Noverbal muloqot vositalari. Nutqli muloqot auditoriyaga ikki oqim axborotlari orqali ta’sir qiladi: birinchisi, uzlukli so‘zli oqim, ikkinchisi uzluksiz noverbal oqim. Noverbal muloqot vositalariga insonlarning imo-ishorasi, tabassumi, yurish-turishi kiradi. Nutq yordamida axborotning, matnning mazmuni va mohiyati uzatiladi. Noverbal muloqot vositalari aytilgan fikrlarning qo‘shimcha ichki mazmunini, unga bo‘lgan munosabatni yetkazadi. Noverbal muloqot shakli imo-ishoradir. Imo-ishoralar – bu aniq mazmunga ega qo‘llar yoki boshqa harakat a’zolarinig harakatidir.
Gidning imo-ishoralari eshituvchilar diqqatini bayon etilayotgan malumot mazmuniga qaratadi, asosiysini ajratadi, aytilganlarni isbotlaydi. Imo-ishoralar nutqni jonlantiradi. Ishora, ayniqsa ibora kuchli ifodaga muhtoj bo‘lganda qo‘l harakatlari yordam beradi, gid fikrlarining hissiyotli taassurotlarini namoyon etadi.
Ekskursiya jarayonida ishoralarning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, u nafaqat hikoya bilan, balki ko‘proq ko‘rgazmalilikning tarkibiy qismi sifatida ob’ektlarni ko‘rsatish bilan bog‘liqdir. Bitta ob’ektni ko‘rsatishda ishoralarni tanlashda turlicha yondashuvlarni hisobga olish zarur. Gid ishoralar variantini (undovchi, ko‘rgazmali, hissiyotli, tavsiyali) guruh tarkibi, ekskursiya mavzusi, yil fasli, sutka vaqtiga bog‘liq holda ishlatadi.
Undovchi ishoralar-ob’ektni ko‘rsatish bilan bog‘liq emas, ular tashkiliy xarakterga ega. Ular yordamida gid ekskursantlarga avtobusdan tushishni yoki salonda o‘z o‘rnida o‘tirishni, ob’ekt oldida guruhni joylashtirishni, keyingi ob’ektga yo‘l olishni ko‘rsatadi.
Hissiyotli ishoralar- gidning hissiyoti, ruhiy holatini namoyon etadi. Hikoyada ishlatiladigan ishoralar bayon etiladigan malumot muhimligini, gid fikrining mazmunini yoritishi, yo‘nalishli bo‘lishi kerak. Ishoralarni ishlatishdagi kamchiliklar sifatida ularni haddan ziyod yoki so‘zlar o‘rnida qo‘llash, ob’ektlarni ko‘rsatish jarayonida ishoralarning hikoya bilan mos kelmasligi yoki undan uzilish kabilarni aytish mumkin. Hozirda ekskursiya arayonida ishoralarni ko‘rgazmali va samarali ishlatish qoidalarining ilmiy ishlanmalari yo‘qligini uslubiy kamchilik sifatida ta’kidlab o‘tish mumkin.
Gidning hissiy madaniyatini imolar namoyon etadi. Imo- bu inson yuzidagi mushaklarining harakati bo‘lib, uning ichki ruhiy holati, kechinmalari, kayfiyatini namoyon etadi. Ko‘pgina hollarda imo so‘zdan ham ko‘proq mazmunni anglatishi mumkin. Imo va ishora bir-biridan ajralmasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |