11-mavzu. Moliyaviy hisobot
1.
Moliyaviy hisobotning mazmuni va tarkibi. Moliyaviy hisobot tuzish
va uni tashkil etish.
2. Moliyaviy hisobotlar va ular orasidagi bog’liqlik, Hisobotlar
diagrammasi, sinov balansi. Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning
tarkibi.
2.
Pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tuzish va uni to’ldirish. Xususiy kapital
to’g’risidagi hisobotni tuzish.
Moliyaviy faoliyat tushumlari.
Tushuntirish
xatlari va ilovalar.
1.
Moliyaviy hisobotning mazmuni va tarkibi. Moliyaviy hisobot tuzish
va uni tashkil etish.
O’zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko’rsatayotgan barcha xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar
belgilangan tartib, muddat va shakllarda hisobotlar taqdim
kilishlari shart. Respublikamizda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar
talablari darajasiga yaqinlashtirish va soddalashtirish ustida jiddiy ish olib
borilmoqda. Moliyaviy hisobotlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ma’lum davr
ichidagi moliyaviy–xo’jalik
faoliyati natijalari, asosiy vositalari harakati, pul
oqimlari to’g’risidagi va ma’lum sanadagi aktivlari, majburiyatlari va xususiy
kapitalining holati haqida axborotlar beradi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish, odatda uning kontseptual asoslariga tayangan
holda amalga oshiriladi.Kontseptual asos eng avvalo quyidagilarni hal qilish uchun
zarur:
mavjud kontseptsiya va tamoyillar
asosida tizim tuzish;
yangi amaliy qiyinchiliklar vujudga kelganda ularni echish uchun algoritm
yaratish;
moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilarda ularni tushunish darajasini
oshirish;
turli korxonalar moliyaviy hisobotlari raqobatbardoshligini oshirish.
Moliyaviy hisobotlarning kontseptual asoslari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1) Moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishning maqsadi (va hal qilinishi uchun
moliyaviy ma’lumotlar talab qiladigan vazifalar);
2)
Buxgalteriya hisobotining sifat tavsiflari (asosiy xususiyatlari);
3)
Moliyaviy hisobotlarning elementlari;
4)
Moliyaviy ma’lumotlarni e’tirof etish (tan olish) va o’lchash mezonlari;
5)
Ma’lumotlar tizimini tuzish tamoyillari.
Ko’rinib turibdiki, moliyaviy hisobotlar kontseptsiyasining
bosh masalasi
bo’lib moliyaviy hisobotlar taqdim qilishning maqsadini aniqlash hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BXMS)da moliyaviy hisobotlarning
maqsadi quyidagicha qilib belgilangan: «Moliyaviy hisobotlarning maqsadi
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati,
faoliyat natijalari va mo-
liyaviy holatidagi o’zgarishlar haqida axborotlar taqdim qilish hisoblanadi»
1
.
Garchand, ushbu maqsadlar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotlar ko’pchilik
foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirsada, foydalanuvchilar uchun iqtisodiy
qarorlar qabul qilish uchun kerak bo’lishi mumkin bo’lgan axborotlarni etkazib
bera olmaydidilar, chunki ularda o’tgan jarayonlarning
moliyaviy natijalari aks
ettiriladi va moliyaviy tavsifda bo’lmagan ma’lumotlar ular tarkibiga kirmaydi.
SHunga qaramasdan, ishonchli va o’z vaqtida taqdim qilingan moliyaviy hiso-
botlardagi axborotlar ulardan foydalanuvchilarga korxonaning moliyaviy ho-latini
baholash va korxona faoliyati bilan bog’liq bo’lgan
moliyaviy va iqtisodiy
qarorlar qabul qilish uchun etarlicha imkon beradi
Moliyaviy hisobot kontseptsiyalari moliyaviy hisobotlarni tuzish tartib
qoidalarini belgilab berar ekan, ularni tuzishga qo’yiladigan talablar (buxgalteriya
hisobi axborotlarining sifat xususiyatlari), taqdim qilinayotgan axborotlarning
minimal tarkibi (moliyaviy hisobot elementlari) va ular hal qilishi mumkin bo’lgan
asosiy masalalar mazmunini ham asoslab beradi. MHK ko’ra, mo-liyaviy
hisobotlarni tuzishdan maqsad ulardan foydalanuvchilarga
taqdim qilinayotgan
axborotlar asosida quyidagi vazifalarni xal qilish imkonini berish kerak: