12-dars sohaviy ma’lumot-axborot hujjatlari  reja



Download 206,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana09.07.2022
Hajmi206,49 Kb.
#765637
1   2
Bog'liq
12-DARS

Bayonnoma. 
Turli yig‘ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis 
qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi 
rasmiy hujjat. U voqelikning о‘rni, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda
qarorlarning tо‘g‘ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga 
imkon beradi. Doimiy ish kо‘ruvchi organlar (ilmiy kengash, hayat va boshqalar), shuningdek, 
vaqtinchalik ish kо‘ruvchi organlar (konferensiyalar, yig‘ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) 
faoliyatlarida, albatta, bayonnoma yozilishi kerak. Bayonnomani yozishni tashkil qilish 
kotibning asosiy vazifalaridan biridir. bayonnoma turli organlarning doimiy kotiblari tomonidan 
tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish kо‘ruvchi organlar majlislarida esa yig‘ilish 
jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi. Bayonnomada о‘z aksini topgan 
axborotlarning aniqligi uchun butun mas’uliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga 
yuklatiladi. 
Bayonnoma yozib olinishiga kо‘ra, qisqa, tо‘liq, stenografik, fonografik, konspektiv 
shakllarda bо‘lishi mumkin.
Qisqa bayonnomada faqatgina kun tartibi, ma’ruzachi va muzokarada qatnashuvchilar 
familiyasi va qabul qilingan qaror kо‘rsatiladi. Ularda ma’ruzalar mazmuni batafsil bayon 
qilinmaydi. Bunday bayonnomalar masalaning muhokama qilinishi haqida tо‘liq tasavvur bera 
olmaydi. Shu nuqtai nazardan yig‘ilishda sо‘zga chiqqan barcha qatnashchilarning bayon qilgan 
fikr va mulohazalarini qamrab olgan tо‘liq majlis bayonnomasi afzaldir. Majlis 
bayonnomasining tо‘liq shakli faqat yig‘ilish xususida emas, balki о‘sha jamoaning faoliyati 
tо‘g‘risida ham fikr yuritishga imkoniyat beradi. 
Yig‘ilish stenografiya usulida (stenografik) yoki magnitofon yordamida yozib 
olinayotgan (fonografik) bо‘lsa, qisqa bayonnoma tuzilib, stenogramma rais va kotib tomonidan 
imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova qilinadi. 
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari: 
Muassasa nomi. 
2. Sarlavha (bamaslahat ish kо‘ruvchi organ yoki yig‘ilishning nomi). 
3. Hujjatning nomi (bayonnoma). 
4. Yig‘ilish sanasi. 
5. Shartli raqami. 
6. Yig‘ilish joyi. 
7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bо‘lsa). 
8. Yig‘ilish raisi va kotibining familiyasi. 
9. Matn: 
a) qatnashuvchilar rо‘yxati yoki soni; 
b) kun tartibi; 
v) eshitildi; 
g) sо‘zga chiqdilar; 
d) qaror qilindi. 
10. Ilovalar (agar ular mavjud bо‘lsa). 
11. Imzolar. 
Bayonnomani tuzishda ularning huquqiy jihatdan tо‘laqonliligini ta’minlash kerak. 
Buning uchun bayonnomada barcha asosiy zaruriy qismlar mavjud bо‘lishi, ular tо‘g‘ri 
rasmiylashtirilishi lozim. 


Doimiy maslahat organi yig‘ilishining bayonnomasida yig‘ilishda ishtirok etuvchilar soni 
kо‘rsatilishi juda muhimdir, chunki bu huquqiy ahamiyatga ega. majlis qarorlarini qabul qilish 
va uning qonuniy bо‘lishi uchun ishtirokchilarning nizom bо‘yicha yetarli ekanligi (kvorum) 
asosiy shart hisoblanadi. 
Ma’muriy idoralarda bayonnoma umumiy yoki maxsus bosma ish qog‘ozlarida 
rasmiylashtiriladi. Bayonnoma bir necha sahifadan iborat bо‘lsa, faqat birinchi sahifa bosma ish 
qog‘ozida, qolgan betlari esa oddiy qog‘ozda yoziladi. 
Yig‘ilish о‘tkazilgan kun bayonnomaning sanasi hisoblanadi. Muntazam ish kо‘ruvchi 
organlar bayonnomasining tartib raqami kalendar yili bо‘yicha izchil davom etadi. 
Kun tartibidagi masalalarni bayon qilishda ma’ruzachining ismi, familiyasi, lavozimini 
alohida jumla bilan yozish maqsadga muvofiqdir. 
Ba’zan kun tartibining oxirgi qismida «turli masalalar» sarlavhasi bilan alohida qism 
beriladiki, bu maqsadga muvofiq emas, chunki kun tartibidagi har bir masala aniq va ravshan 
bо‘lishi lozim. 
Matnning asosiy qismi kun tartibi masalalariga muvofiq joylashadi. Har bir bо‘lim uch 
qismdan iborat bо‘ladi: eshitildi, sо‘zga chiqdilar, qaror qilindi. Bu sо‘zlar bosh (katta) harflar 
bilan yoziladi. Agar kun tartibida ikki yoki undan ortiq masala kо‘riladigan bо‘lsa, «Eshitildi» 
sо‘zidan oldin kun tartibidagi masalalarning raqami qо‘yiladi, sо‘zdan keyin esa ikki nuqta 
qо‘yilib, yangi satrdan ma’ruzachining ismi, familiyasi bosh kelishikda yoziladi. Familiyadan 
sо‘ng tire qо‘yilib, ma’ruza yoki xabarning qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Agar ma’ruza 
matni tayyor holda bо‘lsa, tiredan keyin «matn ilova qilinadi» deb yozib qо‘yiladi. 
«Sо‘zga chiqdilar» birikmasi ham aynan shu shaklda yoziladi. Zaruriyat bо‘lganda, qavs 
ichida har bir sо‘zlovchining ish joyi va lavozimi kо‘rsatiladi. masalan: sо‘zga chiqdilar: 
A.Rahimov (maktab direktori) – ... 
Majlisda berilgan savollar ham bayonnomada yoziladi. Ma’ruzachiga savollar va ularga 
beriladigan javoblar «sо‘zga chiqdilar» bо‘limiga kiritiladi va kо‘rsatilgan tartibda 
rasmiylashtiriladi («savol» va «javob» sо‘zlari о‘rnida sо‘rovchining ismi, otasining bosh 
harflari va familiyasi; javob beruvchining ismi, otaismining bosh harflari va familiyasi esa faqat 
savolga ma’ruzachining о‘zi javob bermagan hollardagina kо‘rsatiladi). 
Matnning uchinchi qismida muhokama etilgan masala bо‘yicha qaror qabul qilinadi. 
«Qaror qilindi» birikmasi ham bosh harflar bilan yoziladi. 
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan alohida-alohida «eshitildi», «sо‘zga chiqdilar», 
«qaror qilindi» sarlavhalari qо‘yiladi va sо‘zlovchilar nutqining qisqacha mazmuni, qabul 
qilingan qaror rasmiylashtiriladi. 

Download 206,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish