gunohlarni e'tirof qilish marosimi hisoblanadi. Bu marosim, asosan gunoh qilish orqali yo'qolgan
cho'qintirish inoyatini qayta qo'lga kiritish uchun qilinadi. Buning asosi sifatida Bibliyada keltirilgan
quyidagi matnlar olingandir: ―Xoh ayol bo'lsin, xoh erkak bo'lsin qandaydir gunoh sodir etgan bo'lsa,
istig'for aytib, gunohlariga tavba qilsin‖ю Bu marosimning asosiy mohiyati dindor cherkovga kelib,
qilgan gunohlari uchun tavba qiladi, ya'ni ruhoniyga o'zining hamma gunohlarini batafsil so'zlab beradi,
xattoki, qalbi tubidagi yashirin sirlarini ham ruhoniy ―ota‖ga so'zlab beradi. Cherkov nomidan
gunohlarni kechirish huquqiga ega bo'lgan ruhoniy uning gunohlaridan o'tadi va unga nasihat qilib, uni
to'g'ri yo'lga soladi va Muqaddas Ruhning kuchi bilan uni gunohlaridan pok qiladi.
Yeley surtish marosimi (rus. soborovanie). Muqaddaslashtirilgan zaytun yog'ining ham shifo, ham
gunohlarning kechirilishi hamda bemalol o'lish uchun kasallarga surtish marosimidir. Bu bemorning
peshona, yonoq, lab va qo'llariga muqaddas deb bilingan zaytun moyi surtish ko'rinishida kechadi.
Mazkur marosim, cherkov ta'limotiga ko'ra, insonning jismoniy va ruhiy kasalliklarini davolaydi.
―...qo'llariga ilon olib ko'tarsalar yoki zahri qotil biror narsa ichsalar ham ularga zarar yetmaydi.
Bemorlarga qo'llarini qo'ysalar ular sog'ayib ketarlar‖. Bu marosim ayni paytda tavbasiga tayanib
ulgurmagan bandalarning gunohlardan xalos etib, osongina jon topshirishlariga yordam beradi, deb
hisoblanadi. Ruhoniy unvonini berish marosimi. Bu ruhoniylik martabasiga ko'tarilish bilan bog'liq
marosimdir. U ―Xirotoniya‖ (yun. ―xir‖ – qo'l va ―tefimi‖ – qo'yaman) deb nomlanadi. Diniy ta'limotga
ko'ra, ruhoniy bo'ladigan shaxsning boshiga yepiskop qo'l tekkizganidan keyin, u ―Muqaddas Ruh‖ ning
alohida marhamati bilan odamlar o'rtasidagi vositachilik qilish xususiyatiga ega bo'ladi. Shundan so'ng
mazkur inson xuddi Isoga uning havoriylari xizmat qilganidek o'z zimmasiga Xudo va odamlar orasida
vositachi bo'lib xizmat qilish majburiyatini oladi. Ma'lumki, xristianlik dinida ruhoniylik unvonlari –
d`yakon, presviter, yepiskop kabi uch turli darajaga ega.
D`yakon (yunon. xizmatchi) – xristian cherkovidagi eng quyi ruhoniylik darajasi. U marosimlarda
yepiskop va presviterlarga yordamchilik qilish bilan shug'ullanadi. Presviter (lot. oqsoqol) – xristian
ruhoniylar ierarxiyasida yuqori darajaga ega ruhoniy. Qadimda yepiskoplar ham shunday nom bilan
atalgan. Jamoa tarafidan saylab qo'yiluvchi ruhoniy bo'lib, dastavval, u pastor bilan birgalikda diniy
marosimlarga rahbarlik qilgan. Yepiskop (yunon. nazoratchi) – xristianlikdagi oliy darajadagi ruhoniylik
unvoni. Katolik e'tiqodiga ko'ra yepiskoplar havoriy Pavelning izdoshlari xisoblanadi. Shuningdek,
yepiskop o'zi miro moyini tayyorlash, ruhoniylik darajasini berish, hamda diniy marosimlarni boshqarish
huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: