Trixotetsin ishlab chiqarish. Trixotetsin antibiotigi - kislorod geterotsiklli birikmalar gruppasiga kirib, keng fungitsidli ta’siri va kam toksinli ekanligi bilan xarakterlanadi. Trixotetsin suvda kam eruvchan, organik eritmalarda yaxshi eriydi, qizdirishga va kislota ta’siriga chidamli. Bu antibiotikning produtsenti Trichothecium roseum zamburug’i hisoblanadi.
Tayyor holdagi namlanuvchan kukun holdagi trixotetsin krem rangida bo’lib, 10% trixotetsin, 3% OP-t emulgator va 87% kaolindan iborat. Trixotetsin tamaki, bodring, mevali daraxtlar va uzumdagi barg sarg’ayishi va donli ekinlarning ildiz chirishi kasalligiga qarshi qo’llaniladi.
O’simlikshunoslikda foydalaniladigan antibiotiklarni tanlashda preparatga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
Antibiotik o’simlik zararkunandasiga qarshi maxsus biologik faollikga ega bo’lishi;
U o’simlik to’qimasiga oson kirishga va uning ichida biologik faollik ko’rsatishi;
Antibiotikning davolash miqdori o’simlikka zararsiz bo’lishi;
Antibiotik, o’simlik to’qimasi ichki qismida va ustki qismida bo’la turib, nisbatan uzoq vaqt biologik faollikka ega bo’lishi, tuproqga tushganda oson va tez faolligini yo’qotishi maqsadga muvofiqdir.
Antibiotikga qo’yilgan asosiy talablarning yana bittasi qishloq xo’jaligida foydalaniladigan preparat tibbiyot amaliyotida ishlatilmasligi zarur.
Oziq-ovqat va konservalash sanoatida - maxsulotlarni buzadigan mikroorganizmlarga qarshi kurashish uchun fizik va kimyoviy usullar bilan bir qatorda qo’llaniladi. Lekin bu maqsadlar uchun tibbiyotda qo’llaniladigan antibiotiklardan foydalanib bo’lmaydi. Antibiotiklar orasida oziq-ovqat va konserva sanoatida ishlatiladiganlari subtilin, nizin va boshqalarni keltirish mumkin. Subtilinni Bacillus subtilis kulturasi hosil qiladi, kimyoviy tarkibi polipeptiddir. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan, shular qatorida kislotaga chidamli batsillalar ham faol ta’sir ko’rsatadi.
Sabzavotlarni konservalashda subtilinni qo’llab, termik ishlov berishdan birmuncha saqlaniladi, bu konservada vitaminlar saqlanishi va mazasini yo’qotmasligida katta ahamiyatga ega.
Nizin - yuqori molekulali peptid, Str.lactis sintezlaydi. Nizindan tibbiyot amaliyotida foydalanilmaydi, uni pomidor, ko’k no’xat, gul karam va boshqa maxsulotlarni konservalashda qo’llaniladi. Pishloq saqlashda ham samarali natija beradi. Antibiotik bir qancha termofil spora hosil qiluvchi bakteriyalar taraqqiyotini to’xtatadi. Odam uchun zararli emasligi bilan xarakterlanadi.
Xulosa
Ushbu mavzuda Mikroorganizmlarning o’zaro va boshqa organizmlar bilan munosabati ayniqsa mikroorganizmlardagi simbiotik assotsiatsiyalar, Metabioz, Antogonizm va uning sabablari, Antibiotik moddalar va ularning tibbiyotda ishlatilishi haqida juda ko’plab ma’lumotlar berilgan. Tabiatda tiriklikning doimiy va davomli bo’lishida Mikroorganizmlarning o’zaro va boshqa organizmlar bilan munosabatini xar tomonlama o’rganish va ishlab chiqarishda qo’llash katta amaliy ahamiyatga ega. Shu bilan birga mikroorganizmlar o’rtasidagi antogenostik munosabatlarning mexanizmi o’rganilgach, bu jarayonni tibbiyotda qo’llashning juda katta va samarali yo’li aniqlandi. Mikrorganizmlardan sanoat asosida antibiotiklarning olinishi tibbiyotni yanada ko’proq foydali va ahamiyatli tomonlarini ko’rsatib berdi.
Nazorat savollari:
Mikroorganizmlarning simbiotik assotsiatsiyalari haqida ma`lumot bering?
Metabioz nima va unda mikroorganizmlarning hayot kechirishi nimalarga bog`liq bo`ladi?
Antogonizm va uning sabablarini tushuntirib bering?
Antibiotik moddalar va ularning kashf etilishi tibbiyotda ishlatilishi
Antibiotik moddalar va ularning tibbiyotda ishlatilishi va uning ta`sir mexanizmini tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |