11-SINF 2-CHORAK
1. Hikmatlar darajasiga yetgan ushbu misralar kimga tegishli?
Hech ilme siynaga jo bo‘lmadi takrorsiz
A. Z. M. Bobur B. Mashrab
C. Anbar Otin D. Atoyi
2. Mashrabning ushbu baytida qaysi she’riy san’at turidan foydalangan?
Bir xudodan o‘zgani barcha g‘alatdir Mashrabo,
Gul agar bo‘lsa qo‘limda ul tikonni na qilay.
A. Tanosub. B. Talmeh
C. Takrir D. Kitobat
3. Arabcha “san’atli”, “sersan’at” degan ma’nolarni bildiradigan she’r shakli qaysi?
A. Masnu’ B. Murabba’ C. Qit’a D. Fard
4. Qosiq so‘ining ma’nosi?
A. Yozmoq, bitmoq B. elchi,, xabarchi C. Maqsad, niyat D. Yumush, ish, vazifa
5. Bobur ruboiylarining o‘zagini tashkil etuvchi so‘zlar qatorini toping.
A. Vatan, yor, g‘urbt, ayriliq B. Gul, tikon, bulbul
C. May, farog‘at, Vatan D. Do‘st, yor, oshno
6. Doro elchilaridan Iskandarga qanday narsalarni berib yuboradi?
A. arqon, kunjut, olma B. To‘p va kokil, shisha C. To‘p, chavgon, kunjut D. asal, kunjut, bug‘doy
7. Iskandarning ustozi kim?
A. Faylaqus B. Naqumolis C. Arastu D. Mallu
8. Iskandar kashmirga yo‘l olganda unga nechta olim yo‘ldosh edi?
A. 400 B. 500 C. 600 D 530
9. Alisher Navoiyning “xamsa” dostoniga kiritilgan qaysi doston 1485-yilda yozilgan bo‘lib, 7215 baytdan iborat?
A. “Hayrat ul-abror” B. “Saddi Iskandariy” C. “Farhod va Shirin” D. “Layli va Majnun”
10. “Qarolar falsafasi” asari kimga tegishli?
A. Z. M. Bobur B. Mashrab C. Anbar Otin D. Uvaysiy
11. Atoyib haqida A. Navoiy qaysi asarida “Mavlono ko‘p turkona aytar edi” deydi?
A. “Majolis un-nafois” B. “Nasoyim-ul muhabbat” C. “Navodir ush-shabob” D. “Munshaot”
12. “Yillar va yo‘llar” asarining muallifi?
A. A. Oripov B. Said Ahmad C. X. To‘xtaboyev D. Oybek
13. .Sarsar so‘zining ma’nosi nima?
A)janubdan esgan yel B)sovuq shamol
C) sharqdan esgan yel D)shiddatli shamol
14. “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur…”
Berilgan fikrlar kimning qaysi asaridan olingan?
A)A.Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq” B)Y.X.Hojib. “Qutadg‘u bilig”
C)A.Hojiyev. “O‘zbek tili sinonimlari lug‘ati” D)M.Koshg‘ariy. “Devonu lug‘otit turk”
15.,, Devonu lug`at at- turk’’asarida keltirilgan rivoyatni belgilang
A),,Oltin qon’’ B),,Ajdar’’ C) ,,To`fon’’ D) ,,Ur, to`qmoq’’
16. ,,Alp Er To`nga ‘’marsiyasi qaysi shaklda yozilgan?
A)muxammas B) masnaviy C)musaddas D) murabba
17. ,,Qissasi Rabg`uziy ‘’asarida keltirilgan qarinja so`zining ma`nosi nima?
A)mehnat , B) kiyik C)ofat D) chumoli
18. .,,Qissasi Rabg`uziy ‘’asarida nechta hikoyat bor?
A)80 B)72 C)64 D)56
19. ,,O`q va yoy’’munozarasining muallifi kim”?
20 .,,Qutadg`u bilig’’dostonida nima qafasda yotgan arslonga o`xshatilgan?
21. “Egasi yo‘q mol afandiniki” degan gapga o‘rganib qolgan obraz qaysi asarda qatnashgan?
22. “Nasoyim ul-muhabbat” asari qachon yaratilgan?
23. ,,Go`ro`g`li’’dostonida qo`llangan “qurandoz” so`zining ma`nosi nima?
24. “Makorim ul-axloq” asari kimning qalamiga mansub?
25. .,,Qutadg`u bilig’’dostonining qaysi qahramoni taqvodor kishi bo`lib,u din va diyonatni hamma narsadan ustun ko`radi?
Do'stlaringiz bilan baham: |