12-mavzu: Ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar


Samarqand shahri «Registon» maydonidagi qaysi madrasa birinchi va kim tomonidan qurilgan?



Download 11,96 Mb.
bet102/141
Sana02.07.2022
Hajmi11,96 Mb.
#731437
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141
Bog'liq
Ma\'ruza matn(1)

4. Samarqand shahri «Registon» maydonidagi qaysi madrasa birinchi va kim tomonidan qurilgan?
a) Ulug‘bek madrasasi, Mirzo Ulug‘bek tomonidan
b) Sherdor madrasasi, Bahodur Yalangtush tomonidan
d) Tillokori madrasasi, Mirzo Ulug‘bek tomonidan
e) Sherdor madrasasi, Mirzo Ulug‘bek tomonidan
5. Quyidagilardan qaysi biri Termiz shahriga xos yodgorliklar sanaladi?
a) Fayoztepa ibodatxonasi
b) Chorsu bozori
d) Ismoil Somoniy maqbarasi
e) Dorus-Saodat majmuasi








11- MAVZU: O‘ZBEKISTONNING EKOLOGIK XUDUDLARIGA EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH

    1. Ekologik resurslarning ekskursiyani tashkil qilishdagi o‘rni

    2. Ekologik faoliyatni amalga oshirishda milliy parklar va qo‘riqxonalarning o‘rni

    3. Ekologiya mavzusidagi ekskursiyalar marshrutining o‘ziga xosligi




11.1. Ekologik resurslarning ekskursiyani tashkil
qilishdagi o‘rni
Ekologik turizm o‘tgan asrning oxirlaridan boshlab jahon turizmi industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotlari bo‘yicha keyingi besh yilda ekologik turizmda turistlar oqimi tobora ko‘payib borayotganligi haqida xisob – kitob natijalari keltirilgan. Ushbu turizm yo‘nalishida janubiy Yevropa, Janubiy – sharqiy Osiyo, kichik Osiyo, Xitoy va Afrika qit’asidagi davlatlar oldingi o‘rinlarda borishmoqda. Albatta, qayd qilingan geografik tabiiy manzillar betakror tabiat mintaqalar bo‘lib, doimiy bahor va yoz iqlimiga ega bo‘lgan davlatlarning tabiatdagi biologik xilma-xillik resurslari, sharoitlari bu mintaqalarda yil davomida turistlar oqimining ko‘payishini ta’minlaydi, imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunga kelib jahonda ekologik turizm jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan turizmning tarmoqlaridan biriga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlagandek «Go‘zal geografik va tabiiy sharoitlar Respublikamiz hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun g‘oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog‘li hududlarida joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari tashkil etilgan. Sayyohlikning yangi yo‘nalishi-yirik qo‘riqxonalar va bog‘lar hududida tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi rivojlanmoqda»6.
Darhaqiqat, O‘zbekistonda ekologik turizm rivojlanib borishining yana bir sababi turist o‘zi qiziqqan tabiat va uning tabiiy sharoiti, biologik resurslari bilan tanishibgina qolmasdan, bu tabiat bag‘rida dam oladi, tabiat go‘zalligini chuqur his qiladi. Uning resurslarini avaylash xohish-istagi paydo bo‘ladi. Respublikamizning ekologik turizm salohiyatini hisobga olganimizda ekologik turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari – 4 faslli tabiat mavsumlari, o‘zining ekologik tizimlariga ega bo‘lgan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida endemik (faqat O‘zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidan iborat. O‘zbekistonning ekologik turizmdagi resurslar salohiyatiga alohida to‘xtalganimizda, quyidagi ekoturizm manbalarini keltirish, tavsiflash masalaga ravshanlik kiritadi.
O‘zbekiston 3,8 mln. gektarga ega bo‘lgan ovchilik – baliqchilik yer maydonlariga ega, ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o‘txo‘r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 tur baliqlarga ega. Bulardan, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga» o‘txo‘r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma’lumotlari bo‘yicha, O‘zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur o‘simliklar mavjud. Shulardan, 3000 turlari oliy, yovvoyi o‘suvchi o‘simliklar, ulardan 9 foizi endemiklardan iborat. O‘zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km2 ni tashkil qilgan 10 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km2 ni tashkil etgan 2 ta milliy bog‘ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‘paytirish respublika markaziy – «Jayron» ekomarkazi, 12186 km2 maydonni tashkil etgan 17 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud. Keltirilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha qilib qayd qilish mumkinki, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning o‘rtasida, ekologik turizmning rivojlanishi uchun qulay transport, geografik hududlarida joylashgan. Ekspertlarning ma’lumotiga qaraganda ekoturizm sayyohlik bozorining 10-20 %ini qamrab olgan, o‘sish sur’ati esa umumiy turizm industriyasining o‘sish sur’atidan 2 – 3 marotaba oshib ketdi. Shuning uchun ham bugungi kunda ekologik turizmni rivojlantirish asoslarini va ekologik resurs maskanlariga turistik marshrutlar tuzishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish zarur bo‘lmoqda.
O‘zbekistonlik ekolog olimlarning fikricha, – ekoturizm ma’rifiy-ma’naviy tushunchalar ostida ekoturistlarning ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‘simliklar dunyosiga, tabiiy hududlarning tarixiy yodgorliklariga, arxeologik topilmalariga, geologiyasiga, paleontalogiya qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat bilan bog‘liq majmualar kiradi.
Ekoturizmning maqsadi – hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona foydalanishdir. Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun «O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish konsepsiyasi» da keltirilgan rejaviy dasturni keltirish kifoya qiladi. Bu konsepsiyada respublikamizda ekologik turizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd qilingan:

  • ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;

  • ekoturistik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;

  • aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish;

  • ekoturizm yo‘nalishidagi ta’lim va tarbiyani yo‘lga qo‘yish;

  • ekoturizm bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • ekoturistik ob’ektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib borish;

  • ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo‘lga qo‘yish;

  • milliy davlat hududlarini ekoturizm bo‘yicha rayonlashtirish;

  • davlatlarning va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid taktik reja va strategik dasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish;

  • biologik xilma-xillikni saqlash.

Qayd qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistik tamoyillarni, ya’ni ekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo‘naltirilgan qoidalarga qattiq, ma’suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi:

  • ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalarining ustuvorligi;

  • ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan bog‘langanligi;

  • turizm va servis sohasi yo‘nalishidagi barcha ta’lim muassasalarida ekoturistik o‘quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi;

  • mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o‘stirishda ekoturizmni jalb qilish zaruriyati;

  • tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning mazmunini ekoturistik marshrutlarda aks ettirish;

  • davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarining ekologik turizmdan manfaatdorligi;

  • ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning yagonaligi;

  • ekoturizmda milliy g‘urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi.

Qayd qilingan tamoyillarning bajarilishi O‘zbekistonda ekologik turizmni jadal rivojlantirishning asoslarini ta’minlaydi.
Ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha «O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish konsepsiyasi» qabul qilingan. Ushbu konsepsiyaning 1.4. bandida – ekoturizmning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari yechimini topishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalari qayd qilingan. Ular quyidagilar:

  • ekoturizm ob’ektlarida aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini hal qilish;

  • ekoturizm qadamjoylarida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, turistik infratuzilmalarni hosil qilish;

  • ekoturizmning jahon talablariga javob beraoladigan moddiy – texnik, axborot–tahliliy bazasini yaratish xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish;

  • ekoturizm maskanlarini elektr energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash maqsadida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalari yordamida foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish.




Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish