11-mavzu: mustaqillik yillarida qoraqalpog‘iston respublikasi reja



Download 495,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana14.06.2022
Hajmi495,03 Kb.
#667362
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-Ma'ruza



11-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA QORAQALPOG‘ISTON 
RESPUBLIKASI 
Reja: 
1. Mustaqil Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashkil topishi va undagi 
davlat boshqaruvi. 
2. O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining huquqiy holati. 
3. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyoti. 
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’naviy-madaniy va ta’lim sohadagi 
yangilanishlar. 
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik 
holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati. 
Darsning 
asosiy 
maqsadi:
Talabalarga mustaqil Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining tashkil topishi va undagi davlat boshqaruvi, O‘zbekiston 
Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy 
holati, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik 
holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati haqida asosiy tushunchalarni 
yetkazish. 
Tayanch iboralar: 
Qoraqalpog‘iston. Jo‘qorg‘i kengesi. Nukus. To‘rtlo‘l. 
Chimboy. Xo‘jayli. Orol fojiasi. 
 
1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.
 
1990 yil 14- dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi 
o‘zining XV sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi” Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur 
Deklaratsiya 1991 yil 31 - avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi 
davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi” qonunda ham o‘zining huquqiy asosini 
topib, 1 va 17 - moddalarida Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va 
mustaqilligi e’tirof etildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va 
madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul 
qilingan Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) ham o‘z aksini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
maqomi alohida bobda mustahkamlangan (XVII bob). O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 70-moddasida “Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi» deyiladi. 
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida 
“Qoraqalpog‘iston - O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren 
demokratik respublikadir” deb mustahkamlangan.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kirishi hamda 
ular O‘rtasidagi O‘zaro dO‘stona munosabatlarning huquqiy asosi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘z davlat ramzlariga ega ekanligini belgilaydi;


- suveren hamda mustaqil davlat ekanligining kafili;
- davlat va ma'muriy hududiy tuzilish masalalarini mustaqil hal qilishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasining 15-bandida 
“O‘zbekiston Respublikasining Oliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga muvofiqligi haqida 
O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudiga taklif kiritish” huquqi belgilangan. 81-
moddasida esa “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining 
vakolatlari jumlasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini va Oliy Majlisning 
boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va boshqa 
hujjatlarini hayotga tatbiq etishni tashkil qiladi” deyilgan.
Ushbu konstitutsiyaviy normalardan xulosa qilib aytish mumkinki, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelsa, O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari amalda bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida 
O‘zbekiston 
va 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
Konstitutsiyalari va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. O‘zbekiston 
fuqarolari uchun majburiy bo‘lgan qonunlar uning tarkibiga kiruvchi 
Qoraqalpog‘iston hududida ham majburiydir. 
Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun xalq 
bayrami sifatida e'lon qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 
ahamiyati 

Download 495,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish