1991-yil 19—21-avgustda Moskvada G


-§. XXI ASR — YANGI SIVILIZATSIYA DAVRI



Download 0,54 Mb.
bet28/42
Sana11.01.2017
Hajmi0,54 Mb.
#109
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
42-§. XXI ASR — YANGI SIVILIZATSIYA DAVRI

YUNESKO Ijroiya Kengashining 155-sessiyasi 1998-yil 19-oktabr kuni Parijda ochilgan edi. Uning asosiy mavzusi «Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 50 yilligi, eslamoq burchi va hushyorlik zaruriyati — qullikdan inson qadr-qimmatining tiklanishi sari», deb belgilangan edi. Sessiyada YUNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan qabul qilingan YUNESKO faoliyat dasturlarining bajarilishiga oid hisobot ma’ruzasi va turli tashkiliy masalalardan tashqari, dunyoviy madaniyat ravnaqiga bag‘ishlangan uchta hujjat qabul qilinishi mo‘ljallangan edi. Birinchi hujjat BMT uchun mo‘ljallangan dunyoviy madaniyat haqidagi jamlanma ma’ruza, ikkinchisi — «Dunyoviy madaniyat yo‘lida» deb nomlangan sohalararo loyihaning baholanishi haqida edi va ular Parijdagi yig‘ilishda qabul qilindi. Uchinchi hujjat esa O‘zbekiston tomonidan taklif qilingan «Dunyoviy madaniyat va YUNESKOning a’zo mamlakatlaridagi faoliyati» deb nomlangan qaror loyihasi bo‘ldi. O‘zbekiston hukumatining taklifiga binoan Ijroiya Kengash qarorlari ro‘yxatiga kiritilgan bu hujjat loyihasi 155-sessiyaning Toshkentda o‘tadigan yakuniy yig‘ilishida qabul qilinishi mo‘ljallangan edi.


1998-yil 6-noyabr kuni Toshkentdagi «Interkontinental» mehmonxonasining Amir Temur zalida YUNESKO Ijroiya Kengashi 155-sessiyasining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

YUNESKOning o‘sha paytdagi Bosh direktori Federiko Mayor sessiyaning yakuniy yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifini bildirgani uchun Prezident Islom Karimovga anjuman qatnashchilari va tashkilot nomidan minnatdorchilik izhor qildi. «Men, — deb ta’kidladi o‘z so‘zida F.Mayor, — O‘zbekiston xalqi boshidan kechirayotgan bugungi murakkab o‘tish davrida fan va madaniyat, ma’naviyat ravnaqiga qo‘shayotgan ulkan xizmatlaringiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiraman. Chunki Siz ma’naviyatni tiklashdagina emas, uni yosh avlodga singdirishda ham katta xizmat qilmoqdasiz».

YUNESKO Bosh direktori tashkilotning Abu Ali ibn Sino nomidagi oltin medaliga sazovor bo‘lgani bilan Islom Karimovni qutladi va oltin medalni O‘zbekiston Prezidentiga topshirdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston NATOning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturining faol ishtirokchisi sanaladi. Dastur asosidagi o‘zaro muloqot esa harbiy-o‘quv mashqlari doirasida kengayapti

Bugungi kunda dunyodagi 26 ta mamlakat (1994-yil martda kirgan Sharqiy Yevropa davlatlarini ham hisobga olganda) NATOning to‘laqonli a’zosi sanaladi, qirqqa yaqin davlat ushbu alyans bilan hamkorlik qiladi. Mazkur Shimoliy alyans bilan, NATOga a’zo hamda unga sherik davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston uchun juda muhim.

1999-yil apreldagi Yevroatlantika Hamkorlik Kengashining yalpi majlisida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov so‘zga chiqib, O‘rta Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun zarur omillarga alohida to‘xtalib o‘tgan edi.

1999-yil 26-aprel kuni O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida O‘zbekiston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina va Moldova Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova davlat rahbarlarining 1997-yil Strasburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida tuzilgan ushbu birlikning dastlabki kelishuvi G‘arbga qurol-yarog‘ tarqalishining oldini olish bo‘yicha bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi kunga kelib uning vazifalari sezilarli darajada kengaydi. Mazkur birlik doirasida hamkorlik qilish bizga, ayniqsa, kommunikatsiyani rivojlantirish uchun muhim. Bilamizki, transport kommunikatsiyasi masalasi dengiz portlaridan uzoqda joylashgan O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega. Shu boisdan O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘li, TRASEKA doirasidagi ishlarda faol ishtirok etayapti

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti — EKOni 1977-yilda Pokiston va Turkiya davlatlari birgalikda tashkil etgan edi. 1992-yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Afg‘onistonning qo‘shilishi bilan mazkur tashkilotning hududiy qamrovi kengaydi, unga a’zo bo‘lgan davlatlarning iqtisodiy, madaniy sohalarda hamkorlik qilishi uchun qulay imkoniyatlar yaratildi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, Prezident Islom Karimov doimo EKO iqtisodiy tashkilot ekanligi, binobarin, uning faoliyatini siyosiylashtirish va mafkuralashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qatiyat bilan ta’kidlab keladi.


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 10—11-may kunlari EKOga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining beshinchi uchrashuvida qatnashish uchun Almati shahriga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Sammit qatnashchilari — O‘zbekiston, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston davlat va hukumat boshliqlarining, shuningdek, EKO Bosh kotibi hamda bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarining nutq va ma’ruzalari tinglandi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida O‘zbekistonning EKO faoliyatida qatnashishidan ko‘zda tutilgan maqsadlar haqida ham to‘xtaldi. Birinchidan, bu tashkilot ishida ishtirok etish bizga qo‘shni davlat bilan o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun zarur. Bu o‘z navbatida mamlakatimizning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ikkinchi maqsad esa, mintaqadagi gumanitar muammolarni birgalikda hal etish, tarixiy zamini bir bo‘lgan xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashdan iboratdir. Uchinchidan, eng muhim vazifa — bu mavjud tabiiy salohiyatimizni dunyoga olib chiqish uchun kommunikatsiya tarmoqlarini vujudga keltirishdan iboratdir. Chunki bu muammoni hal etmay turib, 300 million aholi yashaydigan ulkan hududda iqtisodiy taraqqiyotga erishish qiyin.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 14—17-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan Isroilda bo‘ldi.

Muzokaralar yakunida ushbu maqsadga xizmat qiluvchi muhim hujjatlar imzolandi. Jumladan, Prezident Islom Karimov hamda Bosh vazir Benyamin Netanyaxu mamlakatlarimiz hukumatlari o‘rtasida ikki tomonlama soliq solmaslik, daromad va kapitalga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish, shuningdek, o‘zaro savdo va iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimlarga imzo chekdi. Qolaversa, ikki davlat o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilishda hamkorlik, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilish, o‘zaro texnik hamkorlik, soliq hamda soliqni saqlash sohalarida hamkorlik qilish, O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan Isroilning tashqi savdo sug‘urta korporatsiyasi «IFTRIK» o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda O‘zbekistonning qiziqishlari nimalarda ko‘rinadi? Bilamizki, Isroil qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan mamlakat. Suv tanqis, boshdan yoki tog‘u tosh va daladan iborat zaminda paxtachilik, urug‘chilik, chorvachilik, dehqonchilik bo‘yicha qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar kishini mulohazaga chorlaydi. Mamlakatda 5,6 million aholi istiqomat qiladi. Uning mehnatga yaroqli qismi esa 40—42 foizni tashkil etib, shundan atigi uch foizigina qishloq xo‘jaligi bilan band. Ana shu uch foiz odam butun mamlakatni qishloq xo‘jalik mahsuloti bilan ta’minlabgina qolmasdan o‘z mahsulotini chetga eksport ham qiladi. O‘z-o‘zidan ayonki, hammasining siri texnologiyada, mavjud imkoniyatdan oqilona foydalana bilishda.

Tashrif chog‘ida Islom Karimov Isroildagi «Zeraim Gedera» nomli ilmiy ishlab chiqarish va yangi navlar yaratish majmui bilan tanishdi. Mutaxassislarning fikricha, «Zeraim Gedera» paxta navlari bilan hosildorlikda katta ko‘rsatkichlarga erishish mumkin. Tajriba uchastkasidagi g‘o‘zapoya naqd odam bo‘yi keladi. Bitta tupda 19—20 tagacha ko‘sak bor. Har bir ko‘sakdagi paxtaning og‘irligi 8 grammgacha tosh bosadi. Vaholanki, bizda bitta ko‘sakdagi paxtaning og‘irligi ikki barobar kam — 4 grammni tashkil etadi. Tomchilab sug‘orish borasida ham «Zeraim Gedera» texnologiyasi bizga qo‘l kelishi mumkin. Masalan, bu yerda bir gektar dalani sug‘orish uchun 3—5 ming metr kub suv sarflanadi. Bizda esa shuncha maydonga 11 ming kub metr suv ketadi. Isroilning yutuqlari e’tiborga molik. Bu yerda gektaridan 70 sentnergacha hosil ko‘tarilsa, bizda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 26—27 sentnerni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichlarni taqqoslayotganimizning boisi bor. Yerimiz Isroil yerlaridan unumdorroq, baquvvatroq. Demak, biz ulardan ham ko‘proq hosil olishimiz mumkin. Xalqimizning aqliy salohiyati, iqtidori va qobiliyati ham o‘zgalardan ortiq bo‘lsa ortiq, lekin zinhor kam emas. Dunyoda yerni o‘zbek dehqonichalik sevadigan, ardoqlaydigan odamni topish ham amri mahol. Faqat qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyani kiritish zarur. Shu ma’noda, Isroildagi bu kabi firmalar bilan hamkorlik biz uchun ayni muddao. Bu bitta paxtachilik misolida ko‘rganimiz, holbuki, Isroilda chorvachilik, parrandachilik kabi sohalarda ham shunday imkoniyatlar mavjud.

Mamlakatimiz rahbari shu yerning o‘zidayoq O‘zbekiston «Zeraim Gedera» bilan ikkita loyiha bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi: biri — paxtachilik texnologiyasining to‘la majmui, ikkinchisi — turli sharoitda chigitni sinab ko‘rish bilan bog‘liq.

O‘zbekiston Isroil bilan samolyotsozlik sohasida ham ikki tomonlama manfaatli hamkorlik qilishi mumkin. O‘zbekiston jahonning yirik samolyotsozlik kompaniyalari bo‘lmish «Boing», «Yevropa Eyrbas Indastriz» bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan. O‘z navbatida Isroil samolyotsozlik zavodi — «Isroil eyrkraft indastriz LTD» korporatsiyasi ham jahonda o‘z nufuziga ega. Unda fuqaro aviatsiyasi uchun hamda harbiy sohalar bo‘yicha samolyotlar, ularning ehtiyoj qismlari ishlab chiqariladi. Qolaversa, zavodning elektronika sohasidagi faoliyati ham e’tiborga molik. Uning 1998-yilgi savdosi 2 milliard AQSH dollari miqdorida baholanayotir. Umuman, O‘zbekiston—Isroil hamkorligi ikki davlat uchun ham samarali natijalar berib kelmoqda.


I l o v a l a r


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish