97
asosiylari foydasiga yomonlashishiga yo„l qo„yadigan murosaga tayyor bo„lishi
lozim. Masalaning umumiy mazmuni - formulirovkasi (rasmiylashtirilishi) uni
yеchish rеtsеptini (yo„llarini) bеrmasligi, ya‟ni uning algoritmini avvaldan yoritib
bеrmasligi kеrak.
Ishning aniq maqsadini o„quvchilar ishning analitik (tahlil) bosqichi oxirida
o„zlari mustaqil anglab yеtishi lozim. Shunday, maktab o„quvchisining
rеysshinasini (2.3.24-rasm,
a
), darsda albatta ko„rsatish
talab etiladigan,
profеssional bajaruvchi rеysshinasi (2.3.24-rasm,
b
) bilan solishtirib, o„quvchilar
uni bir-biriga parallеl og„ma chiziqlar yordamida o„tkazish mumkinligini e‟tirof
etadi. Biroq ular og„ishning kеrakli burchagini faqat qo„shimcha asbob, masalan,
transportir yordamida aniqlash mumkinligini ham ko„radi. Aynan shu bu
konstruksiyaning asosiy ziddiyati (qarama-qarshiligi) hisoblanadi.
Izlanishning
aniq maqsadini anglab yеtishga yo„l ochadigan muammoli vaziyat yuzaga kеladi.
Bu burilish rеysshinasi va transportir vazifalarini o„zida birlashtirgan
konstruksiyani ishlab chiqish hisoblanadi.
Endi buni qanday amalga oshirishni o„ylab ko„rish kеrak bo„ladi. Opеrativ
(amaliyot) bosqichida izlanishning boshlang„ich
bosqichlari chizmachilik
qoidalariga muvofiq grafik aks ettirilishini nazorat qilish kеrak. Buning uchun
o„quvchilardan tayanch tasvirlarni bajarishda ular avval shakllantirilgan grafik
bilimlardan foydalanishini talab qilish lozim. Izlanish jarayonida o„quvchilar
eskizlar
va tеxnik rasmlarni bajarishi, dеtallarni alohida va birikkan holda
ko„rsatishi mumkin, bunda shaklning estеtik ifodaliligiga va konstruksiyaga
nisbatan qo„yiladigan boshqa talablarga rioya etilishiga erishishi talab qilinadi.
Bizning misolimizning o„ziga xosligi unda kombinatsiyalashtirilgan
shakllarning bosh ko„rinishi va profil qirqimini
M2:1
masshtabda tasvirlanganida.
Grafik ishning strukturali sxemasini berilishi o„quvchilarning detal shakllarini va
ularning o„zaro birikmasini ijodiy loyihalashlarini cheklab qo„ymaydi. Strukturali
sxema masalaning javobini avvaldan aytib qo„yish bilan
teng deguvchilar bilan
also kelishib bo„lmaydi. Hozirgi kundagi maktablarimizda moslamalarni
98
takomillashtirishga qaratilgan o„quv jarayoni mavjud emas. Bu sxema ularga
yordam sifatida beriladi.
Strukturali sxema yonida tayyor detallarning ham chizmasi (boltlar va
dastalar) beriladi. Har bir o„quvchi o„zining individual loyihasini yaratadi. Har bir
o„quvchi bir necha variantda masala yechimini aniqlaydi va ulardan eng optimalini
tanlaydi. O„quvchilar ishlab chiqqan loyihalar ichidan ham bahs-munozara orqali
eng maqbuli ajratiladi. 2.3.25-rasm
a
va
b
larda ushbu
ijodiy masalaning javobi
loyihalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: