ROTATSION KOMPRESSORLAR
Bu kompressorlar ham porshenli kompressorlar kabi ish bo’shlig’i hajmining kamayishi printsipida ishlaydi. Rotatsion kompressorlar konstruktiv belgilariga ko’ra plastinali, aylanadigan rotorli, ikki rotorli kompressorlarga bo’linadi. 5 - rasmda plastinkali rotatsion kompressorning sxemasi ko’rsatilgan.
5-rasm. Rotasion kompressorning sxemasi.
Korpus 5 da ekstsentrik ravishda rotor 1 joylashgan, uning gazlarida radial yo’nalishda oson sirpanadigan plastinkalar 2 bo’lib, ular rotor bilan korpus orasi- dagi o’roqsimon bo’shliqni bir necha qismga bo’lib turadi. So’rish potrubkasi 7 shunday joyda joylashganki, bu yerda plastinalar markazdan qochuvchi kuch ta‘sirida rotor pazlaridan chiqadi va gaz kirishi uchun ikki plastina orasidagi hajm bo’shaydi. Rotor parrakning yuqorigi holatiga burilgan sari hajm asta sekin orta boradi.
Rotor yana burilganida pazlarga plastinalar kira boshlaydi va plastinalar orasidagi hajm 3 kichrayadi. Hajm 3 ni to’ldiruvchi gazning bosimi tegishlicha ko’payadi. Rotor burilishishi davomida hajm 3 haydash patrubkasi 6 ning bo’shlig’i bilan tutashadi va bu yerdan siqilgan gaz uzatish quvuri orqali gaz yig’gichga va iste‘molchiga o’tadi. Rotor yana burilganida protses takrorlanadi.
Kompressor ishlash vaqtida korpusining devorlari qizib ketmasligi uchun suv 4 bilan sovitib turiladi.
Afzalliklari: gabaritlari va og’irligi kichik, inertsion kuchlar kam, ravon ishlaydi, aylanishlar soni katta, konstruksiyasi oddiy, Kamchiliklari: f.i.k. kichik, detallari nihoyatda aniq ishlanishi tufayli tayyorlash texnologiyasi ancha murakkab, oxirgi bosimi katta emas, bir remontdan ikkinchi remontgacha ishlash muddati qisqa.
TURBOKOMPRESSORLAR
Turbokompressorlarning konstruksiyasi turbinalarining konstruksiyasiga o’xshaydi. Gazni siqish jarayoni kompressor g’ildiraklarining parraklararo kanallarida va so’ngra qo’zg’almas kanallarda sodir bo’ladi. Ish g’ildiragining parraklarida gaz olgan kinetik energiya qo’zg’almas kanallarda tormozlanishi natijasida siqilgan gazning potentsial energiyasiga aylanadi:
O’qli turibinadagi kabi o’qli turbokompressorda ham gazning harakat yo’na- lishi mashinaning o’qi bilan mos tushadi.
Turbokompressorlar g’ildiragining aylanish tezligi ortishi bilan uning siqish darajasi ortadi.
Ko’p bosqichli kompressorlarda bosqichlar soni va shunda muvofiq ravishda ish g’ildiraklari soni gazning berilgan bosimi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |