Internetda asosan quyidagi xizmat turlari yo‘lga qo‘yilgan: - E-mail – xat va xabarlarni uzatish.
- Usenet –Elektron e’lonlar (teleanjuman)
- WWW (Word Wide Web-butun dunyo o‘rgimchak to‘ri) – axborotni qidirish.
- FTP (File Transfer Protokol – fayllarni uzatish bayoni).
- Telnet – uzoqdagi kompyuter bilan bog‘lanish.
- Gopher – matnli hujjatlarni ko‘rish.
Internetning qulaylik sohalaridan biri elektron pochtadir. Elektron pochta kompyuterlarning o‘zaro ma’lumotlar ayirboshlash maqsadida kompyuter tarmog‘iga birlashtirishdir. U Internetning eng tarqalgan hizmat ko‘rsatish turidir. Hozirgi kunda elektron pochtada o‘z adresi bo‘lganlar soni tahminan 100 million kishidan oshib ketdi va foydalanuvchilar soni soat, kun sayin oshib bormoqda.
Elektron pochta (E-Mail) – INTERNETning eng ko‘p tarqalgan xizmatlaridan biri. Elektron pochta orqali jo‘natilgan xat 5-10minut ichida dunyoning xoxlagan burchagiga yetib borishi mumkin. Bu uning oddiy pochtadan qancha tezligini ko‘rsatadi. Oddiy telefondan afzallik tomoni esa uning nisbatan juda arzonligidir. Marshrutlashtiruvchi (Router) Internetda ma’lumotlar oqimini qulay va yaqin yo‘l bilan manzilga yetkazushni rejalashtiruvchi va amalga oshiruvchi programmalar majmui.
Telnet programmasi uzoqda joylashgan kompyuter tarmog‘iga kirish vositasi bo‘lib, shu bilan birga INTERNETda mavjud ma’lumotlar bazasiga ham kiradi. U quyidagi buyruq yordamida ishlaydi.
TELNET xos kompyuterlar nomi.
Misol: TELNET
Bunda siz Amerika matematika jamiyatiga xos kompyuter bilan ulanasiz. Shunday qilib TELNET ikki kompyuterni bir-biri bilan bog‘lab, ma’lumot olish imkoniyatini beradi. TELNET orqali xos kompyuter bilan bog‘lanilganda undagi programmalar avtomatik ravishda ishga tushib ketishi va xos kompyuterda mavjud turli ma’lumotlar tezgina olinishi mumkin.
TELNET programmasi emulyasiya qiluvchi programmadir. Ya’ni agar siz klaviaturadan uzoqdagi kompyuterga jo‘natilayotgan buyruqlarni tera boshlasangiz, siz bu buyruqlar bajarilishini natijasini o‘z monitor ekraningizda ko‘rib go‘yoki o‘z kompyuteringizda ishlayotganingizdek his qilasiz, shuning uchun ham kompyuterda ishlash terminal emulyasiya qilish deb ataladi.
FTP dan TELNETning asosiy farqi shundan iboratki, FTPda uzoqdagi kompyuterga fayl uzatiladi yoki undan qabul qilinadi.
TELNETda esa uzoqdagi kompyuter bilan bog‘lanish natijasi unda mavjud hizmatlar bilan aniqlanadi.
TELNET orqali ulanilsa, uzoqdagi kompyuter bilan ishlash imkoniyati ‘aydo bo‘ladi va siz uzatadigan buyruqlar uzoqdagi kompyuterda bajariladi.
TELNET uzoqlashgan kompyuter bilan bog‘lanishi boshqaruvchi buyruqlarga ega.