12-dars sohaviy ma’lumot-axborot hujjatlari  reja



Download 206,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.07.2022
Hajmi206,49 Kb.
#765637
  1   2
Bog'liq
12-DARS



12-DARS 
Sohaviy ma’lumot-axborot hujjatlari 

REJA: 
 
 
1.Ma’lumot-axborot hujjatlarining turlari.
2.Ma’lumot-axborot hujjatlarini yuritish tartibi va qо‘llanish xususiyatlari. 
 
Tayanch sо‘zlar:
Ma’lumot-axborot hujjatlari, sohalarda qо‘llanishi, tarkibiy qism.
Bilib oling!
 
Ma’lumot-axborot hujjatlarining turlari 
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish 
jarayonida, ayniqsa, kо‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, 
dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi 
hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni о‘z ichiga oladi. 
Ma’lumot-axborot hujjatlarini yuritish tartibi va qо‘llanish xususiyatlari 
Ariza. 
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki 
shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza amaliyotda eng kо‘p qо‘llanadigan va 
keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab о‘quvchisi va talaba, menejer va fermer, muhandis va 
olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza 
yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yо‘llanayotgan muassasalar va idoralar g‘oyat xilma-
xildir. Arizalar ilmiy-tadqiqot muassasasi direktoriga, maktab direktoriga, oliy о‘quv yurti 
rektoriga, korxona direktoriga, tuman rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos 
yoki shikoyatini kо‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga 
yozilishi mumkin. 
Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza о‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u 
ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. 
Arizaning zaruriy qismlari: 
1. Ariza yо‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi. 
2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi. 
3. Hujjatning nomi (Ariza).
4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat). 
5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa). 
6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismi bosh harflari, familiyasi. 
7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy). 
Shuni eslatib о‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday 
takrorlanavermaydi. Masalan, xodim о‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza 
yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bо‘lmaydi. Bunday hollarda xodim о‘zi 
ishlaydigan bо‘lim va lavozimini kо‘rsatsa, kifoY. Shuningdek, kо‘pchilik arizalar uchun 
ilovalarning ham hojati bо‘lmaydi. 
Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli 
qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi maqsadning tezroq amalga oshishiga 
xizmat qiladi. 
Ariza, asosan, qо‘lda yoziladi va mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga 
kо‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha sо‘zdan iborat bо‘lishi, masalalar yuzasidan fikr-


mulohazalar bildirilgan xat tarzida bо‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va 
murakkab turlarga ajratiladi. murakkab ariza matni katta bо‘lishi bilan birga, unga ilovalar 
qilinishi mumkin. Aksar hollarda arizalar shaxsiy xususiyatga egadir. shuningdek, xizmat 
arizalari ham bо‘ladi.
Xizmat arizasi – fuqarolar yoki tashkilotlarningо‘z huquqlarini amalga oshirish yoki 
manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir. Da’vo arizalari ana shunday 
arizalardandir. iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettiruvchi 
arizalarga hamda da’vo arizalariga nisbatan kо‘p qо‘llanadi. 

Download 206,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish