Mol-mulkning yaxshisi kifoyat qiluvchisidir.
Masjid ichkari qismida. Masjidning 213 ta (o‘ra) ustunli ichki maydoni 55x45 metr bo‘lgani holda, uning balandligi 4,5 metr. Besh mingga yaqin kishi namoz o‘qishi mumkin bo‘lgan bu masjidda yog‘och o‘ymakorligi san’atining qadimgi va eng chiroyli namunalari hozir ham o‘z vazifasini bajarib turibdi. Bu ustunlarning ayrimlari XIII-XV asrlarda ishlangan bo‘lsa, ko‘pchiligi XIX-XX asrlarga taalluqli. Bugungi kungacha saqlangan bu ustunlarning 12 ta eng qadimgilari X-XII asrlarda ishlangan. Ustunlarning ko‘pligi, ularning ming yil ichida ta’mirlanmaganligi xorazmlik yog‘och o‘ymakor ustalarining ishlariga baho berish imkonini beradi. Agar e’tibor qilinsa, ustundagi naqshlarning turli-tuman va bir-biridan chiroyliligi kishi diqqatini tortadi. Eng e’tiborli tomoni shundaki, ustunlar qadimiylashib borgani sayin ulardagi go‘zallik ortib boradi. Bu go‘zallik naqshlarning chuqurligi va mayin-nafisligidadir. X-XI asrda ishlangan ustunlarga tarixiy ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa, XV-XVI asrlarda ularga hadislar yozilgani ma’lum bo‘ladi.
X asrda Xorazmga kelgan arab sayyohlari Al-Istahriy va Al-Muqaddasiylarning guvohlik berishlaricha, masjid IX-X asrlarda bunyod etilgan. Muqaddasiyning «Ahsan at taqosim fi ma’rifat al-Aqolim (mamlakatlarni o‘rganish uchun eng yaxshi taqsimot)» asarida Xiva haqida shunday ma’lumotlar keltirilgan: «Xiva cho‘l chekkasida joylashgan azim bir shahardir va daryodan chiqarilgan kanal bo‘yidadir. Uning katta jome’ masjidi bor». Ushbu asarda Xiva haqida berilgan tarixiy ma’lumot ham juda qimmatlidir, qarang unda yana nimalarga e’tibor qaratilgan: «U yerda uzum, ko‘plab mayiz, qandolat, kunjut, yo‘l-yo‘l matodan tikilgan kiyimlar, gilamlar, nafis parchalar, qulflar, rang-barang kiyimlar, faqat kuchli odamlar foydalanishi mumkin bo‘lgan o‘q-yoylar, maxsus pishloq, suzma, baliq yetishtiriladi. U yerda kemalar quriladi».
Ko‘pdan beri yashab kelayotgan xivaliklarning aytishlariga qaraganda, ko‘hna masjid eskirib qolgan va uning o‘rniga ikki yuz yillar oldin xuddi o‘sha reja asosida ancha kengaytirilgan hozirgi masjid barpo qilingan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda masjid 1788-yilda Abdurahmon Mehtarning katta o‘g‘li Abdurahimboy tomonidan qayta qurilgan. Masjidning kunchiqar tomonidagi kichkina maqbaraga Abdurahmon Mehtar dafn qilingan.
Masjid mehrobining o‘rtasida rangli bo‘yoqlar bilan anor daraxti va uning shoxlarida pishib yetilgan mevalari tasvirlangan. Bu rasmning yasalishiga sabab, qadimgi xorazmliklarning islomdan oldingi e’tiqodicha, ya’ni zardo‘shtiylik dinida anorni qo‘liga ushlab turgan Anaxita tasviri hosildorlik xudosi sanalgan. Islom keyin, anor guli yoki uning mevasi ayrim joylarda yasala boshlangan. Mehrobning ikki yonida devorga o‘rnatilgan marmar toshlarga o‘ymakor xatlar bitilgan bo‘lib, xatlarning birida masjid mulki va mablag‘i haqidagi vaqfnoma, ikkinchisida esa masjid tarixiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ularda aytilishicha, vazir Abdurahmon amri bilan 1203 hijriy (1788) yilda Kuyuk tom (hozirgi Qo‘shko‘pir tumanidagi qishloq) va Bekobod qishloqlarida masjidga vaqf yerlar ajratilganligi va daromadni xayr-ehsonga hamda masjid zaruriyatiga sarf qilish haqidagi xabarlar bor.

Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish