11-sinf Adabiyot 2-chorak
1. «Makorim ul-axloq» asaridan olingan quyidagi misralar kim haqida ekanligini toping.
«Bolalik chog‘laridayoq ul hazratning muborak tillaridan o‘ta ajoyib va kutilmagan so‘zlar chiqar va eshitganlar hayrat dengiziga g‘arq bo‘lardilar».
A) Z.M. Bobur B) A. Navoiy C) H. Boyqaro D) S. G‘iyosiddin Mansur
2. Bobur ruboiylarining o‘zagini tashkil etuvchi so‘zlar qatorini toping.
A) Vatan, yor, g‘urbt, ayriliq B) Gul, tikon, bulbul
C) May, farog‘at, Vatan D) Do‘st, yor, oshno
3. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilishicha, Lutfiy Alisher Navoiyning go‘zal
misralarini eshitgach, o‘zining necha ming misradan iborat bo‘lgan barcha g‘azallarini shu birgina g‘azalga almashishga rozi ekanligini aytadi?
A) o‘n yetti-o‘n sakkiz ming baytdan iborat bo‘lgan B) o‘n uch-o‘n besh ming baytdan iborat bo‘lgan
C) o‘n-o‘n ikki ming baytdan iborat bo‘lgan D) o‘n besh-o‘n to‘qqiz ming baytdan iborat bo‘lgan
4. «Saddi Iskandariy» dostoni qahramoni Arastuning otasi kim?
A) Jomasp B) Naqumohis C) Faylaqus D) Suqrot
5. «Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?
«Bu dunyo bilan xayrlashsam, mening o‘rnimga o‘tirsang-da, mening nomus-orim, shon-shuhratim yellarga uchmasa, degan umidda seni topgan edim».
A) Naqumohis B) Faylaqus C) Mallu D) Iskandar
6. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Doroga boj to‘lashdan voz kechgach, Doro o‘z elchilari orqali Iskandarga nimalarni berib yuborib, uning yosh bolaligini bildirib qo‘ymoqchi bo‘ladi?
A) chavgon, to‘p – koptok B) oshiq, egar C) chavgon, egar D) oshiq, to‘p – koptok
7. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Kashmirga yo‘l olganida unga kimlar yo‘ldosh bo‘ladi?
A) 500 olim B) 400 vazir C) 300 olim D) 200 vazir
8. Arabcha “san’atli”, “sersan’at” degan ma’nolarni bildiradigan she’r shakli qaysi?
A) Masnu’ B) Murabba’ C) Qit’a D) Fard
9.Boburning “Xazon yaprog`i yang`lig`” deb boshlanuvchi g`azalida shoir umrni nimaga qiyos qiladi?
A) Bog`ga B) Gulga C) Lolaga D) Qoyaga
10. “Uzum hikoyati” da kema qancha vaqt suv ichida suzdi?
A) Yetti oy B) Olti oy C) olti oy-yu olti kun D) besh oy
11 “Yilon va qaldurg`och” hikoyasida kemada 3 ta narsa yo`q edi bular:
A) mushuk, sichqon, qo`ngiz B) mushuk,sichqon ,chumoli
C) qo’ng’iz, mushuk, kalamush D) sichqon,chumoli ,qo’ng’iz
12. «Saddi Iskandariy» dostonida tadbirkor va adolatli podshoh, mohir sarkarda, yetuk olim va katta qalb egasi sifatida namoyon bo‘ladigan obraz qaysi?
A) Ravshanak B) Faylaqus C) Iskandar D) Naqumohis
13. «Saddi Iskandariy» dostonida sehrli oynani ko‘rgach, Iskandarda ham shunday kashfiyot qilish istagi paydo bo‘ladi va uning topshirig‘iga ko‘ra olimlar nimalarni yasaydilar?
A) suturlob, ko‘zgu va halqani B) suturlob va ko‘zguni
C) ko‘zgu va halqani D) ko‘zgu va niginni
14. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilgan «Hikoyat»da qaysi tarixiy shaxsning tahorat olgan joyida yelkasiga ilashib kelgan chumolini namozdan keyin uyasiga eltib qo‘ygani hikoya qilinadi?
A) Alisher Navoiyning B) Nizomiy Ganjaviyning
C) Xusrav Dehlaviyning D) Mavlono Lutfiyning
15. Mashrabning ota kasbi nima bo`lgan?
A) Mirob b) Do’kondor C) Bo`zchi –kosib D) Kulol
16. “Uzum hikoyati” da uzumni shayton nimalar bilan sug`oradi?
A) Tulki, sher, ton`g`iz qonlari bilan B) tulki,sher,bo’ri qonlari bilan
C) bo’ri,ayiq,tulki qonlari bilan D) to’ng’iz,yo’lbars, ayiq qonlari bilan
17. «Saddi Iskandariy» dostoni qanday boshlanadi?
A) Iskandarning ta’rifi bilan B) Faylaqusning Iskandarni topib olishi bilan
C) Naqumohisning tarbiyaga e’tibor qilishi bilan D) Suqrotning ta’rifi bilan
18. «Saddi Iskandariy» dostonida Doroning xiroj talab qilib kelgan elchilariga
Iskandar qanday javob qiladi?
A) «Tilla tuxumlarni yorib chiqib, polaponlar uchib ketdi».
B) «Tilla tuxumlarni tug‘adigan qushlar o‘lib qoldi».
C) «Tilla tuxumlarni sizga o‘xshagan o‘g‘rilar o‘g‘irlab ketdi».
D) «Tilla tuxum tug‘adigan qushlar uchib ketdi».
19. «Saddi Iskandariy» dostonida Kashmir eliga Iskandar kimni shoh qilib
ko‘taradi?
A) Bahromni B) Muqbilni C) Mudbirni D) Feruzni
20. “Makorim ul-axloq” asari kimning qalamiga mansub? (Xondamir)
21. ,,Qissasi Rabg`uziy ‘’asarida keltirilgan qarinja so`zining ma`nosi nima? chumoli
22. Denison Ros Boburning qaysi asari to`g`risida “bequsurlikda yagona va jo`n uslubda yozligan” deya ta`rif beradi? “Boburnoma” (Vaqoye)
23. Adabiyotimizda “otashnafas shoir” sifatida shuhrat qozingan adib kim edi? Mashrab
24. Mashrabning asarlari asosan qaysi qo`lyozma va toshbosma asarlar orqali yetib kelgan(4 ta) ? Devonai Mashrab, Devoni Mashrab, Eshoni Mashrab, Hazrati Shoh Mashrab
25. Mashrab din ,falsafa tarixi va fors tilini kimdan o`rgandi? So`fi eshon Mullo Bozor Oxund
Do'stlaringiz bilan baham: |