Birinchidan, nazariyada birorta sohaga oid barcha bilimlar yaxlit bir sistemaga birlashtiriladi. Bunday sistemada, odatda, bilimlarning katta qismini nazariyaning nisbatan kamroq bo’lgan boshlanғich tushunchalaridan keltirib chiqarishga harakat qilishadi. Ular matematikada aksiomalar, tabiyotshunoslikda-gipotezlar, deb yuritiladi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad-qayd etilgan faktlarni ayrim boshlanғich prinsiplar, ginotezalarning natijasi sifatida talqin etish. Nazariy sistemada har bir fakt, har bir tushuncha, har bir qonun yoki faraz boshqalariga nisbatan o’z o’rniga ega bo’lishi, ana shundan kelib chiqib interpretasiya qilinishi, ya’ni talqin qilinishi (yoki qayta talqin qilinishi) zarur. Talqin etish jarayonida mavjud nazariyalar, yangidan qurilayotgan nazariyaning elementlariga murojaat qilinadi. Bu esa, bir tomondan, mavjud faktlarning tabiatini to’ғri tushunishga yordam bersa, ikkinchi tomondan, bevosita empirik usul yordamida qayd etib bo’lmaydigan yangi faktlarni topishga imkon beradi.
Ikkinchidan, nazariyani qurish berilgan sohaga oid bilimlarni aniqlashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishga yordam beradi. Buning sababi shundaki, nazariyaning boshlanғich asoslari-aksiomalar, postulatlar, qonunlar, prinsiplar, gipotezlar nazariyadagi boshqa ilmiy bilimlarga nisbatan mantiqan kuchliroq hisoblanadi. Ana shuning uchun ham nazariyani qurish mavjud biliimlarni tartibga solishdan, ya’ni koordinasiya qilishdangina iborat bo’lib qolmaydi. Bunda mantiqan kuchli bilimlardan mantiqan kuchsiz bilimlar keltirib chiqariladi, ya’ni subordinasiya qilinadi. U esa, mazmunan chuqurroq bo’lgan tushunchalar, qonunlar, prinsiplarga murojaat qilishga, ular yordamida mavjud tushunchalarni talqin etishga, yangi fundamental umumlashmalar hosil qilishga olib keladi. Masalan, Nьyutonning harakatning uchta qonuni hamda butun olam tortishish qonuniga tayanadigan klassik mexanikasi Galileyning jismlarning erkin tushushi qonuni va Keplarning planetalar harakati qonunini tushuntirish va aniqlashtirish imkonini berdi. Xususan, Galiley qonunining jismning gravitasiya kuchi ta’sirida harakat qilishining juz’iy holini ifoda etishi ma’lum bo’ldi. Gravitasiya ta’siridan tashqarida, ya’ni Er radiusi uzunligidan ortiq bo’lgan masofada Galiley kashf etgan qonun amal qilmaydi. Xuddi shuningdek, Keplerning Quyosh atrofida harakat qiluvchi planetaning elliptik orbita bo’yicha harakat qilishi qonunining boshqa planetalarning ta’sirini hisobga olmasligi va ana shuning uchun ham unchalik aniq emasligi ma’lum bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |