11-sinf biologiya imtihon savollari javoblari bilet-1



Download 1,24 Mb.
bet39/65
Sana13.06.2022
Hajmi1,24 Mb.
#662060
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
11-SINF BIOLOGIYA JAVOBLARI IMTIHON

BILET-19


  1. Tirik organizmlar o„rtasidagi munosabat: neytralizm va simbioz munosabatlarning mohiyati nimadan iborat?

  2. Biosferadagi tirik moddaning funksiyasi va xususiyatlari: energetik, konsentratsiyalash va destruktiv funksiyalar qaysi jarayonlarda namoyon bo„ladi?

  3. Rasmda qanday jarayon tasvirlangan? Izohlang


1-savolga javob:


Organizmlar orasidagi o„zaro munosabatlarning barcha ko„rinishlari muhitning biotik omillarini tashkil qiladi. Biotik omillar ikki guruhga ajratiladi. Tur ichidagi munosabatlar – bir turga mansub individlar o„rtasidagi munosabatlar. Bu populatsiyaning o„zo„zini boshqarishdagi muhim mexanizmdir. Turlararo munosabatlar – har xil turlar o„rtasidagi munosabatlar sanaladi.
Populatsiyalardagi individlar soni o„zaro ta‟sir natijasida o„zgarishsiz qoladigan munosabatlar neytral munosabatlar deb ataladi. Agar o„zaro ta‟sir natijasida bir populatsiyadagi individlar soni ortsa, lekin ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaymasa, bunday munosabatlar ijobiy yoki simbiotik munosabatlar deb ataladi. O„zaro munosabatlar tufayli bir populatsiyadagi individlar soni qanday o„zgarishidan qat‟i nazar, ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaysa, bunday munosabatlar salbiy yoki antagonistik (antibioz) munosabatlar deyiladi. Neytralizm – bitta tabiiy jamoada yashaydigan organizmlar orasida har qanday foydali yoki zararli o„zaro ta‟sirning mavjud emasligi hisoblanadi. Bir ekosistemada yashaydigan, lekin har xil oziq bilan oziqlanuvchi turlarning hayoti ko„pincha bir-biriga bog„liq bo„lmaydi. Tabiatda neytralizm hodisasi juda kam uchraydi, chunki bir biogeotsenozda har bir tur boshqa turga bevosita va bilvosita ta‟sir ko„rsatadi. Masalan, bir o„rmonda yashovchi qizilishton va bug„u bir-biriga bevosita ta‟sir ko„rsatmaydi. Neytralizm hodisasida birgalikda yashovchi turlar o„zaro bevosita ta‟sir ko„rsatmasada, ularning taqdiri yashash muhitining umumiy holati, abiotik omillarga bog„liq bo„ladi. Biotik munosabatlarning simbioz (yunoncha – «sim» – birga, «bios» – hayot) ko„rinishida birgalikda yashaydigan organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi ushbu munosabatdan o„ziga foyda oladi. Simbioz munosabatning quyidagi turlari mavjud: mutualizm, protokooperatsiya, kommensalizm.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish