Savollar
Javoblar
Antropogen omillar deb nimaga
aytiladi?
Antropogen omillar deyilganda insonning atrof-muhitga, ya’ni tirik
organizmlar, biogeotsenozlar, biosferaga har qanday (bevosita va
bilvosita) ta’siri tushuniladi.
Antropogen omillar ta’sirida nimalar
o‘zgaradi?
1) iqlim; 2) atmosfera; 3) tuproq strukturasi; 4) suv havzalarining fizik
holati va kimyoviy tarkibi o‘zgaradi.
Antropogen omillarning qanday
turlari mavjud?
1) kimyoviy omillar; 2) fizik omillar; 3) biologik omillar; 4) ijtimoiy
omillar
Kimyoviy antropogen omillarga
nimalar kiradi?
1. Ekin maydonlariga ishlov berish maqsadida mineral o‘g‘itlardan
foydalanish, hosildorlikni oshirish; 2. Zararkunanda hasharotlarga
qarshi zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash; 3. Yerning geologik
qobiqlari – atmosfera, gidrosfera, litosferaning transport va sanoat
chiqindilari bilan ifloslanishi.
Fizik antropogen omillarga nimalar
kiradi?
1. Yadro energiyasidan foydalanish; 2. Inson faoliyati tufayli, masalan,
transport vositalarining ortib borishi oqibatida shovqin kuchining
ortishi kabilar misol bo‘ladi
Biologik antropogen omillarga
nimalar kiradi?
1. Oziq-ovqat mahsulotlari; 2. Odam organizmi yashash muhiti va oziq
manbayi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bakteriyalar, parazit hayvonlar
kiradi.
Ijtimoiy antropogen omillarga
nimalar kiradi?
Odamlar jamoasi hamda ularning o‘zaro munosabatlari bilan
belgilanadi.
Insonning tabiatga ta’siri qanday
bo‘lishi mumkin?
Bevosita va bilvosita (bu ta’sirlar ijobiy yoki salbiy bo’ladi)
Insonning tabiatga bevosita ta’siriga
misollar ayting.
To‘g‘ridan to‘g‘ri tirik organizmlarga qaratilgan bo‘ladi. Masalan,
ko‘mir qazib olganda, yog‘och kesganda inson ko‘mir yoki o‘rmonga
nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Insonning tabiatga bilvosita ta’siri
qanday bo’ladi?
Iqlim, landshaftlar, atmosfera va suv havzalarining fizik va kimyoviy
ko‘rsatkichlari, tuproq, o‘simliklar va hayvonot dunyosini o‘zgartirish
orqali amalga oshiriladi. Bilvosita ta’sirda inson tabiatning muayyan
obyektiga emas, balki boshqa obyektlarga ta’sir qiladi.
Populatsiya deb nimaga nisbatan
aytiladi?
Populatsiya kelib chiqishi umumiy bo‘lgan, o‘zaro erkin chatishib,
nasl- dor avlod beradigan arealning ma’lum qismida uzoq muddat
mavjud bo‘lgan, shu turning boshqa populatsiyalaridan nisbatan
alohidalashgan individlarning yig‘indisidir. «Populatsiya» so‘zi
lotincha «populus» so‘zidan olingan bo‘lib
«xalq», «aholi»
degan
ma’noni anglatadi.
Populatsiya qanday ko’rsatkichlariga
ko’rsa tafsivlanadi?
1. Populatsiya individlari o‘rtasida o‘zaro chatishish natijasida doimiy
ravishda sodir bo‘ladigan genlar almashinuvi natijasi – genofondi;
2. Turli to‘siqlar va tarqalish imkoniyatining cheklanganligi bilan
bog‘liq holda boshqa populatsiyalardan alohidalashganligi;
3. Ko‘payish jarayonida ishtirok etadigan yosh individlarning soni;
4. Genlar dreyfi, mutatsiyalar kabi evolutsiya omillari ta’sirida
genlarning yangi kombinatsiyalarining yuzaga kelishi bilan
tafsivlanadi.
Populatsiya gomeostazi deb nimaga
aytiladi?
Populatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri o‘z-o‘zini boshqarishi,
ya’ni uzoq muddat individlar sonini bir xilda saqlab turishidir. Bu
xususiyat
Do'stlaringiz bilan baham: |