BILET-20 1. Hayvonlarda haroratning turli sharoitlariga nisbatan moslanishlar haqida malumot bering.
2. Biosferaning barqarorligini ta’minlovchi mexanizmlarni tushuntiring.
3. Sichqon embrionining 32 blastomerida 1280 ta xromosoma bor. Sichqon spermatozoidining xromosomalar
sonini aniqlang.
3-savolga javob :
Yechish:
32 ta blastomerida __________1280 ta xromasoma bo`lsa,
1 tasida ___________________ x = 40 ta xromasoma
Blastomerlarda xromasomalar 2n to`plamda bo`ladi. masala shartida spermatozoid deyilgani uchun 1n bo`ladi.
2n = 40; 1n = 20.
2 – savolga javob :
Biosferaning barqarorligini ta’minlovchi mexanizmlar. Biosferaning barqarorligi va yaxlitligini
ta’minlovchi moddalarning biologik davriy aylanishi butun Yer shari jami biomassasining hayotiy faoliyati
bilan bog‘liq. Quyosh energiyasi va yashil o‘simliklardagi xlorofill moddasi Yerda hayot mavjudligi hamda
biologik davriy aylanishning asosi hisoblanadi. Quyosh energiyasi oqimi va tirik organizmlarning hayot
faoliyati elementlarning davriy aylanishini harakatlantiruvchi k
uch bo‘lib xizmat qiladi. Yashil o‘simliklarda
sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni, o‘simliklarning ildiz
tizimi orqali o‘zlashtiriladigan kimyoviy
elementlarning organik moddalar sintezlanishida ishtirok etishi natijasida biogen elem
entlar to‘planadi va
qayta taqsimlanadi. Yashil o‘simliklar tashqi muhitdan karbonat angidrid, suv, mineral tuzlarni o‘zlashtirib,
quyosh nuri ta’siri va xlorofill ishtirokida geterotrof organizmlar uchun zarur bo‘lgan birlamchi mah
sulot
–
organik birikmalarni sintezlaydi.
Hayvonlar fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik birikmalar hisobiga oziqlanadi va hazm qilish
jarayonida o‘simliklarning birlamchi mahsulotini ikkilamchi mahsulotga aylantiradi. Naf
as olish jarayoni
uchun zarur kisloroddan foydalanib, tashqi muhitga karbonat angidrid va hazm bo‘lmagan moddalarni
ajratadi. O‘simlik va hayvonlar hayoti tugagach, nobud bo‘ladi va organik qoldiqlar (detrit) hosil qiladi.
Organi
k qoldiqlar zamburug‘lar va bakteriyalar tomonidan o‘zlashtiriladi. Bakteriya va zamburug‘lar
o‘simliklar hosil qilgan birlamchi va hayvonlar hosil qilgan ikkilamchi mahsulotlarini mineral
moddalargacha parchalaydi. Ularning bu faoliyatida biosferaga karbonat angidrid gazi ham ajraladi. Organik
moddalar esa dastlabki anorganik moddalarga
–
biogenlarga aylanadi. Shunday qilib, hosil bo‘lgan
anorganik moddalar tuproq va suvda to‘planib, fotosintez jarayonida takroran f
oydalaniladi. Bu jarayon
biosferada to‘xtovsiz davom etadi va biosferaning barqarorligini ta’minlaydi.