11-sinf adabiyot 1-qism I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «GO‘RO‘G‘lining tug‘ilishi»



Download 247 Kb.
bet28/30
Sana16.01.2022
Hajmi247 Kb.
#370951
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
11-sinf adabiyot test

«Qo‘shin shahar ichiga sig‘mas. Ularni o‘rmonga joylashtirsa ham

bo‘ladi, siqqanda ham shaharga joylashtirish ma’qul emas. Zero, ulardan

xalqqa ziyon-zahmat yetishi mumkin...»

A) Kashmir shohi B) Hind royi

C) Chin xoqoni D) Xuroson shohi

58. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar jang paytida so‘l tomonidan

kimlar bilan tasvirlangan?

A) yosh bolalar bilan B) harbiy rahbarlar bilan

C) go‘zallar bilan D) ilm – kamolot egalari bilan

59. «Saddi Iskandariy» dostonida Faylaqus Doroga har yili qancha boj to‘lar

edi?

A) ming tilla tuxum B) yuz tilla tuxum



C) o‘n ming tilla tuxum D) yuz ming tilla tuxum

60. «Saddi Iskandariy» dostoni qanday boshlanadi?

A) Iskandarning ta’rifi bilan

B) Faylaqusning Iskandarni topib olishi bilan

C) Naqumohisning tarbiyaga e’tibor qilishi bilan

D) Suqrotning ta’rifi bilan

61. «Saddi Iskandariy» dostonida keltirilgan hikmatlarni qanday mavzu

guruhlariga birlashtirish mumkin?

1) Vatan va vatanparvarlik haqidagi hikmatli so‘zlar;

2) Himmat haqidagi hikmatli so‘zlar;

3) Boshqalarning yaxshi yoki yomon munosabatiga kishining o‘zi sabab

bo‘ladi, tarzidagi hikmatli so‘zlar;

4) Barcha inson bolalarining yaratilishiga ko‘ra bir xilligiga qaramasdan,

ularning tabiati har xil bo‘lishi haqidagi hikmatli so‘zlar;

5) Insonni oqil va hushyor bo‘lishga da’vat etayotgan hikmatli so‘zlar;

6) Safar va sayohatlar haqidagi hikmatli so‘zlar.

A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 4, 5

C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6

6 2. «Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi baytlar qaysi qahramon

haqida?


Adolat qo‘lin tutti andoq biyik

Ki, topti amon arslondin kiyik...

Yarim kungacha adl ila dod edi,

Yana kun so‘ngg‘i yaxshi bunyod edi.

Bu yanglig‘ chu oz vaqt tuzdi rusum,

G‘ani bo‘ldilar adlidin ahli Rum.

A) Iskandar B) Faylaqus

C) Feruz D) Naqumohis

63. «Saddi Iskandariy» dostonida jang maydonida Iskardarga maxfiy

keltirilgan xatga javoban u qanday yo‘l tutadi?

A) Doroni tirik keltirishni buyuradi.

B) Doroning qizini keltirishni buyuradi.

C) Doroni o‘ldirishni buyuradi.

D) Xatga javob yozmaydi.

64. «Saddi Iskandariy» dostonida qayerning podshosi Iskandarning kuchli,

o‘zining kuchsizligini anglaydi hamda ilm-fan oldida sehr-joduning puchligini

his etadi?

A) Kashmir shohi B) Hind royi

C) Chin xoqoni D) Xuroson shohi

65. Husayn Boyqaro agar faqat «Xamsa» yozishga ketgan vaqt

hisoblanadigan bo‘lsa, uning necha oydan oshmaganligini ta’kidlaydi?

A) o‘n oydan B) to‘qqiz oydan

C) yetti oydan D) olti oydan

66. «Farhod va Shirin» qaysi vaznda yozilgan?

A) hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf

B) hazaji musaddasi mahzuf

C) sariyi musaddasi matviyi makshuf

D) hafifi musaddasi maxbuni mahzuf

67. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Doro elchilari orqali berib

yuborgan qaysi narsaga dunyoni boshqarish ramzi sifatida qaraydi?

A) oshiqqa B) chavgonga

C) to‘pga D) tariqqa

68. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandarga kim ustozlik qiladi?

A) Arastu B) Naqumohis

C) Faylaqus D) Suqrot

69 . «Xamsa»dagi eng yirik doston qaysi?

A) «Hayrat ul-abror» dostoni B) «Farhod va Shirin» dostoni

C) «Saddi Iskandariy» dostoni D) «Layli va Majnun» dostoni

70. «Saddi Iskandariy» dostonining «Hayotining har bir holatidan voqif

bo‘lgan tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng

esa behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida»gi hikoyatida g‘ofil

insonning otasi necha yoshga kirib, vafot etganini eshitgach, pok qalbli zot

kulib: «Ey, har narsaga yengil va beparvo qarovchi odam, o‘sha otangning

boshidan o‘tgan kun senga yetarli tajriba emasmidi?» – deydi?

A) 120 yoshga B) 107 yoshga

C) 112 yoshga D) 117 yoshga

71. «Saddi Iskandariy» dostonida nechanchi boblar kirishni tashkil etadi?

A) 1–10-boblar B) 1–17-boblar

C) 1–12-boblar D) 1–14-boblar

72. «Saddi Iskandariy» dostonida Doroning xiroj talab qilib kelgan elchilariga

Iskandar qanday javob qiladi?

A) «Tilla tuxumlarni yorib chiqib, polaponlar uchib ketdi».

B) «Tilla tuxumlarni tug‘adigan qushlar o‘lib qoldi».

C) «Tilla tuxumlarni sizga o‘xshagan o‘g‘rilar o‘g‘irlab ketdi».

D) «Tilla tuxum tug‘adigan qushlar uchib ketdi».

73. «Saddi Iskandariy» dostonida bahorda qo‘liga o‘tgan qaysi o‘lka

Iskandarga juda yoqadi?

A) Chin yurti B) Arron

C) Xuroson D) Hind o‘lkasi

74. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskardarga tuhfa qilingan oyna qanday

xislatga ega edi?

A) Kelajakni ko‘rsata olar edi.

B) Chin va yolg‘onni ajrata olar edi.

C) Yaxshi va yomonni ajrata olar edi.

D) Qaragan har qanday yovuz odamning qalbini poklay olar edi.

75. «Saddi Iskandariy» qaysi vaznda yozilgan?

A) hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf

B) hazaji musaddasi mahzuf

C) mutaqoribi musammani mahzuf

D) hafifi musaddasi maxbuni mahzuf

76. «Saddi Iskandariy» dostonida otasi vafot etgach, qaysi obraz taxtdan

voz kechmoqchi bo‘ladi?

A) Feruz B) Faylaqus

C) Mallu D) Iskandar

7 7. «Saddi Iskandariy» dostonida uchraydigan quyidagi inson umrining

davrlari bilan bog‘liq so‘zlarni toping.

1) shabob; 2) tufuliyat; 3) kuhulat; 4) qariliq tariqi.

a) qarilik chog‘i, aynan qarilik mazhabi;

b) bolalik;

s) kishining o‘rta yasharlik davri, soch-soqolga oq tushish (moshguruchlik)

davri;


d) yosh yigitlik davri.

A) 1-b, 2-d, 3-s, 4-a B) 1-d, 2-s, 3-b, 4-a

C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-s D) 1-d, 2-b, 3-s, 4-a

78. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar kimdan Kashmir taxtini tortib

oladi?

A) Malludan B) Bahromdan



C) Feruzdan D) Suhayldan

79. «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobida «yoshlik yelining

sabohati – go‘zalligi va yigitlik gulzorining tozaligi» haqida mulohaza

yuritiladi?

A) XL bobida B) XXXIX bobida

C) XLI bobida D) XXIX bobida

80. «Makorim ul-axloq» asarida «Panj ganj» («Besh xazina») dostoniga

muqobil tarzda Alisher Navoiyning qaysi asarni yozganligi aytiladi?

A) «Majolis un-nafois» B) «Nasoyim ul-muhabbat»

C) «Xamsa» D) «Lison ut-tayr»

81. «Makorim ul-axloq» qanday qismlardan tashkil topgan?

1) debocha; 2) muqaddima; 3) o‘n maqsad (bob); 4) xotima;

5) Navoiyning qanday vafot etganligi to‘g‘risidagi bob;

6) o‘n sakkiz maqsad (bob);

7) Navoiyning Samarqandda ta’lim olgan yillari to‘g‘risidagi bob.

A) 2, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5

C) 1, 3, 5, 7 D) 1, 2, 4, 6

82. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilishicha, Lutfiy Alisher Navoiyning qaysi

matlali g‘azalini eshitib, quyidagi fikrlarni bildiradi?


Download 247 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish