11 sinf «O’zbekiston tarixi»



Download 0.65 Mb.
bet12/12
Sana11.01.2017
Hajmi0.65 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

10 - i l o v a
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan
XVII bob. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
70-modda. Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarikbiga kiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi.

71-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z konstitutsiyasiga ega.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas.

72-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir.

73-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi.

74-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega.

75-modda. O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi.

O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi.

11 - i l o v a
«SIYoSIY PARTIYaLAR TO‘G‘RISIDA»GI QONUNDAN
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi siyosiy partiya fraksiyasi qonunda ko‘zda tutilgan quyidagi huquqlardan foydalanadi:

— sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish;

— sessiya kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so‘z berilishi;

— tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisiga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, vazirlarga, davlat organlarining boshqa rahbarlariga so‘rovlar bilan murojaat etish;

— Oliy Majlis rahbarligiga qo‘mita va komissiyalar raisligiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish;

— sessiyada muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish;

— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
12 - i l o v a
«OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TO‘G‘RISIDA»GI QONUNDAN
1-modda. Ommaviy axborot vositalari.

Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byullitenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek doimiy nomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.

Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin.

2-modda. Ommaviy axborot vositalari erkinligi.

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi.

Ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, olish va tarqatish huquqidan foydalanadilar hamda o‘zlari e’lon qilayotgan axborotning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

3-modda. So‘z erkinligi.

Har kim ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir.

4-modda. Senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi.

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q.

6-modda. Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda suiiste’mollarga yo‘l qo‘yilmasligi.

Ommaviy axborot vositalaridan O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish, urush va zo‘ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan o‘zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi.

Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz dastlabki tergov materiallarini e’lon qilish, muayyan ish bo‘yicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning hal qiluv qarori yoxud hukmi qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qilish yoki sudga o‘zgacha yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish, nomini ko‘rsatmaslik sharti bilan ma’lumot bergan shaxsning nomini oshkor qilish (sud oshkor etishni talab qiladigan hollar bundan mustasno) taqiqlanadi.

10-modda. Axborot manbaini oshkor etmaslik.

Ommaviy axborot vositasi xabar, ma’lumot, fakt yoki dalillar taqdim etgan manbaning yoki taxallusining qo‘ygan muallifning nomini ularning yozma roziligisiz oshkor etishga haqli emas.

Ommaviy axborot vositasi axborot manbaining yoki taxallusining qo‘ygan muallifning iltimosiga binoan sudda uning nomidan ishtirok etishi mumkin.

13 - i l o v a
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan
XII bob. JAMIYATNING IQTISODIY NEGIZLARI
53-modda. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.

54-modda. Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.

55-modda. Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.


14 - i l o v a
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING «Ta’LIM TO‘G‘RISIDA»GI QONUNIDAN
10-modda. Ta’lim turlari.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:

maktabgacha ta’lim;

umumiy o‘rta ta’lim;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

oliy ta’lim;

oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

maktabdan tashqari ta’lim.

11-modda. Maktabgacha ta’lim.

Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.

12-modda. Umumiy o‘rta ta’lim.

Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha:

boshlang‘ich ta’lim (1—4-sinflar);

umumiy o‘rta ta’lim (1—9-sinflar).

Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi.

Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.

Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.

13-modda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.

Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.

Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir.

14-modda. Oliy ta’lim.

Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.

Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.

Bagalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.

Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.



15 - i l o v a
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan
IV bob. TASHQI SIYOSAT
17-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

Respublika davlatining, xalqning oliy manfaatlari farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.



16 - i l o v a
Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi Davlat

boshliqlarining

BAYONOTI
Davlat boshliqlari N.A.Nazarboyev, A.A.Akayev, R.N.Nabiyev, S.A.Niyozov, I.A.Karimov 1990-yilgi Olmaota uchrashuvida va 1991-yilgi Toshkent uchrashuvida erishilgan ahdnomalarga muvofiq Ashxabodda navbatdagi maslahat uchrashuviga to‘plandilar, bu yerda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini tuzish to‘g‘risida Minskda bitim imzolangandan keyin yuz bergan vaziyatni muhokama qildilar. Har tomonlama fikrlashib olish va siyosiy vaziyatni tahlil etish natijasida uchrashuv qatnashchilari quyidagi fikrga keldilar:

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboyev

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti A.A.Akayev

Tojikiston Respublikasi Prezidenti R.N.Nabiyev

Turkmaniston Prezidenti S.A.Niyozov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov


Ashxabod shahri

1991-yil 13-dekabr



17 - i l o v a
MDH DAVLATLARINING 1991-YIL 21-DEKABRDA ALMATIDA BO‘LIB O‘TGAN KENGAShI DEKLARATsIYaSIDAN
— Hamdo‘stlik qatnashchilarining o‘zaro aloqalari ular o‘rtasidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tadbirlar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi;

— MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas;

— xalqaro strategik barqarorlikni va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning birlashgan qo‘mondonligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi;

— MDH ochiqdir, uning barcha a’zolar roziligi bilan sobiq SSSRning a’zolari va boshqa davlatlar ham unga qo‘shilishi mumkin;

umumiy iqtisodiy makonni, umumyevropa va Yevropa—Osiyo bozorlarini vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi;

— MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to‘xtatiladi;

— Hamdo‘stlik qatnashchilari o‘z Konstitutsiyalaridagi tartib qoidalarga binoan sobiq SSSRning shartnomalari va bitmlaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarning bajarilishiga kafolat beradilar;

— MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalariga og‘ishmay rioya etish majburiyatini oladilar.


18 - i l o v a
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining Qarori
ROSSIYA FEDERATSIYASI DAVLAT DUMASINING 1996-YIL

15-MARTDAGI QARORI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi qaror qiladi:

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining 1996-yil 15-martda qabul qilgan sobiq SSSRni qayta tiklashga qaratilgan qarori muhokamaga loyiq emas, deb hisoblansin.

Oliy Majlis Kengashi yana bir bor ta’kidlaydiki, O‘zbekiston tanlab olgan yo‘l 1991-yil 29-dekabrda o‘tkazilgan referendumdagi xalqning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi asosida qabul qilingan yo‘l bo‘lib, bu referendumda saylovchilarning 98,2 foizi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?» degan matnni yoqlab, ovoz berdilar.

Ayni paytda shuni bayon qilamizki, 1991-yil 17-mart kuni sobiq SSSR hududida o‘tkazilgan referendumda O‘zbekiston Respublikasida xalq ikkinchi byulleten bo‘yicha ham ovoz berdi. Bu byulletendagi matn Ittifoq referendumiga qo‘yilgan masalaning mazmunini amalda yo‘qqa chiqaradi. Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi esa 1996-yil 15-martdagi qarorini ayni ana shu referendum natijalariga asoslashga urinadi. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi SSSR rasman barbod bo‘lishidan ancha oldin, 1991-yil 31-avgustda e’lon qilingan edi.


O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi E.Xalilov


Toshkent shahri

1996-yil 15-mart

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa