Qurilish maydonini tayyorlash. Bu jarayon salbiy ta’sir ko’rsatuvchilarning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Jumladan:
chiqindilarning paydo bo’lishi va ifloslangan avtotransportlarning harakati;
er yuzasidagi suv resurslarning ifloslanishi;
tuproq eroziyasi;
landshaftlarning o’zgarishi.
Yuqoridagi ekologik muammolarning oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlarni qo’llash lozim:
qurilish maydonida chiqindilarni tashuvchi avtotransportlarni va ularning rezina kameralig’ildiraklarini tozalovchi maxsus joylar bo’lishi;
chiqindilarni tashlash uchun maxsus joy ajratish, chiqindilarni yopiq holda tashish;
chiqindini va ortiqcha tuproqni tashish;
ishlab chiqarishga oid va maishiy suvlarni tozalashni tashkil etish;
qazish jarayonida yer osti suvlarining to’kilishini va ularni kuchsiz tuproq bilan sun’iy ravishda mustahkamlanishi paytidagi ifloslanishni oldini olish;
qurilish maydonidagi oqova suvlarni yerni o’pirib ketishidan saqlash;
to’g’ri rejalashtirilgan vaqtinchalik avtoyo’llar va yo’laklar;
Payvandlash, binolar tomlarini yopish, devorlarni pardozlash jarayonidagi ta’sirlarning oldini olish uchun tez yonuvchan va o’zidan zaharli moddalar chiqaradigan mahsulotlarni to’g’ri aralashtirish hamda ularni tashishni to’g’ri tashkil etish chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak.
Tosh va beton ishlari. Ishning bu turi quyidagi ekologik muammolarning paydo bo’lishi bilan bog’liq: havoning changlanishi, to’lqin tarqatuvchi, shovqinli yuklar va h.k.
Yuqoridagi ekologik muammoning oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlar ko’rilishi lozim:
qurilish maydonida tabiiy toshlarni qayta ishlash uchun maxsus joylar ajratish;
shovqindan, to’lqindan saqlovchi va changni tutib qoluvchi belgilangan talablarga mos qurilmalar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
2.Qurilish jarayonining biosfera tarkibiy qismlariga salbiy ta’sirlari va ularni kamaytirish quyidagilardan iborat:
1. Gidrosferaga bo’ladigan ta’sir asosan yer qazish ishlaridan chiqqan suvlarni tindirib keyin irrigatsion tizimga quyish talab qilinadi.
2. Atmosferaga bo’ladigan ta’sirlar ifloslanish, shovqin, chang. Bu ta’sirlar qurilish bosqichida amalga oshadi. Ifloslanish har xil texnikalarning harakati, ishlashi jarayonida sodir etiladi. Tuproqni yumshatish, qazish, to’ldirish, tekislash, portlatish ishlarida chang ko’tariladi va atrof-muhitga shovqin tarqaladi.
3. Litosferada asosiy ta’sir tuproq resusrlariga bo’lib, bunda tuproqning unumdor qatlamiga zarar yetadi va ma’lum darajada ifloslanadi. Buning oldini olish uchun ish jarayonida suvdan foydalanish va namlik yetarli sharoit bo’lishi kerak.
Biosferaga bo’lgan ta’sir qurilish jarayonida va foydalanish davrida yuz beradi. Shovqin-suron hayvonlarni maydon (areal)larini o’zgartirishga sabab bo’ladi. Buning oldini olish uchun avval shu yerdagi hayvonlarning fizologiyasini o’rganish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |