Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, yahni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi.
Internet tarmog‘i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog‘ining har bir mijozi o‘zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog‘i mijozlari bilan shaxmat o‘ynashi mumkin.
Internet (International Network xalqaro kompyuter tarmog‘i) – butun dunyoni qamrab olgan global tarmog‘idir. Hozirgi kunda Internet dunyoning 150dan ortiq mamlakatida 100 milionlab abonentlariga ega. Har oyda tarmoq miqdori 7-10% ga ortib bormoqda.
Internet dunyodagi turli hil ma’lumotlarga oid ahborot tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.
Endi Internet tarixiga to‘xtalib quyidagilarni bayon qilamiz.
ARPANET (1970y) AQSHning mudofaa ministrligi tomonidan tashkil qilingan, eng eski kompyuter tarmoqlari hisoblanadi. Uning afzalligi tarkibida turli turdagi kompyuterlar bor tarmoq bilan ishlash qobiliyatiga egaligidir. ARPANET tarmog‘ining rivojlanishi bilan turli tarmoqlarni o‘zaro bog‘lash, ya’ni yagona tarmoq yaratish muammosi yuzaga keladi. Bunday standart 1974 yilda yaratildi. U keyinchalik boshqa kompyuter tarmoqlari bilan birlashtirilib, Internetning qismi sifatida ishlatila boshlandi. Hozirda u MILNET-MILITARY NET (xarbiy tarmoq), CSNET – (Compyuter Science Network) (Kompyuter fanlari tarmog‘i), NSFNET (milliy fan fondi tarmog ‘i) tarmog‘lar sifatida Internetda ishlatiladi.
INTERNET – Internatsional Network (xalqaro kompyuter tarmog‘i) – butun dunyo kompyuter tarmog‘i. U ko‘p kompyuter tarmoqlarini birlashtiradi va TCP/IP qaydnomalarida ishlaydi va kompyuter tarmoqlarini tarmoqlararo INTERFEYS –GATEWAY (shlyuz) orqali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, o‘quv yurtlari, xususiy korxonalar va shahslarning yangi kompyuter texnologiyalari yaratish, joriy qilish va ularning shu sohadagi xarakatlarini birlashtirish uchun hizmat qiladi. Hozirda u butun dunyo qit’alarini o‘ziga birlashtiradi. INTERNET tarkibidagi ba’zi kompyuter tarmoqlari CFNET, NSFNET – o‘z navbatida katta-katta tarmoqlar bo‘lib o‘zlari xam bir necha tarmoqlardan tashkil topgan. INTERNETda TELNET (telefon tarmog‘i) uzoqqa uzatish FTP(Fill Tranberd Protokol) fayllni uzatish, SMTP – oddiy pochta jo‘natish qaydnomalaridan elektron pochta uchun foydalaniladi. Domentlarni nomlash sistemasi – DNS qo‘llaniladi. MCI savdo-sotiq uchun mo‘ljallangan ICT ham INTERNET bilan bog‘langan bo‘lib, o‘z mijozlariga pochta faksini va telefaks xizmatini ko‘rsatadi. NSFNET –AQSHning milliy ilmiy fondi tarmog‘i. USENET (1979) – yangiliklar va elektron pochtaning xalqaro tarmogi.
Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |