balandligi h — Н va zichligi ρ bo‘lgan idishdagi havo (bug‘) ustuni gidrostatik
bosimlari yig‘indisidan iborat:
P
2
=h
0
ρ
1
∙g+Hρ
1
g+(h-H)ρ∙g. (12.6)
Shunday qilib, difmanometrga ta’sir etadigan bosimlar farqi ∆P quyidagi
ifoda bilan topiladi:
∆P=P
1
-P
2
=[hρ
1
-Hρ
2
-(h-H)ρ]∙g=[h(ρ
1
- ρ)-H(ρ
2
-ρ)]∙g (12.7)
(12.7) ifodadan ko‘rinib
turibdiki, sath o‘lchagich ko‘rsatishi h ning joriy
qiymatigagina emas, suyuqlik zichligiga ρ
1
va bug‘ zichligi ρ ga ham bog‘liq, ular
esa o‘z navbatida idishdagi muhitning harorati va bosimiga bog‘lik. Shuning uchun
difmanometr- sath o‘lchagichning shkalasini hisoblash idishdagi ishchi bosimi
bo‘ycha hisoblanadi. Bu yerda,n tashqari, o‘lchash natijasiga impulsli naychadagi-
suyuqlik zichligi ρ
1
ning o‘zgarishi ta’sir etadi, chunki bu yerda, balandligi h bo‘lgan
ustunning va impulsli naycha 5 ning gidrostatik bosimi o‘zgardi, shu bilan bir vaqtda
Р
1
bosim o‘zgarmas bo‘lib qolishi lozim. Bu atrof muhit
harorati yoki idishdagi
muhit harorati o‘zgarganda sodir bo‘ladi.
Sathni difmanometrlar bilan o‘lchash usuli qator afzalliklarga ega: sath
o‘lchagichlar mustahkam, montaj qilish oddiy va ishonchli ishlaydi. Ammo ularda
bitta jiddiy kamchilik bor: difmanometrlarning sezgir elementi nazorat qilinuvchi
muhitga bevosita tegib turadi. Agressiv muhitlarning sathni o‘lchashda bu yo
difmanometrlar uchun maxsus materialdan foydalanishni
taqozo qiladi yoki
difmanometrga aktiv muhit kirib qolishdan, masalan, impuls naychalariga ajratish
qurilmalarini ulash, impulsli naychalarni toza suv bilan yuvish va hokazodan
saqlaydigan difmanometrlarni ulash sxemalarini qo‘llanishni taqozo qiladi.
Bu kamchilikdan gidrostatik sath o‘lchagichlardan bir turi — pezometrik sath
o‘lchagichlar mustasnodir.
2. Pezometrik sath o’lchagich.
Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 12.3-rasmda keltirilgan.
Bu asboblar zichligi o‘zgarmas suyuqlik ustunining bosimini o‘lchashga
mo‘ljallangan. Suyuqlik ustunining bosimi uning balandligiga mutanosib ravishda
o‘zgaradi. Pezometrik sath o‘lchagichlar turli xil: agressiv, agressiv bo‘lmagan va
qovushqoqligi katta bœlgan suyuqliklarni ochiq yoki berk idishlardagi suyuqliklar
sathini o‘lchashda qo‘llaniladi. Suyuqlik solingan idishga pezometrik naycha 1
tushiriladi va uning ustki tomoni manometr 4 bilan parallel qilib havo yoki inert gazi
manbaiga ulanadi. Unda havoning sarfi drossel 3 bilan cheklanib, rotametr 2
yordamida nazorat qilib turiladi.
Idishdagi suyuqlik sathining berilgan Н balandligida pezometrik naychadan
suyuqlik orqali chiqadigan havo pufakchalarining har
sekundda bittadan chiqishi
ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Suyuqlik sathi ortsa, naychadagi
bosim ortadi, undan chiqadigan pufakchalar
soni
kamayadi, suyuqlik sathi kamaysa,
naychadan chiqadigan pufakchalar soni
ortadi. Bosimning bunday o‘zgarishini
manometr 4 o‘lchaydi,
manometr shkalasi
suyuqlik sathiga muvofiq darajalangan
bo‘ladi.
Suyuqlik sath tizimda barqarorlangan
bosim bo‘yicha topiladi:
12.3-rasm Pyezometrik sath
Do'stlaringiz bilan baham: