Predmet amaliy ta’lim darslarida ishni tashkil qilish
shakllari va ish turlari
Yuqorida aytib o’tganimizdek, predmet amaliy ta’lim darslarida faoliyatni tashkil qilishning turli shakllaridan foydalaniladi.
O’qituvchining sinf bilan yalpi (frontal) ishi.
«Kichik o’qituvchi bilan ishlash».
Guruh bo’yicha ishlash.
Juftlik bilan ishlash.
O’quvchilarning yakka ishlashi.
Faoliyatni tashkil qilishning har bir shakli o’z maqsad va vazifalariga ega hamda o’qitishning aniq bir vazifasini hal qilish uchun qo’llaniladi.
Predmet amaliy ta’lim darsi uchun tashkiliy shakllarni navbatma-navbat o’zgartirib qo’llash samara keltiradi.
Jamoa bo’lib, o’qituvchi yordamida ishlanganda o’quvchilar ko’proq harakat bajaradilar. Shuning uchun bu usulni yangi mavzu asosida egallanishi kerak bo’lgan ko’nikma, malakalarga o’rgatishda qo’llash maqsadga muvofiq. O’quvchilar egallagan ko’nikma va malakalar yakka holda ishlashda mustahkamlanadi.
Ishning tashkiliy shakli dars maqsadi, mazmuni, egallash uchun ajratilgan nutqiy materialdan kelib chiqqan holda tanlanadi.
O’qituvchining sinf bilan ishlashi
Faoliyatni tashkil qilishning ushbu shakli tayyorlov sinfidan boshlab qo’llaniladi. O’qituvchi yordamida yalpi ishlanganda o’quvchilar bir hil topshiriqlarni bir hil usulda bajaradilar.
O’qituvchi o’quvchilar faoliyatini tashkil qiladi, uning nutqi namunaviy hisoblanadi. Quyidagi ish turlarini keltiramiz:
Namuna bo’yicha topshiriqni bajarish.
O’qituvchi ish namunasini ko’rsatadi, predmet nomini aytadi (masalan, olma) va topshiriq beradi:
Olma rasmini chizing - chizdim.
Olmani bo’yang - bo’yadim.
Band chizing - chizdim.
Bandni bo’yang - bo’yadim.
2. Namunadan farqli buyum tayyorlang.
O’qituvchi ish namunasini ko’rsatadi.
O’quvchilar predmetni muhokama qiladilar (rangi, hajmi, nima chizilganligi va hokazo).
So’ngra o’qituvchi o’quvchilarga namunadan farq qiluvchi predmet yasashni buyuradi. Masalan, namunada qizil olma rasmi chizilgan.
Topshiriq: - Sariq olma chizing.
- Yashil olma chizing.
- Kattaroq olma chizing.
3. O’qituvchi topshirig’ini bajarish. (Tayyorlov sinfdan boshlanadi).
Topshiriqlar o’zida buyumni yasash uchun muhim bo’lgan talablar, jarayon (operatsiya)larni mujassam etadi. Ish quyidagicha kechishi mumkin.
Bunda o’qituvchi avval 1 ta topshiriq beradi, o’quvchilar uni bajaradilar yoki o’qituvchi birdaniga bir necha topshiriq berishi va o’quvchilar uni birin-ketin bajarishlari mumkin.
Topshiriqlarning nutqiy bezagi predmet amaliy ta’lim va nutq o’stirish bo’yicha dastur talablaridan kelib chiqadi.
Topshiriqlar og’zaki va yozma ravishda (doskada yoki kartochkalarda) berilishi mumkin.
Bunda o’quvchilarning topshiriqlarni to’g’ri bajarishlarini nazorat qilish zarur, chunki bajarish orqali o’quvchilarda tushunchalar shakllanadi, atrofdagilar nutqini tushunish rivojlantiriladi.
4. Rasm yoki chizma asosida topshiriq bajarish. (1-sinfdan boshlanadi).
Bu ish turi darsga o’yin vaziyatini olib kiradi. U ko’pincha mozaika va konstruktor bilan ishlashda qo’llaniladi. O’qituvchi biror predmet tavirlangan rasm yoki naqshni ko’rsatadi va olib tashlaydi. Bolalar xotiraga tayanib ish bajaradilar! Ishni tugatgach, nima qilgani, ish uchun nimalar kerak bo’lgani haqida hisobot beradilar.
5. «Huddi shunday qil» topshirig’ini bajarish. (1-sinfdan boshlanadi).
Buyum namunasi ko’rsatilgach, uning tayyorlanishi haqida hikoya, matn o’qiladi.
Bolalar ishni matn mazmuniga ko’ra bajaradilar.
Bu ish turi «Nutq o’stirish» darsligi va ilovasidagi buyumlarni yasash uchun berilgan mavzularni amalga oshirishda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |