Nazorat savollari
1. Issiqlik nurlanishi nima?
2. Jismlarning nurlanish qobiliyati.
3. Jismlarning yutish qobiliyati.
4. Kirxgof qonuni.
5. Absolyut qora jism nima?
6. «Ul’trabinafsha halokat» nima?
7. Reley-Jins formulasi.
8. Plank formulasi.
9. Stefan-Bol’sman qonuni.
10. Vinning siljishi qonuni.
11. Radiatsion pirometrlar.
12. Ravshanlik pirometrlari.
13. Yorug’lik lampalari.
Mustaqil yechish uchun masalalar:
Qora jismning boshlang’ich temperaturasi 500K. Qizdirilgandan keyin nurlanish 4 marta ortsa, jismning so’nggi temperaturasini toping.
Eritish pechining ko’rish tuynugidan sochilayotgan energiya oqimi 34 Vt. Agar tuynukning yuzasi 6 sm2 bo’lsa, pechning haroratini aniqlang.
Sirius yulduzining yuqori qatlamlaridagi temperatura 10000 K. SHu yulduzning 1 km2 yuzali sirtidan sochilayotgan energiya oqimini hisoblang.
600 K temperaturada ko’mirning issiqlik nurlanish koeffitsiyentini 0,8 deb qabul qilib: 1) ko’mirning energetik yorituvchanligi; 2) 10 min vaqt davomida ko’mirning 5 sm2 yuzali sirtida sochiladigan energiyani aniqlang.
Shartli ravishda yerni 280K temperaturada nur sochayotgan kulrang jism sifatida qabul qilish mumkin. Agar yer sirtining energetik yorituvchanligi 325 kJ/m2∙soat bo’lsa, yerning issiqlik nurlanish energiyasini hisoblang.
Energetik yorqinlik spektral zichligining maksimumi ko’rish spektrining a) qizil chegerasiga (750 nm); b) binafsha chegarasiga(380 nm) to’g’ri kelganda, qora jismning temperaturasi qanday bo’ladi?
Qora jismning termodinamik temperaturasi 2 marta ortganda energetik yorituvchanlik spektral zichligining maksimumiga mos keluvchi to’lqin uzunligi 400nm ga kamaydi. Boshlang’ich va oxirgi temperaturalarni aniqlang.
Yorug’lik kuchi birligi – Kandelaning etaloni – sirtining yuzasi 0,5305 mm2 bo’lgan va 10630C ga teng platinaning qotish temperaturasiga ega, to’la nur sochuvchidan iborat (barcha uzunlikdagi to’lqinlarni sochadi). Nur sochuvchining quvvatini aniqlang.
Qora jism energetik yorituvchanligi spektral zichligining maksimumi 4,16∙1011 (Vt/m2)/m. U qanday to’lqin uzunligiga to’g’ri keladi.
Qora jismning temperaturasi 2000K, quyidagilarni aniqlang: 600 nm to’lqin uzunligi uchun energetik yorqilikning spektral zichligini; 590 nm dan 610 nm gacha to’lqin uzunliklar oralig’idagi energetik yorituvchanlikni. Bu oraliqda jism energetik yorituvchanligi o’rtacha spektral zichliginig qiymati 600 nm to’lqin uzunligi uchun topilgan qiymatga teng deb qabul qilinsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |