3. Buxgalteriya hisobi tizimlari
Moliyaviy ma’lumotdan samarali foydalanish uchun u ma’lum bir standart
shaklida taqdim etilgan bo‘lishi lozim. Moliyaviy hisobotlar tizimini o‘rganuvchi
predmet yoki fan
buxgalteriya hisobi
deyiladi. Buxgalteriya hisobi tizimlari
umumiy moliyaviy tizim infratuzilma-sining eng muhim qismi hisoblanadi.
Ma’lumki, dastlab buxgalteriya hisobi tizimlari moliyaviy bitimlar tuzish
jarayonlari evolyutsiyasi bilan birga parallel ravishda rivojlangan. Arxeologlar
eramizdan avvalgi 2000 yillarga tegishli qadimgi Vavilonda tuzilgan moliyaviy
operatsiyalar bo‘yicha murakkab va batafsil hisobotlarni topishgan. Hozirgi
kungacha buxgalteriya hisobi tizimining rivojlanishida asosiy “sakrash” bo‘lgan
ikki tomonlama yozish uslubidagi buxgalteriya hisobiga o‘tish – Italiyada –
Uyg‘onish davrida sodir bo‘ldi. Mazkur uslubning yuzaga kelishida savdo va bank
ishlari sohasidagi murakkab moliyaviy operatsiyalarni kuzatib borishga bo‘lgan
talab rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi.
Buxgalteriya hisobi - bu, kundalik va umumiy ma'lumotlar olish maqsadida
ayrim korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo'jalik
faoliyatini
uzluksiz
ravishda
kuzatish
va
nazorat
qilish
tizimidan
iboratdir.~Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to'liq, ishonarli, o'z
vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgalterlya hisobining boshqa axborotlari bilan
ta'minlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobining bir nechta funksiyalari mavjud.
Rejalashtirish funksiyasi. Rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va
moddiy vositalar ehtiyojiga asosan hisoblash, taxmin qilinayotgan daromad
(foyda), mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini rejalashtirish, shuningdek, qo'yilgan
maqsadga erishish yo'lIarini izlash.
Nazorat funksiyasi. Ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy ko'rsatkichlarning
haqiqatda bajariJishi va biznes-rejalarda mo'ljallanganini kuzatish, ya'ni xatti-
harakatlar mo'ljallangan rejaga qanchalik muvofiqligini belgilash.
Axborot funksiyasi. Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida
to'liq va ishonchIi axborot bilan ta'minlashni bildiradi. Bu funksiya qo'yilgan
maqsadlarni amalga oshirish uchun korxona 6 rahbari, tashqi investorlar va
foydalanuvchilarga asosan moliyaviy axborotga asoslanadigan sarnara1i axborot
tizimi zarurligi natijasida kelib chiqadi. Tahlil (baholasb) Korxonaning moliyaviy-
iqtisodiy holatini yaxsbilash maqsadida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul
qilingan strategiya va taktikasini baholash hamda tahlil qilish jarayonidir. Tahlil
natijasida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab chiqish, mavjud
rezervlar hajmini belgilash, uskunalar, mehnat va xomashyo resurslaridan
foydalanish darajasini oshirish, shuningdek, moddiy resurslar bilan uzluksiz
ta'minlashni yo'lga qo'yish.
Hisob funksiyasi. Korxona xo'jalik faoliyatining hujjatlar asosidagi yalpi,
uzluksiz va o'zaro bog'langan ifodasidir.
Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo'yiladigan talablar tubdan o'zgarmoqda.
Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqarorligini oshirishga imkon
beradigan yo'llami ko'rsatib berishi, iqtisodiy tahlil, umuman korxonaning pul
oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya'ni moliyaviy menejment bilan
shug'ullanishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va
hisob ishlariga oid me'yoriyhuquqiy hujjatlami bilishlari lozim. Ana shundagina
buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin. Mavjud xalqaro
amaliyot buxgalteriya hisobini me'yorlar yordamida boshqarishning 4 darajali
tizimini ko'zda tutadi.
Birinchi daraja - qonun hujjatlari, masalan, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi
Qonun.
Ikkinchi daraja - asosiy qoidalar majmui, ya'ni buxgalteriya andozalari.
Mazkur darajada buxgalteriya tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki,
toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog'liq shaxslar tomonidan bir xilda talqin
etilsin.
Uchinchi daraja - turli idoralar tomonidan turli tarmoqlar va um.uman
mamlakat bo'yicha ishlab chiqiladigan, buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha
xilma-xil uslubiy ko'rsatmalar, tavsiyalar.
To'rtinchi daraja - hisob siyosatini belgilash va hujjatlar aylanishini yuritish
uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o'zgartirish
keyingi vaqtda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunga, birinchidan, xalqaro
bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o'rtasida munosib muomala tili
bo'lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining rivojlanishi, ikkinchidan, xalqaro
andozalami chuqur o'rganish va ulami mamlakatimiz arnaliyotida keng qo'llanish
zarurligi sabab bo'layotir. Shu boisdan harn buxgalteriya hisobining milliy
andozalarini ishlab chiqishda bevosita xalqaro andozalarga tayanilmoqda.
Buxgalteriya hisobining milliy andozalarini arnalga kiritish zarurati. asosan,
buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va
umumlashtirish, asosiy tushunchalami bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya
usullarini hisobga olgan holda O'zbekiston Respyblikasida hisobning o'ziga xos
xususiyatlarini qo'llashdan iborat.
Hisob yuritish siyosati deganda, xo'jalik yurituvchi subyekt rahbarining
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda
yuritish hamda tuzish uchun qo'llaniladigan usullar majmui tushuniladi. Xo'jalik
yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish
siyosati va moliyaviy hisobot» nornli I-son BHMS asosida taqdim etiladigan
moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi. Xo'jalik yurituvchi
subyektning hisob yuritish siyosati, foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli,
ishonchli, tushunarli va oddiy 13 bo'lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi
boshqa subyektlaming moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi
kerak. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq
yo'nalishi bo'yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllantirilishida
O'zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlarini
qo'llash lozim. Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga
quyidagi omillar ta'sir etadi:
• mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;
• faoliyat turi yoki tarmoq bo'ysinuvi;
• ishlab chiqarish ko'larni hamda ishchi xodimlar soni;
• soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);
• bozor munosabatlariga o'tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi;
• moliya-xo'jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;
• boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;
• korxonani ma'lumotlar bilan ta'minlashning samarali tizimi mavjudligi;
•buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining
tashabbuskorligi; .
• moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo'yicha moddiy javobgarlik tizirni.
Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun
tanlangan usullar ma'muriy hujjat e'lon qilingan yildan keyingi yilning l-
yanvaridan boshlab qo'llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo'jalik
yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo'jalik yurituvchi subyekt
birinchi hisobotini e'lon qilgunga qadar, o'zi tanlagan hisob yuritish siyosatini
rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun
ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati
o'zgartirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 13-apreldagi “Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida”gi O‘Zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish haqida O‘RQ-404-son qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” qonuni yangi tahrida qabul qilindi.
Ushbu
Qonunning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar
asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va
umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida
moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida
ikkita schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li
bilan ikkiyoqlama yozuv usulida yuritiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida
ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida
hamda undan tashqarida joylashgan sho’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari
va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi subyektlaridir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik
shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va
boshqa tarkibiy bo‘linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi
hamda hisobot taqdim etadi.
Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar,
foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari
buxgalteriya hisobining obyektlaridir.
Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya
hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi
subyektining rahbari amalga oshiradi.
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari quyidagi huquqlarga ega:
buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi
xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan
foydalanish;
buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik
tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini
yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma
asosida yuklash;
buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi
moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul
mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
buxgalteriya balansi;
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
pul oqimlari haqidagi hisobot;
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga
ajratilgan
o‘z
vakolatxonalarining,
filiallarining
va
boshqa
tarkibiy
bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini
kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
Document Outline - 11-mavzu: Moliyaviy infratuzilma
- Reja:
- 1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi
- 2. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari
- 3. Buxgalteriya hisobi tizimlari
- 1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi (1)
- Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdolarni tashkil etish ma’lum tartib va xususiyatlarga ega. Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdolarni tashkil etish fond birjalari, qonun hujjatlariga muvofiq fond bo‘limini tashkil qilgan boshqa birjalar hamda qimmatli qog...
Do'stlaringiz bilan baham: |