11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Talabalar  mustaqil  ta‘limini  baxolash mezoni



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/352
Sana07.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#111185
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   352
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

                      Talabalar  mustaqil  ta‘limini  baxolash mezoni. Talabalarning  
mustaqil  ishi  bo‘yicha  faoliyati  o‘quv  rejasidagi xar  bir  fan  uchun  mustaqil  ishga 
ajratilgan  soatdan  kelib  chiqqan  xolda  xisoblangan  ballar  bo‘yicha  reyting  tizimi 
asosida baxolanadi. 
      Talabaning  mustaqil  ta‘lim  bo‘yicha  reytingi  «Talabalar  bilimini 
baxolashning reyting tizimi xaqida» nizomga ko‘ra aniqlanadi. 
      Talabaning  mustaqil  ta‘lim  bo‘yicha  faoliyatini  baxolashda  uning 
topshiriqlarni  qanchalik  tuliq,  to‘g‘ri  va  sifatli  bajarilganligi,  Yangi  bilimlarni 
o‘zlashtirish  darajasi,  topshiriqlarni  bajarishga  qanchalik  ijodiy  yondashganligi, 
topshiriqlar  bajarish  muddatiga  qanchalik  amal  qilganligi  xisobga  olingan  xolda 
ball qo‘yiladi.  
      Eng  yaxshi  bajarilgan  topshiriqlar,  referatlar,  ma‘ruza  matnlari  va  shu 
kabilar talaba nomi bilan  institut saytiga kiritiladi. 
   Kelajagi  buyuk  davlatni  bunyod  etishda  yangicha  fikrlaydigan,  bozor 
munosabatlari sharoitlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatadigan yuksak malakali, 
chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabidir. Mamlakatimiz rivojlangan 
davlatlar  qatoridan  mustahkam  o‘rin  egallashi uchun  zamonaviy  axborot  tizimlari 
va  texnologiyalarini  inson  faoliyatining  barcha  jabhalariga,  shu  jumladan  ta‘lim 
tizimiga  keng  joriy  etish  muhim  omillardan  biridir.  Oliy  ta‘lim  muassasalarining 
o‘quv-tarbiya  jarayonida  mustaqil  ta‘limni  samarali  tashkil  etishning  psixologik 
asoslarida  talabalarning  mustaqil  bilim  olishi  ularda  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini 
shakllantirishning  asosiy  elementlaridan  biri  hisoblanadi.  Shu  sababli  fan 
o‘qituvchisi oldida: 
• talabalarning            ilmiy            dunyoqarashini            shakllantirish            va 
rivojlantirishda fanning ahamiyatini oshirish; 
• mustaqil  ta‘lim  mashg‘ulotlarini  ishlab  chiqish  va  uni  talabalar 
tomonidan o‘zlashtirish samaradorligini oshirish; 
• talabalarning    bilish      faoliyatini    va    o‘zlashtirish    darajalarini 
rivojlantirish asosida o‘qitishning usul va shakllarini takomillashtirish; 
• ta‘limda      zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  qo‘llash  usullarini 


ishlab chiqishdek muxim vazifalar turadi. 
Bu  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  ta‘limda  talabalarning  mustaqil  bilim 
olishini  kuchaytirishga  qaratilgan  topshiriqlar  yordamida  amaliy  dasturlardan 
foydalanishga o‘rgatish zarur. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2005 yil 25 
fevraldagi  34-sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  va  2005-2006  o‘quv  yilidan 
boshlab o‘quv jarayoniga kiritilgan «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat 
qilish va baholash tartibi to‘g‘risida»gi namunaviy Nizomda «Talabaning mustaqil 
ishi-o‘quv  rejasida  muayyan  fanni  o‘zlashtirish  uchun  belgilangan  o‘quv 
ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u uslubiy va axborot resurslar bilan ta‘minlanadi 
hamda bajarilishi reyting tizimi asosida nazorat qilinadi», deb qayd etilgan. Bu esa 
talabalarga fanlardan mustaqil ish topshiriqlari berish orqali ularni mustaqil ta‘lim 
olishga  undashni  talab  etadi.  Talabalar  mustaqil  ta‘limi  tashkiliy  shakllari 
o‘qitilayotgan  fan  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  tegishli  kafedralar 
tomonidan  aniqlanadi.  Guruxdagi talabalarning o‘zlashtirish  darajalari va shaxsiy 
qobiliyatlarini  e‘tiborga  olib  mustaqil  ta‘lim  topshiriqlari  to‘plamlari  ishlab 
chiqiladi.  Hozirgi  zamon  talabiga  javob  beradigan  pedagogik  kadrlarni 
tayyorlashda  mustaqil  ta‘limni  tashkil  etish  katta  ahamiyatga  ega.  Lekin,  o‘quv 
jarayonida  kompyuter  vositalari  yordamida  talabalarning  fanlarni  mustaqil 
o‘zlashtirishi  va  o‘zlashtirgan  bilim  darajalarini  aniqlovchi  kompyuter  dasturini 
yaratish  va  undan  foydalanish  metodikasi  hamda  uni  takomillashtirish  еtarli 
darajada  o‘rganilmaganligi,  ayniqsa,  zamonaviy  kompyuter  texnologiyalari  va 
kommunikasiya vositalaridan foydalanib mustaqil ta‘limni tashkil etishga еtarlicha 
e‘tibor  berilmayotganligi  sezilmokda.  Shuning  uchun  ham  hozirgi  kunda  oliy 
ta‘lim  tizimida  fanlardan  mustaqil  ta‘limni  tashkil  etish  va  talabalarning  bilim 
olishi uchun kompyuter dasturlari yaratish hamda ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida 
foydalanish  metodikasini  ishlab  chiqish  dolzarb  masalalardan  biri  ekanligi 
shubhasizdir. 
   Respublikamizda «Ta‘lim to‘g‘risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi»  qabul  qilinganligi  natijasida  ta‘lim  tizimida  zamonaviy  pedagogik 


texnologiyalardan  foydalanib  o‘quv-tarbiya  jarayoni  sifatini  yaxshilash,  ta‘lim 
tizimida  yangi  axborot  texnologiyalaridan  samarali  foydalanish,  jumladan, 
kompyuter  texnologiyalari  imkoniyatlaridan  foydalangan  holda  ta‘lim  sifatini 
oshirish, o‘quv jarayoniga oid zamonaviy o‘quv-nazorat dasturlari ishlab chiqishga 
bo‘lgan  talab  kuchaymoqsa.  Shu  sababli  ta‘lim  sifatini  yaxshilash  yo‘lida 
uchraydigan muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-metodik ishlarga zaruriyat 
yanada ortib bormoqda.  
Mustaqil 
 
ta‘lim 
topshiriqlari 
va 
ularning 
mazmunini 
ishlab 
chiqish;  talabalarning  mustaqil  ta‘lim  mazmunini  o‘zlashtirishlari,  ularning  bilim 
darajalarini  aniqlovchi  pedagogik  dasturiy  vosita  yaratish  va  undan  foydalanish 
metodikasini  ishlab  chiqish;  talabalarning  mustaqil  ravishda  o‘zlashtirgan 
bilimlarini  aniqlash  uchun  kompyuter  dasturidan  fanni  o‘qitishda  foydalanish 
metodikasini ishlab chiqish. 
Talabalarning faolligini oshirishda ularning mustaqil bilim olishi muxim o‘rin 
tutsa,  ularning  mustaqil  olgan  bilim  darajasini  aniqlash  jarayonida  esa,  ularning 
mustaqil  ishlashi  turadi.  Talabaning  mustaqil  bilim  olishida  mustaqil  ta‘limni 
tashkil etish uslubiyatining o‘ziga xos talablarini xisobga olish zarur. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish