12-mavzu: Din madaniyat fenomeni va uning psixologik tarbiyaviy ahamiyati Reja



Download 41,76 Kb.
bet1/4
Sana12.12.2022
Hajmi41,76 Kb.
#883892
  1   2   3   4
Bog'liq
12-mavzu


12-mavzu: Din madaniyat fenomeni va uning psixologik tarbiyaviy ahamiyati
Reja:
1. “Dinshunoslik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Dinshunoslikning ijtimoiy gumanitar fanlar bilan aloqadorligi.
3. Dinning strukturasi. Dinning ijtimoiy funksiyalari va uning inson ruhiy holatiga ta`siri.
4. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi hamda dinshunoslik fanining vujudga
kelishi va tadrijiy taraqqiyoti.

Tayanch so’z va iboralar: din,diniy munosabat,diniy madaniyat,din globallashuvi,diniy marosim,Jahon dinlari, Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo`ylik zaroastrizim, induizm, jaynizm, sikxizm, parsizm, konfutsiychilik, daosizm, sindo, iudaizm, Diniy e`tiqod , Buddaviylik, Vadjrayana, Xristianlik, katolitsizm, protestantsizm

Dunyodagi barcha dinlar mohiyatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega: din dunyoga qarashda muqaddas narsalarga hurmat-izzatva qo‘rquv ehtiroslarini paydo qiluvchi ma’lum ramzlar yig‘indisining mavjud bo‘lishini talab qiladi. Bu ramzlar dindorlar jamoasi o‘tkazadigan diniy marosimlar va urf-odatlar (masalan, cherkovlardagi o‘tkaziladigan marosimlar)da ishtirok etadilar. Bundagi har bir guruh o‘ziga xos e’tiborni talab qiladi, lekin shunga qaramay, diniy e’tiqodlarda xudo qo‘rquv, dahshat yoki ehtiromlar tug‘diruvchi mavjudot sifatida ishtirok etishi aytiladi.



  • Dinning madaniyat fenomeni sifatidagi jihatlarini quidagilarda kuzatish mumkin

  • Xristianlik dinida cho‘qintirishish, islom dinida xatna qilish

  • ibodat qilish, hamdu sano aytish

  • ma’lum ovqatlarni iste’mol qilmaslik, ro‘za tutish

  • hazrati oliy Xudo sharafiga uni tinchlantirish maqsadida sham yoqish

Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyati an’anaviy jamiyatlar hayotida quidagilarda yanada yaqqolroq ko‘rinadi

  • musiqa

  • naqqoshlik

  • badiiy adabiyot

  • xalq og‘zaki ijodi

  • raqs san’ati

  • o‘ymakorlik san’ati

  • memorchilik

Din so’zining etimologiyasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, u lotin tilidan tarjima qilinganda o’zbek tilida “birlashish, aloqa” degan ma'noni anglatadi.
Din global birlashish va integratsiya sharoitida o'ziga xos xususiyatlarini nafaqat tashqi ko'rinishdagi, balki diniy faoliyatning ichki sohalarida, diniy ongda saqlab qolishga intiladi.
Jahon dinlari doktrinasida dindorlarni dunyo hamjamiyati faoliyatini birlashtirishga yo'naltiradigan qoidalar mavjud. Masalan, (Buddizm, Xristianlik, Islom) millati va jug'rofiy joylashuvidan qat'i nazar, barcha odamlar uchun umumiy din hisoblanadi.
Ayrim tadqiqotchlar fikricha, globallashuv dinning mavjudligiga tahdid solib, dunyoda shakllangan din bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni yo'q qiladi.
Dinlar missionerlik va prozelitizm g'oyalaridan foydalanib global miqyosda yanada keng yoyilmoqda. Bu jarayonda u zamonaviy axborot imkoniyatlaridan foydalanib, diniy me'yorlar va globallashuv xususiyatlarining sinkretizmini amalga oshirib, o'z dinini yangi usullar (ommaviy axborot vositalari, Internet manbalari) va ilgari an'anaviy bo'lmagan hududlarda tarqata boshladi. Bu holat butun dunyoda tarqalgan Xristianlik va Islom dinlarida yaqqol namoyon bo’ladi.
XIX asr boshlaridan to XX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan bir yarim asr islom tadrijiy rivojlanishida muhim burilish bosqichi bo‘ldi. Sharq mamlakatlarida ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalardagi o‘zgarishlar, yangi sinfning – milliy burjuaziyaning shakllanishi, milliy-ozodlik harakatining avj olishi – bularning hammasi qo‘shilib, islomning jamiyatdagi tutgan o‘rniga qarashlarda ham, ijtimoiy hayotning yangi voqeliklarini islomning o‘zi tomonidan asoslashda ham o‘zgarishlarga olib kelmasligi mumkin emasdi.
Islom diniga e’tiqod qiluvchlarning ayrimlari globallashuvni butunlay g'arblashtirish deb biladi. G'arblashtirishga qarshi turib, Islom o'zining diniy an'analari va madaniy asoslariga tayangan globallashuvning o'ziga xos modelini izlashni taklif etadi.
Islom ochiqlik, erkin kengayish imkoniyati, o'zgaruvchan sharoitlarga yuqori darajada moslashish, shuningdek, qat'iy markazchilik, ierarxiyalar va qarorlarni qabul qilishning murakkab mexanizmlari yo'qligi bilan ajralib turadigan konfessial tarmoq sifatida globallashuv davrida juda yaxshi rivojlanish istiqbollariga ega.
Dunyodagi barcha dinlar va ular bilan bog‘liq jarayonlarni xolisona o‘rganuvchi fan «Dinshunoslik» deb ataladi. Mazkur fanning sohalari juda ko‘p bo‘lib, ulardan biri «Dunyo dinlari tarixi»dir. Dinlarni o‘rganish uzoq tarixga ega. Antik davrlardayoq insonlar din va uning mohiyati haqida fikr yuritganlar.
Din falsafasi — dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan soha. U Xudoning mavjudligi, sifatlari, yaratuvchi va borliq munosabatlari, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg‘ambarlik va vahiy kabi keng miqyosdagi masalalarni qamrab oladi.
DINNING MADANIY HAYOTDAGI O‘RNI
Madaniyatning yaxlit tizimidan ikki katta soha ajralib chiqadi. Bular o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra moddiy va ma'naviy madaniyatlardir.
Madaniyat inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Madaniyat insoniyatga bir-biriga yaxshi muomala qilish, o‘zgalarni hurmat qilish, yer yuzida tinch-totuv yashashni o‘rgatadi. Din e'tiqod qiluvchilarning ijtimoiy, etnik va ma'naviy hayotiga ta'sir o‘tkazadi. Bu esa dunyo xalqlarining madaniyati, adabiyoti, san'ati kabi sohalariga kirib borishida ko‘rinadi. Dinning madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi shunda ko‘rinadiki, oldin madaniyatning ma'lum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san'atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo‘lsa, hozir ba'zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba'zilarini inkor etgan holda diniy madaniyat qadriyatlarini saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma'naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi. ma'lumot uchun Diniy madaniyat - inson ruhiyatining ozig‘idir. Insoniyat o‘z taraqqiyoti davrida turli dinlarga e'tiqod qilib kelgan. Ilohiy kuchlar orqali tabiatdan ko‘mak so‘ragan. Jahonda eng ko‘p tarqalgan dinlar uchta: buddaviylik, xristianlik, islom.

Download 41,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish