Quyonchilikning ahamiyati. Quyonchilik aholi orasida keng tarqalgan bo‘lib, insonlar uchun go‘sht va qimmatli mo‘yna beradi. Quyon go‘shti tez hazm bo‘ladi va o‘zining sifatini yangiligida; sur va konserva xolida ham saqlaydi. Quyon go‘shti yumshoqligi va mazaligi bo‘yicha parranda go‘shtidan qolishmaydi, hazm bo‘lshi jihatidan esa mol va cho‘chqa go‘shtidan ustun turadi. Shuning uchun qon bosimi, jigar va oshqozon kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga parxez taom sifatida tavsiya qilinadi. Quyon go‘shti mahsuloti berishi bilan birga, ular yengil sanoatni mo‘yna bilan ham ta’minlaydi. Quyonchilikning yana bir muhim ahamiyati shundaki, ular uchun ko‘p mablag‘ sarflanadigan qurilishlar talab qilinmaydi.
Quyon zotlari. Quyonning bir qancha zotlari bor, shular ichida Sovet shinshillasi, kul rang yiriq oq rangli yirik kul rang va boshqa zotlar ko‘p tarqalgan. Sovet shinshilla zot quyon iqlimga tez moslashadigan bo‘lib, vazni 3-6 kg keladi (28-Rasm/). Bo‘yi va qulog‘i kichikroq qulog‘i tik turadi, ko‘kragi keng, usti kumushsimon kul rang yung bilan qoplangan. Qorin, bo‘yin, dumining pastki qismi va oyog‘ining ichki tomoni oq rangda. Kul rang yirik zot quyonning vazni 4,5-5,5 kg atrofida bo‘lib boshi va qulog‘i katta, qulog‘i ikki tomonga ajralib turuvchi rim raqamiga (V) o‘xshaydi.Bu zotning rangi har xil, asosan kul rangda, och va to‘q kul rangli vakillari ham bor. Qorin qismi, oyoqlarining ichki tomoni oq bo‘ladi. Oq velikan zot quyonning og‘irligi o‘rtacha 4,3-6 kg deyiladi. Mo‘ynasi zich va mayin, ko‘zlari qizg‘ish yoki pushti rangda bo‘ladi. Rangi oq bo‘lganligi uchun ularni turli rangga bo‘yash mumkin. Kumush rang quyon zotining og‘irligi o‘rtacha 4,6 kg, ayrimlari 6,5 kg keladi. Yungining umumiy ko‘rinishi kumush rangda, havo ranggacha, o‘siq junlari qora, tiviti havo rang. Bolalari tug‘ilganda qora bo‘ladi, bir oydan so‘ng o‘zgara boshlaydi va 4-5 oyligida kumush rangga kiradi.
Quyonning xususiyatlari. Quyonlar o‘zining foydali xususiyatlari bilan boshqa chorva mollaridan farq qiluvchi muhim xo‘jalik ahamiyatiga ega. Quyonlar tez va ko‘p bola beradi, yilning hamma fasllarida bolalashi mumkin. Shuningdek ular tez o‘sadi va iqlimga tez moslashadi.
Quyon 30-32 kunda bolalaydi bitta ona quyon boqish sharoitiga qarab har gal 6-12 ta gacha, ba’zan 16-19 ta gacha bola tug‘adi. Quyon bolalari tug‘ilgan paytda terisi yungsiz va ko‘zi yumuq bo‘ladi. 5-7 kunligida yung hosil bo‘ladi, 10-14 kunligida ko‘zi ochiladi, 17-20 kunligida yuradi va o‘zi mustaqil ovqatlanadi. Quyon bolalari tez o‘sadi. U to‘rt oyda ona quyon kattaligiga yetib olishi mumkin. Quyonlar yaxshi parvarish qilinsa, yiliga 4-6 marta bolalaydi va 35-40 tagacha bola beradi. Quyonlar odatda kechasi tug‘adi, emizadi va ularni yungiga ko‘mib qo‘yadi. Quyonlar tug‘ishi bilan bolalarini ko‘zdan kechirib, nobud bo‘lganlari ajratiladi va tiriklarini bir joyga to‘plab yungi bilan o‘rab qo‘yiladi. Quyonlar tug‘ish davrida va tuqqandan so‘ng suvga juda tashna bo‘ladi va ularda mineral moddalar yetishmay koladi. Natijada o‘zi tukkan bolalarini yeb qo‘yish hollari kuzatiladi. Shuning uchun kuyonlar inida doimo suv bo‘lishi va ular sifatli ozik bilan to‘lik ta’minlanishi lozim.
Nazorat savollari:
1.Quyonchilikning qanday ahamiyati bor?
2.Quyonlarni qanday zotlari bor?
3.Quyonchilik fermalari faoliyati qanday?
4.Quyonning qanday xususiyatlari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |