5. Ko`krak qafasining o`rtasida, ikkita pleura mediastinales pardasining orasida a’zolar bilan to`lib turgan sohaga ko`ks oralig`i mediastinum deyiladi. Ko`ks oralig`ining devorlari: oldingi - to`sh suyagi va qovurg`alar; pastki - diafragma; orqa sohasida - umurtqa pog`anasi; ikki yon sohada - pleura mediastinalis.
Ko`ks oralig`ining ikki qismga ajratish mumkin: oldingi mediastenum anterius va orqa mediastenum posterius qismlari. Bu bo`limlar orasidagi chegara o`pka ildizining orqa yuzasi bo`ylab o`tkazilgan frontal yuza bo`lib hisoblanadi (traxeya va bronxlarning orqa yuzasiga to`g`ri keladi).
Oldingi ko`ks oralig`ida quyidagi a’zolar joylashadi: yurak, perikard, ayrisimon bez, v. cava superior, aorta ascendeus, arcus aortae, o`pka venalari, traxeya, bronx, n. phrenici, bronx arteriyalari va venalari, limfatik tugunlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |