1. Pravoslav oqimi.
Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri o’laroq, tarixan
uning sharqiy shahobchasi sifatida ro’yobga chiqdi va shakllandi.
Bu oqim asosan Sharqiy Yevropa,
Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so’zidan
olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviyening kitobiy asoslari
Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u yerdagi hukmron din edi.
2. Katolik oqimi.
Xristianlikning yirik yo’nalishlaridan biri katoliklardir. U Yevropa, Osiyo, Afrika
va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo’lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi.
Katolitsizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi.
Uning manbai - uncha katta
bo’lmagan Rim Xristian jamoasi bo’lib, rivoyatilarga ko’ra uning birinchi Yepiskopi apostol Petr bo’lgan.
Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik
haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va sohtalashtirilgan ko’rinishga ega, diniy
o’qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. provslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona,
ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig’inish odatlari mavjuddir.
Katolitsizm xristianlikning yo’nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va qoidalarini tan oladi,
biroq diniy ta’limot, sig’inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi.
3. Protestantizm dini.
Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi.
U birinchi
bo’lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va
uni himoya qildi. Bu nizomga ko’ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy
va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va
vijdonni inson bilan Xudo
o’rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik
tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.
Protestantizmning mohiyatiga ko’ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga
cherkovning vositasisiz,
bevosita in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro’y beradi.
Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qildi, faqatgina
lyuteranlikda non va vino
bilan cho’qintirish saqalanib qoldi.
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog’i zarur. Najot yo’li ruxsatnoma yorlig’ida
emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir.
1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tezislar shundan iborat. Keyinchalik
bu kun protestantlar bayrami bo’lib qoldi.