4 - Ma’ruza mashg’uloti. Shahar hududida vertikal rejalashtirish. Reja: 1.Shahar hududini vertikal rejalashtirishda inson salomatligi va yashash qulayliklarining hisobga olinishi. 2.Trotuar va piyodalar yo‘lkasining o‘lchamlari. 3.Piyodalar o‘tish yo‘li loyihasini tuzish. 4. Velosiped yo‘lakchalari va yo‘lkalarini loyihalash. Tayanch so‘zlar va iboralar: hududni vertikal rejalashtirish, trotuar va piyodalar yo‘lkasi, qo‘rg‘on ko‘chalari, qo‘rg‘on yo‘llari, er usti piyodalar o‘tish joyi, er osti piyodalar o‘tish joylari. Tayanch so‘zlar va iboralar: hududni vertikal rejalashtirish, trotuar va piyodalar yo‘lkasi, qo‘rg‘on ko‘chalari, qo‘rg‘on yo‘llari, er usti piyodalar o‘tish joyi, er osti piyodalar o‘tish joylari. Shahar ko‘cha va yo‘llarining hududiy vertikal rejasini tuzishda, ularning yotiq rejalash ishlarining bajarilishi ko‘cha va yo‘l tarmoqlari loyihalanishida asosiy o‘rinda turadi. Ko‘chalarning ko‘ndalang kesimlari va ularning geometrik parametr o‘lchamlari me’yoriy hujjatlarga oid loyihalanadi. Bunga oid favqulotda holatlar uchun, yani aholi turar joylarida yong‘in sodir bo‘lib qolishi ehtimolida yong‘in o‘chirish mashinasi harakatlanishi uchun masofa qolishi kerak. SHahardagi transport shovqini shuningdek zararli is gazlarining turar joy binolaridagi insonlarga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida, binolar oynalariga ularni qaytaruvchi moslamalarni ishlatish, shahar hududini vertikal rejalashtirishning eng dolzarb sog‘lomlashtirish tadbirlari hisoblanadi. Shaharning bosh rejasini ishlab chiqish vaqtida ko‘chalarning kengligi va qizil chiziqlarini loyihalashda ularni taqqoslash orqali aniqlaniladi. Rejalashtiriladigan ko‘cha va yo‘llarning o‘lchamlari joyning relefiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ikki tasmali yo‘llarning bo‘ylama qiyaliklari 40 %0 dan katta bo‘lgan hollarda, uchunchi tasmalar ham qo‘shimcha tarzda qurilishi lozim. Ushbu qo‘shimcha tasmaning eni 3.75 metrni tashkil qilishi, shu yo‘l bilan o‘zaro transport vositalarini xavfsiz quvib o‘tishni va yo‘llardagi harakatlanish xavfsizligini ham taminlash mumkin. Ko‘cha va yo‘llarni qurishda ikki chekkasidan kattaroq oraliq masofalar qoldirilib, vaqtinchalik ko‘kalamzorlashtirilib turiladi. Keyinchalik bu oraliqlar qo‘shimcha tasma yoki rekonstruksiyada kengaytirilib, shu yo‘l bilan yo‘lning hisobiy harakat jadalligini oshirishni taminlash mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |