12-Mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllati. Reja


Nazariya-ma’lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, ғoyalarni sistemaga solib, u haqida yax



Download 37,95 Kb.
bet5/8
Sana07.04.2022
Hajmi37,95 Kb.
#533495
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-Mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shak

Nazariya-ma’lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, ғoyalarni sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tushuntirish, oldindan ko’rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat.
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlanғich nazariy asos: nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni hosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar).
Ilmiy nazariya oxir-oqibatda real sistemani, obьektni aks ettiradi, uning tabiatini tushuntiradi va shu ma’noda o’zining empirik asosiga ega. Lekin empirik asosining mavjudligi nazariyaning barcha tushunchalari ifoda etadigan predmet va belgilarning hissiy idrok qilinishi yoki nazariyaning barcha hollarda mavjud hodisalarni, ularning real xususityalari va munosabatlarini aks ettrishini anglatmaydi.
Nazariyada borliq, asosan, modellar yordamida ideallashgan holda in’ikos qilinadi. Ideallashtirish jarayonida mavjud obьektlar haqidagi empirik bilimga tayangan holda, haqiqatda mavjud bo’lmagan va ba’zan mavjud bo’lishi mumkin ham bo’lmagan, lekin real mavjud predmetlarga ma’lum bir munosabatda o’xshash obьektlar haqidagi tushunchalar hosil qilinadi. Masalan, mexanika echimini qidiradigan ko’p masalalarda jismning shakli va o’lchamlari (eni, bo’yi, hajmi va shu kabilar) unchalik muhim ahamiyatga ega emas. Ayni bir paytda massa muhim ahamiyatga ega va shuning uchun ham massasi bir nuqtaga jamlangan xayoliy jism-moddiy nuqta hosil qilinadi.
Barcha real mavjud jismlar shaklga va o’lchamlarga ega, moddiy nuqta esa ideal obьekt bo’lib, ba’zi masalalarni echishda real jismlarning o’rnini bosadi, ularning nazariy bilishdagi ekvivalenti bo’lib xizmat qiladi. Fizikadagi mutlaq qattiq jism, geometriyadagi nuqta, tekislik, to’ғri chiziq va boshqa fanlardagi shu kabi ko’p tushunchalar ideal obьektlarni ifoda qiladilar.
Ideal obьektlar yordamida predmetning hissiy idrok etilmaydigan muhim xususiyatlari, munosabatlari o’rganiladi. Ularsiz nazariy bilish o’z oldiga qo’yadigan maqsadiga erisha olmydi. Nazariy bilishning zaruriy vositasi bo’lganligi uchun ularni ba’zan nazariy ob’ektlar deb ham atashadi.
Nazariya ideal xarakterga ega bo’lgan tushunchalar, mulohazalar sistemasidan-konseptual sistemadan iborat bo’lib, u real obьektning nazariy modelini ifoda qiladi. Masalan, mexanikadagi boshqa sistemalar ta’siridan ajratib qo’yilib, yopiq sistema tarzida fikr qilinadigan mexanik sistema tushunchasi real obьektning nazariy modeli hisoblanadi. Uning yordamida real mavjud bo’lgan mexanik sistemaning harakat qonunlari o’rganiladi.
Nazariy modelning ideal xarakterga ega bo’lgan obьektlari, ularni aks ettiruvchi tushunchalar o’rtasidagi aloqadorlik nazariyaning fundamental qonunlari, prinsiplarida o’z ifodasini topadi.
Mazkur qonunlar, prinsiplar boshlanғich tushunchalar va mulohalar bilan birgalikda nazariyaning konseptual o’zagini tashkil etadi. Masalan, klassik mexanikaning negizini harakatning uchta qonuni hamda ular bilan boғliq bo’lgan fazo, massa, vaqt, kuch, tezlik, tezlanish tushunchalari tashkil eatdi. Klassik temodinamikaning asosini esa uning uchta muhim qonuni hosil qiladi. Matematik nazariyalarning konseptual o’zagi ularning asosiy tushunchalari va aksiomalarida o’z ifodasini topgan.
Har bir nazariya o’zining tushunchalarini hosil qilish, ta’riflash qoidalariga ega. Bunga misol qilib formallashgan tilni yaratish qoidalari (3-mavzuga qarang), mulohazalr mantiғini natural xulosa chiqarishi sistemasi sifatida qurish qoidalarini (7-mavzuga qarang) ko’rsatish mumkin. Xuddi shuningdek, har qanday nazariya xulosalar tarzidagi o’z natijalariga ega.
Demak, ilmiy nazariyaning strukurasida uning har bir elementi o’z o’rniga ega.
Ilmiy nazariya bilishda bir qancha muhim vazifalarni bajaradi.

Download 37,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish