Byudjetningijrosito„g„risidagihisobotnitayyorlashvaunitasdiqlash.O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat byudjeti ijrosining O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko‗rib chiqadi.
Respublika byudjetidan xarajatlari rejalashtirilgan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‗lardan hisobot davrida foydalanganlik to‗g‗risidagi hisobotlarni O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy byudjetlardan xarajatlari rejalashtirilgan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‗lardan hisobot davrida foydalanganlik to‗g‗risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining ijrosi to‗g‗risidagi hisobotni, shuningdek, davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining ijrosi to‗g‗risidagi yillik hisobotni O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot yilidan keyingi yilning 1apreligachataqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining ijrosi to‗g‗risidagi yillik hisobotni tashqi audit o‗tkazish va baholash uchun O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga hisobotyilidankeyingi yilning 5apreligachayuboradi. Hisob palatasi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10mayidankechiktirmayO‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining ijrosi to‗g‗risidagi yillik hisobotni O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 15mayidankechiktirmay O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining ijrosi to‗g‗risidagi hisobotni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar guruhlari va qo‗mitalarida muhokama qilish asosida ko‗rib chiqadi. Ko‗rib chiqilgan yillik hisobot Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ko‗rib chiqiladi hamda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi, shundan keyingina davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlari ijrosi to‗g‗risidagi yillik hisobot O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy web-saytiga joylashtiriladi.