savolga javob:
Tirik organizmlarning jinsiy ko„payishida izogamiya, geterogamiya va oogamiya kuzatiladi. O„simliklarning jinsiy ko„payishi jinsiy hujayralarning o„zaro qo„shilishi natijasida zigota hosil bo„lishida ba‟zi vakillarida izogamiya, ba‟zilarida geterogamiya, ko„pchiligida esa oogamiya sodir bo„ladi. Bir hujayrali suvo„tlari oddiy bo„linish yo„li bilan ko„payadi, noqulay sharoit vujudga kelganda shu hujayra jinsiy ko„payishda ishtirok etadi. Yuksak o„simliklarning generativ organlariga sporangiylar, sporali boshoqlar, g„uddalar (qubbalar), ochiq urug„li o„simliklarda meva va urug„ hosil qiladigan gul kiradi. Generativ organlar o„simliklar hayotining muayyan davrida shakllanadi va tirik organizmlarga xos bo„lgan muhim jarayon – ko„payish funksiyasini bajaradi. Bir hujayrali suvo„tlari bo„linish, koloniya bo„lib yashaydigan suvo„tlari parchalanish, ko„p hujayrali suvo„tlari tallomining bo„laklarga ajralishi bilan va zoosporalari yordamida jinssiz ko„payadi. Noqulay sharoitda suvo„tlarida xivchinli gametalar va ularning qo„shilishi natijasida zigota hosil bo„ladi.
Zigota pishiq qobiq bilan qoplanib, tinim holatda noqulay sharoitda ham o„z hayot faoliyatini saqlab qoladi va undan yangi individ rivojlanadi. Suvo„tlardan farq qilib, quruqlikda o„sadigan o„simliklarda
sporalar yetiladigan organlari (sporangiy) va gametalar yetiladigan organlari (arxegoniy va anteridiy) ko„p hujayrali bo„ladi. Sporali yuksak o„simliklar yo„sinlar, qirqbo„g„imlar va qirqquloqlarda gametofit (gametalarning shakllanishi va urug„lanish jarayoni sodir bo„ladigan bo„g„in) va sporofit (sporalarning shakllanishi va yetilishi sodir bo„ladigan bo„g„in) nasllar gallanishi kuzatiladi. Yo„sinlar hayot siklida gametofit ustunlik qiladi.
Plaun, qirqbo„g„im va qirqquloqlarda tarixiy rivojlanish jarayonida sporofit tuzilishi takomillashgan, ularda sporofit ustunlik qiladi. Evolutsiya natijasida chang naychasining paydo bo„lishi urug„li o„simliklarning urug„lanish jarayoni uchun suvga bo„lgan ehtiyojning yo„qolishiga olib keldi. O„simliklarning urug„lanish davrida suvli muhitga qaram bo„lmasdan urug„ning shakllanishi o„simliklar filogenezidagi muhim aromorfoz bo„lib, ularning o„simliklar olamida hukmron bo„lishiga olib kelgan. Yopiq urug„li o„simliklarda mukammal tuzilgan o„tkazuvchi sistema – o„tkazuvchi naylar, gul va mevaning paydo bo„lishi yirik aromorfozlardan bo„lib, bu o„simliklarning Yer yuzida keng tarqalishiga imkon berdi.
Gulning
asosiy qismlari urug„chi va changchidan iborat bo„lib, ularda changlanish va qo„sh urug„lanish jarayoni sodir bo„ladi. Urug„chi tugunchasida joylashgan urug„kurtak urug„ga, tuguncha esa mevaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |