11-Mavzu: TOG’ JINSLARI VA MINERALLARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI
Mazkur amaliy mashg’ulotning maqsadi: Talabalarda minerallarning fizikaviy xususiyatlari va kimyoviy tarkibi xaqida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish
Amaliy mashg’ulot topshiriqlari:
1.Berilgan ma’lumotlardan foydalanib, amaliy mashg’ulot daftariga minerallarning fizikaviy xususiyatlari rangi, yaltiroqligi, sinish, ulanish tekisligi xaqida yozma tavsif berish.
2.Minerallarni kristall tuzulishi va qattiqlik jadvalini al’bomga ishlash va taxlil qilish
3.Mineralar solishtirma og’irligi, minerallar tavsifi chizmasini ishlash va o’rganib chiqish
4.Minerallarning kimyoviy tarkibi xaqida daftarga yozma tavsif berish
Mavzu yuzasidan quyidagi savollarga javob bering.
1.Mineralogiya fani nimani o’rganadi?
2.Mineralogiya fanining rivojlanish tarixini gapirib bering?
3.Minerallar to’g’risida O’rta Osiyolik allomalar asarlari bilasizmi?
4.Minerallarning qattiqligi deganda nimani tushunasiz?
5.Minerallarning kimyoviy tarkibi nimalarga bog’liq?
6.Minerallar tasnifi (klassifikatsiya) aytib bering?
1-topshiriq yuzasidan ma’lumot: Mineral degan termin kadimiy ("menera" ya’ni rudali tosh, rudaning parchasi) degan so’zdan kelib chiqqan. Minerallar tabiatda: 1) Qattiq, 2) Suyuq, 3) Gassimon xolatda uchraydi.
Minerallarning paydo bo’lishi, asosan suyuqliklar ichidan mineral moddalarni xosil qiluvchi zarrachalarning ajralib chikishidan boshlanadi. Bu jarayonlarning yuzaga kelishi uchun esa albatta suyuqliklar tarkibidagi mineral moddalar kontsentratsiyasining ko’payishi, kimyoviy muxit, xarorat va bosim kabi asosiy omillar sababchi bo’ladi.
Magma quyindilarining xarorati pasayishi munosabati tufayli kristallanish jarayoni yuz beradi, natijada magmatik va pegmatik konlarni xosil qiluvchi minerallar paydo bo’la boshlaydilar. Yer shari asosan minerallardan tashkil topgan. Fizikaviy xossalari va ximiyaviy tarkibi bir xil bo’lib, ma’lum bir fizikaviy, ximiyaviy jarayonlar natijasida xosil bo’lgan modda mineral deb ataladi. Xozirgi vaktda 5 mingtadan ortiq mineral ma’lum, ammo bularning fakat 20 - 30 tasi tog’ jinslarni xosil qiluvchi minerallar xisoblanadi. bo’larning ichida eng ko’p tarqalgani dala shpati bo’lib. u Litosferaning 57,9 % ini, kvarts - 12,6 %, slyuda - 3,6 %, temir - magnezial silikatlari (avgit, olivin) 16,8 % (kal’tsit) - 1,5 %, dolomit 0,1 %, kaolin va boshqa qolgan kam uchraydigan minerallarning xammasi Litosferaning 6,5 % ini tashkil etadi. Tabiatda ko’p uchraydigan minerallar tog’ jinslarni xosil qiluvchi minerallar deb ataladi. Minerallar fizik jism sifatida o’zining rangiga, qattiqligiga, yaltirokligiga, solishtirma og’irligiga va shu kabi xilma–xil xususiyat-larga egadir. Bu xususiyatlar minerallarning ximiyaviy tarkibi va kristal tuzilishsiga bog’liq ravishda xar xil minerallarda xar xildir. Xar qanday mineral o’ziga xos xususiyat bilan xarakterlanadi va shu xususiyatga qarab uni doimo boshqa minerallardan ajratish mumkin.
Minerallarni bir-biridan ajratishda nomini aniqlashda minerallarning fizik xususiyatlaridan, ximik analiz qilish yo’lidan va rentgen analiz qilish yo’llaridan foydalaniladi. Bu usullardan ximik analiz qilish va rentgen analiz qilish juda ko’p mablax talab qiladi. Bo’lardan minerallarni osonroq, bir qarashda aniqlash - fizik xususiyatlarini bilishdan iboratdir.
Minerallarning fizik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Optik xususiyatlari:
1.Shaffofligi, a) Shaffof, b) Shaffof emas, v) Yarim Shaffof.
2.Rangi
3.Chizigining rangi
4.Yaltirashi: a) Shishadek, b) olmosdek, v) metalsimon, g) ipaksimon, d) matosimon
2.Mexanik xususiyatlari: 1) Qattiqligi 2) Ulanish tekisligi va sinish yuzalari - a) O’ta mukammal (slyudalar va xloriyalar), b) Mukammal (Kal’tsit, galenit, tosh tuzi), v) O’rtacha (dala shpati, magniy-kal’tsiy, silikat), g) Nomukammal (opatit, kassityerit, S), d) O’ta mukammal bo’lmagan (qorund, oltin, platina) 3) Mo’rtligi, pachaklanuvchanligi, quyishqoqligi (ikkinchi darajali).
Solishtirma og’irligi.
Magnit tortishi
Radifaolligi
4. Morfologik xususiyatlari:
1) Kristallarining qiyofasi 2) Qo’shaloq
kristallari
3) Kristal yonlaridagi chiziqlari.
1.Minerallarning rangi: Tabiatda minerallar juda xilma–xildir.Minerallarni qo’lga olar ekanmiz, ularning rangi bir qarashdayoq beixtiyor diqqatimizni o’ziga tortadi. Shuning uchun xam minerallarning rangi eng muxim diagnostika belgilardan biridir.
Tabiatda uchraydigan minerallardan nomi uning rangiga qarab berilgan. Masalan: Lazurit, azurit (Frantso’zcha "azur" - lazur’), xlorid (grekcha "xloros" - yashil), rubin (lotincha "ruber" - qizil), rodonit (grekcha "rodon" - pushti), krokroit (grekcha "krakos" - shafron, ya’ni bu yerda – sarg’ich – qizil rangi e’tiborga olingan). auripigment (lotincha "aurum" - oltin). xrizolit, xrizoberile (grekcha "xrizos" - oltin).
2. Minerallarning o’zidan kuyosh nurini o’tkazish qobiliyati ularning Shaffofligi deb ataladi. Minerallar o’ziga tushayotgan nurning bir qismini o’zidan o’tkazib yuboradi, bir qismini esa kaytaradi, buning natijasida minerallarning yuzasi yaltiraydi. Bu yaltiroklik minerallarning rangiga bog’liq bo’lmasdan, mineralning yuzasidan kaytgan nurning miqdoriga bog’liqdir. Mineralning yuzasi kanchalik sillik va o’zidan kanchalik ko’p nurni kaytarsa, shunchalik kuchli yaltiraydi. Minerallarning yaltirokligi xar xil bo’lib, ba’zilariniki masalan, kvarts, kal’tsit, angidrit, rogovaya obmanka, dala shpati va slyudaniki shishaning yaltirokligiga uxshaydi.
Shaffofligi - Minerallarning o’zidan kuyosh nurini o’tkazish qobiliyati ularning Shaffofligi deb ataladi. Minerallar o’ziga tushayotgan nurning bir qismini o’zidan o’tkazib yuboradi, bir qismini esa o’ziga yutadi, buning natijasida minerallarning yuzasi yaltiraydi. Bu yaltiroklik minerallarning ranggiga bog’liq bo’lmasdan minerallarning yuzasidan kaytgan nurning miqdoriga bog’liqdir. Minerallning yuzasi kanchalik sillik va o’zidan kanchalik ko’p nurni kaytarsa shunchalik kuchli yaltiraydi. Yeruglik nuri jismga kirgan sari nur tezligi kamaya boradi, Shaffoflik miqdori aniqlash to’shgan nurning chiqqan nurga nisbati. a) Shaffof, v) Shaffof emas, s) yarim Shaffof
Solishtirma og’irligi - Minerallar solishtirma og’irligiga qarab og’ir va yengil minerallarga bulinadi. Solishtirma og’irligi 2,9 g/sm3 dan ortiq bo’lganlari og’ir minerallar bundan kam bo’lganlari yengil minerallarga kiradi. Ko’pchilik bo’shoq cho’kindi tog’ jinslari yengil minerallardan tashkil topgan. Og’ir minerallar magmatik tog’ jinslarida uchraydi.
Qattiqligi – Minerallarning qattiqligi ularni bir biridan ajratishda va fizikaviy xossalarini aniqlashda eng muxim belgilaridan biridir. Minerallarning qattiqligi ularning qanday sharoitda xosil bo’lganligiga va ximiyaviy tarkibiga bog’liq. Qattiqlik ikki mineralni bir-biriga ishqalab aniklanadi. Minerallarning shu xususiyatiga qarab Fredrix Moos (1773-1839 y) tomonidan qattiqlik shkalasi tuzilgan. Qattiqlik shkalasi bo’yicha minerallar: - 1. Tal’k 2. Gips 3. Kal’tsit 4. Flyuarit 5. Apatit 6. Artaklass 7. Kvarts 8. Topas 9. Karunt 10. Olmos.
Sinishi - minerallarning fizikaviy xossalaridan yana biri ularni o’rgandagi sinuvchanligi xisoblanadi. Masalan: novvotni sindirsangiz u ma’lum bir yo’nalish bo’yicha sinadi. Ko’pchilik mineral kristallarida xam shu xossa bor. Minerallarning bu xossasiga qarab ularning kaysi guruxga kirishini yoki nomini ayta olishimiz mumkin. Sinish yuzalari - Kristall dokalarining xakikiy yoki bo’lishi mo’mkin bo’lgan yonlariga paralel tekisliklari bo’yicha ajralishi yoki sinishi natijasida xosil bo’lgan tekis yuzalarga ulanish tekisligi deyiladi. Bu xususiyat minerallarning ichki tuzilishiga bog’liq bo’lib tashki tuzilishiga bog’liq emas.
Ulanish tekisligi bo’yicha minerallarni quyidagi 5 ta shakllarga bulish mumkin:
a) o’ta mukammal (slyuda va xloridlar),b) mukammal (kal’tsid, glenid, tosh tuzi)
v) o’rtacha (dala shpati, magniy kaltsiy slikat),g) nomukammal (apatit, kassidrit, oltingugurt), d) o’ta mukammal bo’lmagan (karund, oltin, platina)
Minerallar ximiyaviy tarkibi va fizikaviy xususiyatlariga qarab ko’yidagi ruguxlarga bo’linadi: 1. Sof elementlar guruxi. Bu guruxga tog’ jinslarida kam uchraydigan: oltin, platina, olmos, grafit va oltingugurt kiradi. Ular tabiatda, asosan, sof xolda uchraydi.
Minerallar ximik tarkibi va fizik xususiyatlariga qarab quyidagi guruxlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |