11-sinf Ma’naviyat asoslari aa 1-dars: Inson — kishilik jamiyatining ijodkori



Download 1,06 Mb.
bet18/114
Sana31.12.2021
Hajmi1,06 Mb.
#261831
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114
Bog'liq
11-sinf Ma'naviyat asoslari

II. O’tilgan mavzuni takrorlash:

Guruhlarda ishlash”

O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.

III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1. Ma’naviy barkamollik deganda nimani tushunasiz?

2. Insonning huquqiy, axloqiy, ilmiy, badiiy salohiyati nima bilan o‘lchanadi?

3. Quyidagi rasmlarda tasvirlangan yoshlarni ma’naviy barkamol inson deb atay olamizmi?

Fikringizni asoslang.

Yosh avlodni jismoniy baquvvat, ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda ma’naviyatning ta’siri benihoya kattadir. Zero, barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarimizning o‘zligini anglashga, davlat va jamiyat, xalq va oila uchun munosib farzand bo‘lishlarida ma’naviyat beqiyos kuch sifatida o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Ma’naviy ta’sir deganda aynan ma’naviyatga xos bo‘lgan sifatlarning insonga bevosita ta’siri tushuniladi. U o‘z ichiga axloq-odob, huquq, nafosat, mehr-muhabbat, muomala madaniyati, mas’uliyat, daxldorlik, olijanoblik kabi fazilatlarni qamrab oladi.

Ma’naviy ta’sir tushunchasini ikki xil ifoda etish mumkin: birinchidan, har qanday insonning kamoloti ma’naviy ta’sirning mahsulidir; ikkinchidan, insonning o‘zi ham boshqalar uchun ma’naviy ta’sir manbaidir. Chunki har bir inson ajdodlaridan qolgan ma’naviy- moddiy meros, ezgu fazilatlardan ta’sirlangan holda o‘zida pok niyat, sof intilishlarni mujassam etib boradi.

Ma’naviy ta’sirning ma’lum bir xalq doirasidagi ko‘rinishiga biror-bir alloma yoki mutafakkir izidan brogan shu xalqning keyingi avlodi hayoti va ijodini solishtirib ko‘rganda, buni sezish qiyin bo‘lmaydi. Misol uchun, mutafakkir Alisher Navoiyning o‘lmas merosi, durdona asarlarining ahamiyati undan keyin yashab-faoliyat ko‘rsatgan Ogahiy, Munis, Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi o‘nlab shoirlar ijodida namoyon bo‘lgan. Yangi asrga kelib Cho‘lpon, Avloniy, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Oybek, Maqsud Shayxzoda kabi ijodkorlar ham bu an’analarni davom ettirganlar va rivojlantirganlar. Umuman olganda, ma’naviy ta’sir — bu ota-onaning farzandga ibratidir.

Ma’naviyati mustahkam bo‘lgan xalqqa ega yurtning kelajagi ham barqaror bo‘ladi. Ma’naviyati mustahkam millat, fuqaro o‘z yo‘lidan adashmaydi. U jamiyat hayotini rivojlantirishga nafaqat nazariy qarashlari bilan, balki amaliy faoliyati bilan ham hissasini qo‘shadi. Vatanni sevish, vatanparvarlik inson ma’naviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish