1-usuldan quyidagi hollarda bojxona qiymatini aniqlash uchun
foydalanilishi mumkin emas, agar: sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni
tasarruf etishga bo‘lgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud bo‘lsa,
bundan qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar yoxud tovar qayta
sotilishi mumkin bo‘lgan geografik mintaqadagi cheklovlar yoki tovarning
qiymatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydigan cheklovlar mustasno;
tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega bo‘lmagan bitim bo‘yicha
olib kirilgan bo‘lsa;
sotish yoki bitimning bahosi ta’sirini hisobga olish mumkin bo‘lmagan
shartlarga rioya etilishiga bog‘liq bo‘lsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta
ishlash shartnomalari);
tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf
etishdan tushgan tushumning istalgan qismi sotuvchiga bevosita yoki
bilvosita o‘tsa va bunda tovarning qiymatiga ushbu Kodeksning 304-
moddasiga muvofiq tegishli tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘lmasa;
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant yoki bojxona
brokeri tomonidan foydalanilgan ma’lumotlar hujjatlar bilan
tasdiqlangan bo‘lmasa;
bitimning taraflari (sotib oluvchi va sotuvchi) bir-biriga o‘zaro
bog‘liq shaxslar bo‘lsa, bundan ularning o‘zaro bog‘liqligi bitimning
bahosiga ta’sir etmagan hollar mustasno, bu esa deklarant yoki bojxona
brokeri tomonidan isbotlanishi lozim.
Xaridorning baholanayotgan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan
cheklashlar mavjud bo‘lganida 1-usulning qo‘llanilishi ruxsat etiladigan
cheklashlarning fqat uchta turi belgilangan:
1) O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‘ra belgilangan cheklashlar.
Masalan, muayyan tovarni import qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
doirasiga nisbatan cheklashlar va hokazo, ya’ni, yadroviy, kimyoviy,
zaharlovchi moddalar, giyohvandlik moddalari importi faqat qat’iy
cheklangan doiradagi tashkilotlarga ruxsat etiladi.
2) Tovarlar qaytadan sotilishi mumkin bo‘lgan jug‘rofiy mintaqaga
doir cheklashlar. Bunday holda tovarning qaytadan sotilishi bo‘yicha ayrim
shaxslar uchun hududiy cheklashlar nazarda tutiladi.
Masalan, sotuvchi tovarni O‘zbekiston hududida o‘z sotuvchilariga
sotadi va butun hududni ularning har birida bittadan alohida sotuvchi
mavjud 10 ta qismga bo‘ladi. Bunda sotuvchilarning har biri tovarni faqat
muayyan hududda sotishi mumkinligi to‘g‘risidagi shart qo‘yiladi.
3) Tovar qiymatiga jiddiy ta’sir qilmaydigan cheklashlar. Agarda narxga jiddiy ta’sir etadigan shart mavjudligi haqida bayon qilinsa, unda 1-usulning qo‘llanilishi faqat bunday shart natijasida narxning miqdoriy o‘zgarishi hujjatlar asosida belgilangan holdagina mumkin bo‘ladi. Agarda narxga miqdoriy ta’sir qilishni belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin bo‘lmasa, unda baholashning boshqa usullariga o‘tish kerak bo‘ladi.
Misol uchun,sotuvchi tibbiy apparatni xaridor undan O‘zbekiston
Respublikasida faqat xayriya maqsadlarida foydalanadi, degan shart bilan
sotadi. Bunday holda 1-usul qo‘llanilishi mumkin emas, chunki xaridorning
tovardan foydalanish huquqiga nisbatan cheklash mavjud va bu xildagi shart
bitim qiymatiga ta’sir qilishi mumkin. SHuning uchun bu holda
baholashning boshqa usullari qo‘llanilishi kerak.
Misol uchun, avtomobilь sotuvchisi xaridordan ushbu modeldagi
avtomobillarni o‘zi reklama qilmaguncha ma’lum muddatgacha sotuvga
chiqarmay turishini talab qilishi tovar narxiga jiddiy ta’sir
ko‘rsatmaydi. Agarda sotuvchi tibbiy apparatni xaridor undan Respublika
hududida faqat xayriya maqsadlarida foydalanadi, degan shart bilan sotsa
1-usulni qo‘llab bo‘lmaydi, chunki xaridorning tovardan foydalanish
huquqiga nisbatan cheklashlar mavjud va bu xildagi shart bitim qiymatiga
ta’sir qilishi mumkin.