13.2Bino va inshootlarda energiya talabi va issiqlik ta’minotini saqlash. Arxitektura va qurilish amaliyotida bino va inshootlarni issiqlik bilan ta’minlashga sarflanadigan issiqlik-energiya resurslarini iqtisod qilish muammosiga juda katta e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘pchilik iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirishga katta imkoniyat mavjud. Bino va inshootlar uchun energiya resurslari xarajatlarining o‘sayotgan ta’riflari jiddiy iqtisodiy yuk bo‘lib yuzaga kelmoqda. Aynan shuning uchun ko‘pgina davlatlarning rivojlanish dasturida bino va inshootlarda energiya talabi va issiqlik ta’minotini saqlash muhim mavzu bo‘lib qoldi1.
Zamonaviy bino va inshootlar issiqlik samaradorligini oshirish bo‘yicha juda katta zaxiralarga ega bo‘lmoqda.
O‘tgan zamonlarda bino va inshootlarning energiya talabi aniqlovchi ko‘rsatkich bo‘lmagan bo‘lib, loyiha sifatining ustun mezoni bo‘lgan. O‘tgan vaqt oralig‘ida bino va inshootlarda energiyadan foydalanish samaradorligini o‘rganish o‘zgartirildi va kengaytirildi. 1990 yillar boshlanishiga qadar, energiya samarador bino va inshootlarni qurilishi boshidan boshlanishida energiyani iqtisod qilish bo‘yicha tadbirlarni o‘rganish asosiy qiziqishga ega bo‘lgan. 1990 yillarning o‘rtalarida esa mikroiqlim sifatini bir vaqtning o‘zida oshirishga yordam bergan energiya tejamkor qarorlarga muhimlik darajasi berilgan.
Qurilishda energiya samarador va ekologik toza texnologiyalarning turli konsepsiyalari asosida loyihalashtirilgan va qurilgan mikro tumanlar, hattoki arxitektura qurilish maydonlari hamda katta miqdorda bino va inshootlar paydo bo‘ldi. Ushbu konsepsiyalar o‘zining nomlanishi belgilangan. Ulardan eng ko‘p taniqli bo‘lgani quyidagilar hisoblanadi:
Adabiyotlarda ushbu konsepsiyalarning har biriga aniqlik kiritishga harakat qilingan. Qiyinligi shundaki, bitta qurilish ob’ektida qoidaga muvofiq, bir vaqtning o‘zida bir necha har xil konsepsiyalarni amalga oshirilayotganini ko‘rsatish mumkin. Bu yerda, adabiyotlardagi ma’lumotlarga asoslangan holda yuqorida qayd etilgan konsepsiyalar bo‘yicha energiya samarador va ekologik toza bino va inshootlarni aniqlashga urinib ko‘ramiz.