Mustaqil yechish uchun masalalar:
1000 ta o’ramdan iborat ramka 0,1 Tl induksiyali bir jinsli magnit maydonda 10 s-1 chastota bilan bir tekis aylanmoqda. Ramkaning yuzasi 150 sm2. Ramkaning 300 burchakka burilishiga mos keluvchi EYK ning oniy qiymatini aniqlang.
Solenoiddan ikki amper tok oqmoqda. Solenoidning ko’ndalang kesimiga singguvchi magnit oqimi 4 mkVb. Agar solenoid 800 o’ramga ega bo’lsa, uning induktivligini aniqlang.
Solenoidning chulg’ami 0,2 mm diametrli mis simlarning bir-biriga qattiq jipslashib turgan bir qatlamidan iborat. Solenoidning diametri 5 sm. Solenoiddan 1A tok o’tmoqda. Agar chulg’am uchlari qisqa tutashtirilsa, u orqali oqadigan zaryad miqdori aniqlansin.
0,01 Tl induksiya bir jinsli magnit maydonda induksiya chiziqlariga tik joylashgan to’g’ri sim turibdi. Simning uzunligi 8 sm. Undan 2A tok o’tmoqdayu Maydon kuchlari ta’sirida sim 5 sm masofaga siljigan. Maydon kuchlarining bajargan ishi ni toping.
20A tok oqayotgan xalqa 0,016 Tl induksiyali bir jinsli magnit maydonda erkin o’rnashdi. Xalqaning diametri 10 sm. Xalqani uning diametri bilan mos keluvchi o’qqa nisbatan 900 burchakka burish uchun bajarilishi lozim bo’lgan ishni toping. Shuningdek, 1800 burchakka burish uchun ham.
Uzunligi 10 sm bo’lgan to’g’ri sim induksiyasi 1 Tl bo’lgan bir jinsli magnit maydonga joylashtirilgan. Uning uchlari maydondan tashqarida turgan egiluvchan sim yordamida ulangan. Zanjirning to’liq qarshiligi 0,4 Om. Simni induksiya chiziqlariga tik ravishda 20 m/s tezlik bilan =arakatlantirish uchun qanday quvvat zarur bo’ladi?
0,35 Tl induksiyali bir jinsli magnit maydonda ramka 480 min-1 chastota bilan tekis aylanmoqda. Ramkaning o’ramlar soni 500, yuzasi 50 sm2. Aylanish o’qi ramka tekisligida yotibdi va induksiya chiziqlariga tik yo’nalgan. Ramkada hosil bo’ladigan EYK ning amplituda qiymatini aniqlang.
1 kA tokli uzun to’g’ri o’tkazgichdan 1m masofada 1 sm radiusli xalqa turibdi. Xalqa shunday joylashtirilganki, unga singgadigan oqim maksimal. O’tkazgichdagi tok uzilganda xalqadan oqib o’tadigan elektr miqdori aniqlansin. Xalqaning qarshiligi 10 Om.
Reostat yordamida g’altakdagi tok kuchi 1 s da 0,1 A dan bir tekis orttirilmoqda. g’altakning induktivligi 0,01 Gn. O’zinduksiya EYK ning o’rtacha qiymatini toping.
Uzunligi 50 sm kesimining yuzasi 4 sm2 bo’lgan karton karkasga diametri 0,2 mm bo’lgan sim o’ramlari bir biriga qattiq jipslashtirib (ajratgichning izolyatsiya qalinligi hisobga olinmasin) bir qatlam qilib o’ralgan. Hosil bo’lgan solenoidning induktivligini toping.
4 mHn induktivlikli solenoidda 600 ta o’ram bor. Agar chulg’amdan o’tayotgan tok kuchi 12 A bo’lsa, magnit oqimini toping.
Noma’lum karkasga o’ralgan uzun to’g’ri solenoid 100 ta o’ram va 3 mHn induktivlikka ega. 1A tok kuchida solenoid qanday magnit oqimi va qanday oqim ilashuvi hosil qiladi?
Ikkita g’altak bir-biridan uncha katta bo’lmagan masofada joylashgan. Birinchi g’altakdagi tok kuchi 5 A/s tezlik bilan o’zgarganda ikkinchi g’altakda 0,1 V induksiya EYK vujudga keladi. g’altaklarning o’zaro induksiya koeffitsiyentini aniqlang.
Nomagnit o’zakli toroid chulg’amida 251 ta o’ram bor. Toroidning o’rtacha diametri 8 sm, o’ramning diametri 2 sm. toroidga 100 ta o’rami bor ikkilamchi chulg’am o’ralgan. Birlamchi chulg’am tutashtirilganda unda 1ms vaqt davomida 3A tok kuchi qaror topadi. Ikkilamchi chulg’amda vujudga keladigan induksiya EYK ning o’rtacha qiymati topilsin.
13- §. Issiqlik nurlanishi. Absolyut qora jismning nurlanish qonunlari
13.1. Issiqlik nurlanishi va Kirxgof qonuni;
13.2. Muvozanatli issiqlik nurlanishining spektral zichligi. Muvozanatli issiqlik nurlanishi termodinamikasi;
13.3. Absolyut qora jismning nurlanish qonunlari;
13.4. Plank gipotezasi. Plank formulasi;
13.5. Issiqlik nurlanish qonunlarining ishlatilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |