Aholisi eng ko‘p va eng kam bo‘lgan davlatlar (2018 y.)
Aholisi eng ko‘p davlatlar
|
Aholisi, ming kishi
|
Aholisi eng kam davlatlar
|
Aholisi, ming kishi
|
Xitoy
|
1387,1
|
Nauru
|
0,01
|
Hindiston
|
1353,2
|
Palau
|
0,02
|
AQSH
|
325,7
|
San-Marino
|
0,03
|
Indoneziya
|
264,8
|
Monako
|
0,04
|
Braziliya
|
207,9
|
Grenada
|
0,1
|
Pokiston
|
194,0
|
Seyshel orollari
|
0,1
|
Nigeriya
|
190,9
|
Antigua-Barbados
|
0,1
|
Bangladesh
|
164,7
|
Mayot
|
0,2
|
Rossiya
|
199,3
|
San-Tome-Prinsipi
|
0,2
|
Yaponiya
|
126,7
|
Kyurasao
|
0,2
|
Meksika
|
129,2
|
Beliz
|
0,3
|
Manba: Population Reference Bureau. 2018 World Population Data Sheet.
yillarda ham Afrikada bu holat saqlanib qoladi (1-jadval). Oxirgi 30 – 40 yil ichida aholisi tez ko‘payib borishi xos bo‘lgan, rivojlanayotgan davlatlardagi demografik vaziyat qator mutaxassislarni “dunyoda aholi ortiqchaligi paydo bo‘ladi” – degan tashvishga ham olib keldi. Rivojlanayotgan davlatlarda aholi ko‘payishining asosiy sababi o‘limning keskin kamayishi, tug‘ilish darajasining yuqoriligi hamda o‘rtacha umr ko‘rish muddatining oshganligidir. Hozirgi paytda dunyo aholisining deyarli 60 % Horijiy Osiyoda, 16 % ga yaqini - Afrikada, 13 % - Amerikada, 10 % Horijiy Yevropada, 0,5 % - Avstraliya va Okeaniyada hamda 6 % - MDH tarkibiga kirgan davlatlarda istiqomat qilishadi. Aholi sonining tez oshib borishi Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida kuzatilib, ularda aholi yiliga 2,5 – 3,0 % dan ko‘payib bormoqda.
Angliyalik iqtisodchi Semyuel Leng “agar hamma yetarli, qulay, yaxshi sharoitda yashaganda edi, hozir dunyo odamsiz qolgan bo‘lur edi” deydi. Bundan aholining moddiy ahvoli, ma’naviy turmush darajasi yuksalib borar ekan, o‘z navbatida inson psixologik nuqtai-nazardan ko‘p farzand ko‘rishni istamaydi, degan fikr tug‘iladi.
B.S. Urlanis “Moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan oilalarning farzandlari kam sonlidir”, deb iqtisodiy omillarning demografik omillarga ko‘rsatayotgan ta’sirini ifodalab beradi. Shuningdek, u moddiy omil bilan ma’naviy omilning avlodlar almashinuviga hamisha bir xil yo‘nalishda ta’sir etmasligini ham aytib o‘tadi. Aholi takror barpo bo‘lishi, ushbu omillar tasirida bir-biridan farq qiluvchi tiplari vujudga keladi.
Birinchi tip bu guruhga kiruvchi davlatlarda yashovchi aholi o‘rtasida tug‘ilish va o‘limning yuqori darajasi va bunga mos ravishda, aholining kam miqdorda ko‘payishi xos bo‘lib, hozirda ushbu tipga kiradigan davlatlar yer sharida juda kam miqdorda uchraydi.
Ikkinchi tip davlatlariga tug‘ilish miqdori yuqori, o‘lim ko‘rsatkichi tibbiyotdagi erishilgan yutuqlar evaziga keskin kamayib boradi. Aholi yosh tarkibi progressiv, keksa va qariyalar salmog‘i kam sonli, bolalar, yoshlar ko‘pchilikni tashkil etgan holda, aholi takror barpo bo‘lishi ijobiy baholanadi, “demografik portlash” kuzatiladi. Aholi takror barpo bo‘lishining kengaygan ushbu tipiga Afrikaning barcha davlatlari, Xorijiy Osiyo, Janubiy Amerikaning qator davlatlari, Avstraliya va Okeaniya, O‘rta Osiyo davlatlarini kiritish mumkin.
Uchinchi tipdagi davlatlarda aholi o‘limining kam miqdori ushlanib turgan holda, tug‘ilish darajasi qisqarib boradi. Aholi soni haddan tashqari ko‘payib yoki kamayib ketmaydi. Aholining ma’lum bir miqdorda o‘sishi kuzatiladi. Ushbu tipdagi davlatlar aholi takror barpo bo‘lishining oddiy tipiga kiruvchi davlatlar, deb ataladi.
To‘rtinchi tip davlatlari aholisi o‘z-o‘zini qayta tiklamaydi. O‘lib ketayotganlarning mutloq miqdori hayotga yangi kelayotganlar miqdoridan ortiq bo‘ladi. Mazkur guruh davlatlarida “depopulyasiya” ro‘y beradi, qisqargan aholi takror barpo bo‘lishiga olib keladi. Bularga Yevropa, Boltiqbo‘yi davlatlari, Shimoliy Amerikadagi ma’lum bir davlatlarni, Yaponiya, Gruziya, Armaniston, Rossiyani kiritish mumkin.
Hozirda yer shari aholisi tug‘ilish umumiy koeffitsienti har ming kishiga 20 promillega, aholi o‘limi 8 promillega, tabiiy ko‘payish 12 promillega (2018 y) teng bo‘lmoqda. XVIII asr oxirlariga qadar yer yuzining barcha mintaqalarida tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan, XX asrga kelib, aksariyat, rivojlangan davlatlarda industrlashtirish, urbanizasiya jarayonlarining jadallashuvi, ayollarning ishlab chiqarishda faolligining avj olishi, fan-ta’lim sohasidagi rivojlanishlar, madaniyatning taraqqiy etishi, nikoh qurish yoshining ko‘tarilishi natijasida, tug‘ilish bir muncha pasaydi. XIX asr oxirida Yevropa davlatlarida tug‘ilish yuqori, o‘lim past bo‘lib, aholi takror barpo bo‘lishi intensiv holatda bo‘lgan bo‘lsa, XX asrda huddi shu ahvol Lotin Amerikasi davlatlarida kuzatilgan. Yevropada bu vaqtda tug‘ilishning pasayishi ahamiyatli tus olgan va hozirgacha bu jarayon davom etmoqda.
Tug‘ilish darajasidagi o‘zgarishlarni eng aniq ifodalovchi demografik ko‘rsatkichlardan biri tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti bo‘lib, u ma’lum avlodga tegishli har bir ayolning farzand ko‘rish davrida (o‘rtacha 15-49 yosh) tuqqan bolalarning o‘rtacha sonini bildiradi. Agar mazkur koeffitsient qaysi bir hududda 4,15 dan yuqori bo‘lsa, shu hududda aholi soni tez sur’at bilan ko‘payib boradi, aholi tarkibida bolalar (0-14 yosh) salmog‘i yuqori bo‘lib, qariyalar (65 yosh va undan kattalar) salmog‘i past bo‘ladi. Agar tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti 2,15 dan kichik bo‘lsa aholi juda sekin o‘sib boradi, aholi tarkibida bolalarga nisbatan qariyalar salmog‘i yuqori bo‘lib, aholining demografik “qarish” jarayoni ro‘y beradi. Bu ko‘rsatkich 2,15 dan 4,15 gacha bo‘lsa tug‘ilish darajasi normal hisoblanib, aholi o‘rtacha me’yorda ko‘payib boradi.
Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti dunyo bo‘yicha, 2,5 ga teng (2018 y). Demak, aholi takror barpo bo‘lishda davom etmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda bu raqam 1,6 ga, rivojlanayotgan davlatlarda 2,9 ta, o‘rtacha darajadagi rivojlanayotgan davlatlarda esa 2,6 ga teng (2018 y). Afrikada tug‘ilishning ushbu koeffisienti eng yuqori ko‘rsatkichga ega, ya’ni 4,6, Amerikada 2,0, AQSHda 1,8, Osiyoda 2,2 va Yevropada 1,6 ni tashkil etadi. Dunyo bo‘yicha Angola, Kamerun, Brunda, Malavi davlatlari (5,7-6,5) aholisi o‘ta yuqori tug‘ilish darajasiga ega. Yevropa aholisi demografik inqirozga yuz tutgan, bironta davlat aholisida tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti 2,0 dan oshmaydi. Bunda, albatta, mamlakatlar aholisining yosh, jinslar, milliy tarkibi, hududiy joylashuvi, ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda o‘ta yuqori darajada bandligi kabi xususiyatlari alohida o‘rin tutadi.
Yevropa davlatlari aholisi jinslar tarkibida ayollarning 45-50 foizi xalq xo‘jaligida band. Osiyo, Afrika davlatlarida esa bu raqam juda kichik. Afrikada ayollarning atigi 5 foizi ishlab chiqarishda qatnashadi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, agrar davlatlar qishloq joylarida tug‘ilish darajasi 30-40 promilledan ham baland. Qishloq aholisining hisobiga shahar aholisi o‘sib boradi. Natijada, urbanizatsiya jarayoni tug‘ilishga asta-sekinlik bilan o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tug‘ilishga ijobiy ta’sir etuvchi omillardan biri nikoh qurish yoshi hisoblanadi. Erta nikoh qurish, ajralishning kamayishi, tug‘ilish darajasini ko‘taradigan qulay demografik vaziyat hisoblanadi. Qator Osiyo davlatlarida, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlarida yoshlar erta nikohga kiradi, G‘arbiy Yevropada esa, aksincha.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |