11-mavzu: XXI asr bolasini qanday tarbiyalash kerak? Reja


 XXI asrda yosh avlodni tarbiyalash vositalari



Download 410,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.01.2022
Hajmi410,56 Kb.
#292063
1   2   3   4
Bog'liq
43co0PCuiUAqkZOdh4LRZb4MfKTu9XnyOkBlItGi

2. XXI asrda yosh avlodni tarbiyalash vositalari. 

 

Mutaxassislarning fikricha, bolalar  uch yoshgacha o‗zlari uchun muammoli 



vaziyatlardan  tez  chiqishadi,  to‗g‗rirog‗i,  tez  unutib  yuborishadi.  Biroq  ular  katta 

bo‗la  boshlagach,  jamiyat  (bog‗cha,  ijodiy  studiyalar,  maktabga  tayyorlaydigan 

muassasalar, sport komplekslari)ga qo‗shiladi. Endi bola tashqaridan o‗ziga diqqat, 

e‘tibor  talab  qila  boshlaydi. Agar  u  etarli  darajada bo‗lmasa  yoki  bolaga  umuman 

ahamiyat  berilmasa,  araz,  gina  paydo  bo‗lishi  mumkin.  Ota-ona  boladagi  ichki 

norozilik aynan qaysi vaziyatda tug‗ilganini ko‗p hollarda anglay olmay qoladi. U 

bora-bora yig‗ilib, haqiqatan katta muammoga aylanadi. 

Bog‗cha  yoshidagi  bolalar  o‗rtasidagi  ziddiyatlarning  eng  odatiylari  — 

o‗yinchoq, turli o‗yinlar, bir-birining jig‗iga tegish, laqab qo‗yish kabilar. Shunday 

paytlarda  hamisha  kattalar  tomonidan  g‗amxo‗rlik  tuygan  bolakaylar  ruhiyatida 

shok  holati  yuzaga  keladi.  Bu  ayniqsa,  kattalarning  aralashuvi  bilan  o‗sha  bolani 

tengquriga  nisbatan  kamsitishsa,  maqtov  so‗zlari  aytilmasa  yaqqolroq  seziladi. 

Ba‘zi  bolalar  o‗z  noroziligini  ochiq-oydin  bildiradi,  uni  xafa  qilganlar  kechirim 

so‗rashlarini  kutadi.  Atrofdagilarning  tavba-tazarru  qilmasligi  arazni  yanada 

chuqurlashtiradi. 

Ayrim hollarda bolaning arazlashi, xafa bo‗lishiga o‗zgalarning g‗alamisligi 

sabab bo‗ladi. Masalan, bola bog‗chaga kelib, birinchi kundan o‗z tashabbusi bilan 



tengdoshlariga  qo‗shilib  o‗ynamoqchi  bo‗ldi.  Biroq  bolalar  uni  begona  ko‗rib, 

chiqishtirishmadi.  Bolaning  noroziligini  esa  na  tarbiyachi,  na  ota-ona  e‘tiborga 

oldi.  Ana  shu  kabi  hollarda  bolaning  etarli  baholanmaganlik  hissi  arazga  olib 

kelishi mumkin. 

Endi  vaziyatni  sal  boshqacharoq  misol  bilan  tahlil  qilib  ko‗ramiz.  Bola 

bog‗chaga  kelib,  o‗ynab  o‗tirgan  tengdoshlarini  ko‗radi.  Ularga  qo‗shilib 

o‗ynashga  harakat  qilmay  turib,  unga  shunchaki  e‘tibor  berishmagani  uchun 

arazlab,  xarxashani  boshlaydi.  Vaziyat  yaxshilab  tahlil  qilinib  qaralsa,  bola 

besabab xafa bo‗layapti va bunda o‗zgalarni ayblayapti. Bu erda biz o‗rganmoqchi 

bo‗lgan muammoning ildizi yotadi. U ham bo‗lsa o‗z-o‗zini baholashdir. 

Senga nima bo‗ldi, bolakay? 

Arazchi  kichkintoylarning  eng  xarakterli  belgilaridan  biri  —  boshqa 

bolalarning  muvaffaqiyatini  ko‗ra  olmaslik.  Bunday  farzandning  oldida  birov 

maqtalishini,  eng  yomoni,  kim  bilandir  solishtirganda  uning  torozi  pallasi 

bosmasligini katta iztirob bilan qabul qiladi. Bunday bolalar doimiy maqtov, ijobiy 

baholanishga  muhtoj  bo‗lishadi.  Basharti  bu  uning  ko‗nglidagidek  yuz  bermas 

ekan,  o‗z-o‗zi  bilan  bo‗lib,  kechinmalari  ichida  o‗ralashib  qoladi,  faqat  kim 

yaxshiyu  kim  yomonligi  haqida  o‗ylaydi,  hamma  vaziyatlarda  o‗zini  haq  deb 

biladi. Bunday haddan ortiq araz asosida bolaning o‗ziga nisbatan ishonchi kamligi 

yotadi. 


Munosabatni o‗zgartiring! 

Ko‗pgina  ota-onalar  arazchi  bolaning  gap  ko‗tara  olmasligi,  ko‗ngli 

nozikligini  hisobga  olib,  uni  ko‗proq  maqtashga,  tengdoshlaridan  ustunligini 

isbotlashga  harakat  qilishadi.  Biroq  bu  bilan  muammo  to‗liq  hal  bo‗la  qolmaydi. 

Har qanday baho bolaning diqqatini fe‘lidagi u  yoki bu xislatga qaratishga,  o‗zini 

hamisha  boshqalar  bilan  taqqoslashiga  sabab  bo‗lishi  mumkin.  Oqibatda  farzand 

atrofidagi bolalarni o‗ziga nisbatan raqobatdosh sifatida qabul qiladi. 

Demak,  arazchilikni  engishda  ota-onaning  farzandini  noreal  baholamasligi 

va  o‗zgalar  bilan  taqqoslamasligi  eng  birinchi  shart  hisoblanadi.  Bu  gapirishga 

oson,  ammo  maqtov  va  tanbeh  berib  turish  tarbiyaning  odatiy  usuliga  aylanib 

bo‗lgani sababli ham amal qilish nihoyatda qiyin. Afsuski, ko‗pgina ota-onalar o‗z 

mehrini bolani maqtash bilan ifodalashga harakat qilishadi. Bu bolakayni hamisha 

o‗z  qadrini  bildirib  qo‗yuvchi,  afzalligini  ko‗rsatuvchi  tadbirlarni  yuk  sifatida 

qabul qilishiga olib keladi. 

Arazchi bolalarning ota-onalari uchun eng muhim qoidalar: 

 



Farzandingiz  bilan  hamkorlik  o‗rnating. Yuragidagi  tug‗yonlarni 

bildirishiga rag‗batlantiring. 




 

Bola  bilan  dildan  gaplashing. Arazining  sababini  ifodalashiga 



ko‗maklashing,  yuz,  ko‗ziga  diqqat  bilan  razm  soling.  Xohishlarini  og‗zaki 

ifodalashiga yordam bering. 

 

Farzandingizdagi  ta‘sirchanlikni  so‗ndirishga  harakat  qilmang. Kerak 



vaqti  o‗z  hissiyotlarini  tashqariga  chiqarishga  imkon  yarating.  So‗ng  o‗tirib, 

bafurja gaplashing. 

 

Bolani  sabr  bilan  eshitishga  o‗rganing. Maslahat,  tanbeh  berishga 



shoshmang.  Avval  quloq  soling.  Ba‘zan  «seni  tushunaman.  Menda  ham  shunday 

bo‗lib turadi», deyishning o‗zi ham kifoya qiladi. 

 

Avval  vaziyatni  to‗liq  tushunib  oling,  so‗ng  tushuntiring. Bolaga  ola-



bo‗ji  aslida  yo‗qligini  ming  tushuntirmang,  baribir  ulardan  qo‗rqsa,  bu  barcha 

harakatlaringiz  zoe  ketdi,  degani.  Avval  farzandingizning  ishonchini  qozoning, 

so‗ng mantiqiy va‘zni boshlash mumkin. 

Shunday tarbiya usullarini olib borilsa, bola yaqin orada arazchilikni tashlab, 

optimist va xushmuomala bo‗lib boradi. 


Download 410,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish