KEYQ ni amaliy masalalarni echishga qo'llash. Bu algoritmni quyidagi masalalarni echishda muvaffaqiyatli qo’llash mumkin:
Bank tizimi. Bank tizimida shaxs kredit olishga mos keladimi yoki yo’qmi, bu shaxsda soliq to’lamydigan shaxslarning xususiyatlari mavjudmi yoki yo’qmi kabi masalalarni aniqlashda qo’llaniladi.
Kredit reytinglarini hisoblash. Shaxsning kredit reytingini aniqlash uchun o’xshash xususiyatlarga ega insonlar bilan taqqoslashda oydalanish mumkin.
Siyosat. Potentsial saylovchini "Men ovoz beraman", "Men ovoz bermayman", "Parlamentga ovoz beraman", "Men Adolat partiyasiga ovoz beraman" kabi turli sinflarga ajratishda qo’llash mumkin.
KEYQ algoritmidan nutqni tanib olish, qo'lyozmalarni tanib olish, tasvirlarni va videolarni aniqlash kabilar masalalarni echishda qo’llash mumkin.
Ushbu algoritmning dasturiy ta’minoti 11.20 va 11.21 - rasmlarda keltirilgan.
11.20. –rasm.
OT klasterlarga ajratishda klasterlar soni oldindan ma’lum bo’lganda, OTni qisman presedentli prinsipga asoslangan algoritm asosida klasterlashda EHMda bajariladigan operasiyalar soni tanlanmadagi belgilar soni ga nisbatan lar soniga ko’proq bog’liq, chunki tanlanmadagi har bir obyekt Z sifatida qatnashadi va har bir Z ga nisbatan hosil bo’ladigan klasterlar soni obyektlarning o’rin almashishlari soni bilan aniqlanadi. 11.21 – rasm.
11.22 – rasm
7. Klsterlash dasturlar paketi va uning tasnifi 7.1. Dasturiy paket strukturasi Dasturiy ta’minotning funksional strukturasi 7 ta asosiy va 6 ta qo’simcha ichki modullardan iborat(11.36-rasm):
1. Asosiy modul - barcha modullarni boshqaradi.
2. OTni eng uzoqda joylashgan yadrolar asosida klasterlash moduli – OTni eng uzoqda joylashgan yadrolar asosida klasterlashni amalgam oshiradi.
3. OTni yadrolarni ixtiyoriy tanlash asosida klasterlash moduli - OTni yadrolarni ixtiyoriy tanlash asosida klasterlashtiradi.
4. OTni yadrolarni ketma-ket hosil qilish asosida klasterlash moduli - OTni yadrolarni ketma-ket tanlash asosida klasterlash amalga oshiriladi.
5. OTni klasterlarni tanlash asosida klasterlash moduli – OTni yadrolarni tanlash asosida klasterlash amalga oshiriladi..
5.1. Klasterlar soni oldindan berilganda klasterlash moduli – OTni klasterlar sonini oldindan berish asosida klasterlash amalga oshiriladi.
5.2. Yadrolarni Chebishev masofasi yordamida topish moduli – OTni Chebishev masofasi yordamida klasterlash amalga oshiriladi.
5.3. Yadrolar asosida klasterlash moduli – OTni yadrolar asosida klasterlash amalga oshiriladi.
6. Qisman presedentli algoritmlar asosida klasterlash moduli - OTni qisman presedentli prinsip asosida klasterlash amalga oshiriladi.
6.1. Maksimal quvvatga ega bo’lgan yadro obyektlar asosida klasterlash moduli – OTni maksimal quvvatga ega bo’lgan lar asosida klasterlash amalga oshiriladi.
6.2. Yadro obyektlar asosida klasterlash moduli – OTni yadro obyektlar asosida klasterlash amalga oshiriladi.
6.3. Yadro obyektlarning belgilarini ketma-ket tanlash asosida klasterlash moduli - OTni yadro obyektlarning belgilarini ketma-ket tanlash asosida klasterlash amalga oshiriladi.
Dasturdan chiqish moduli – dasturdan chiqishni ta’minlaydi.